Меҳнат шартномаси ходимлар сони (штати) қисқариши муносабати билан бекор қилинганда, уни бекор қилиш тартиби ва уларга моддий мадад бериш масалаларига доир


Download 318.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi318.57 Kb.
#1577398
Bog'liq
7 Қисқартирилган иш вақти ва танаффус 25 05 2023



QISQARTIRILGAN ISH VAQTI VA TANAFFUSLARNI QO‘LLASH 
TARTIBI 
SAVOL. Homiladorlik va tug'ish ta'tilidan o'z o'rniga tushgan xodimga 
bilamizki, qisqartirilgan ish vaqti rejimi hamda bolasini ovqatlantirish uchun 
tanaffus beriladi, mazkur imtiyozlarni qo'llash uchun xodimni o'z o'rniga ishga 
tushishi to'g'risida buyruq chiqarilsa, maqsadga muvofiqroqmasmi? 
JAVOB. Yaxshi savol. Aksariyat ish beruvchilar Mehnat kodeksida 
belgilangan uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining (vasiysining) 
qisqartirilgan ish vaqti bilan ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga 
(vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslarni qo‘shib xato 
qilmoqdalar. 
3 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lganlar uchun qisqartirilgan ish vaqti –
35 soat
2 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lganlar uchun tanaffuslar – har 3 soatda
30 minut yoki bir soat bo‘ladi. 
Bular ikki norma alohida normalar xisoblanib, qo‘llashni chalkashtirmaslik 
lozim. 
A) QISQARTIRILGAN ISH VAQTI 
Mehnat kodeksining 397-moddasiga ko‘ra Uch yoshga to‘lmagan bolaning 
ota-onasidan birining (vasiysining) qisqartirilgan ish vaqti davomiyligiga bo‘lgan 
huquqi bo‘lib, 3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan 
tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan 
oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi. 
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlar mehnatiga haq 
to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun 
belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. 


Demak, e’tibor bering ushbu qoidalar byudjet tashkilotlarida qo‘llanilib, MK 
397-moddada ko‘rsatilgan 35 soat qat’iy belgilangan vaqt chegarasi hisoblanadi va 
to‘liq (40 soat ishlagan bilan birxil) ish haqi beriladi.
Byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilotlarda ishlaydigan 3 yoshga 
to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga, vasiysiga qisqartirilgan ish vaqti 
davomiyligi jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoki ish 
beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul 
qilinadigan ichki hujjatlarda belgilanishi mumkin. 
B) BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN TANAFFUS 
Mehnat kodeksining 407-moddasiga ko‘ra, 2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-
onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari 
bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida 
har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi.
 
2 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, 
tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish 
uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi. 
Ikki yoshga to‘lmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga 
ko‘ra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun 
tanaffusga qo‘shib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha 
qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga ko‘chirilishi, shu jumladan jamlangan 
holda ko‘chirilishi mumkin. 
Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani 
parvarishlash 
ta’tilida 
bo‘lmagan 
va 
bunday 
tanaffuslardan 
foydalanmayotgan taqdirda beriladi. 


Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslarning aniq davomiyligi va ularni berish 
tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi 
qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi. 
 
Eng qiziq joyi qisqartirilgan ish vati ishchiga ovqatlantirish uchun 
tanaffus qo‘shilmaydi, aksincha tanaffusning o‘zi ish vaqti tarkibiga 
kiritiladigan vaqt hisoblanadi (asos MKning 181-moddasi). 
 
Masalan 5 ish kunida ishlayodigan xodimga 35 soat qisqartirilgan ish vaqti 
belgilangan bo‘lsa, uning ish vaqti kuniga 7 soat bo‘ladi, unga tanaffus vaqti 
kamida (tushlikdagi tanaffusdan tashqari) yana 1 soat beriladi. Endi qancha vaqt 
ishlashini xisoblab ko‘raverasiz. 
Adliya vazirligi Inson resurslari
boshqarmasi bosh maslahatchisi 
Shavkat XAMRAQULOV 
https://t.me/hradliya
 
 

Download 318.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling