Меҳнат шартномаси ходимлар сони (штати) қисқариши муносабати билан бекор қилинганда, уни бекор қилиш тартиби ва уларга моддий мадад бериш масалаларига доир
Download 318.57 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Қисқартирилган иш вақти ва танаффус 25 05 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35 soat 2 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lganlar uchun tanaffuslar – har 3 soatda 30 minut yoki bir soat bo‘ladi.
- 3 yoshga to‘lmagan
- Byudjetdan moliyalashtirilmaydigan
- Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lmagan va bunday
- Shavkat XAMRAQULOV https://t.me/hradliya
QISQARTIRILGAN ISH VAQTI VA TANAFFUSLARNI QO‘LLASH TARTIBI SAVOL. Homiladorlik va tug'ish ta'tilidan o'z o'rniga tushgan xodimga bilamizki, qisqartirilgan ish vaqti rejimi hamda bolasini ovqatlantirish uchun tanaffus beriladi, mazkur imtiyozlarni qo'llash uchun xodimni o'z o'rniga ishga tushishi to'g'risida buyruq chiqarilsa, maqsadga muvofiqroqmasmi? JAVOB. Yaxshi savol. Aksariyat ish beruvchilar Mehnat kodeksida belgilangan uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining (vasiysining) qisqartirilgan ish vaqti bilan ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslarni qo‘shib xato qilmoqdalar. 3 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lganlar uchun qisqartirilgan ish vaqti – 35 soat 2 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lganlar uchun tanaffuslar – har 3 soatda 30 minut yoki bir soat bo‘ladi. Bular ikki norma alohida normalar xisoblanib, qo‘llashni chalkashtirmaslik lozim. A) QISQARTIRILGAN ISH VAQTI Mehnat kodeksining 397-moddasiga ko‘ra Uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining (vasiysining) qisqartirilgan ish vaqti davomiyligiga bo‘lgan huquqi bo‘lib, 3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi. Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlar mehnatiga haq to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Demak, e’tibor bering ushbu qoidalar byudjet tashkilotlarida qo‘llanilib, MK 397-moddada ko‘rsatilgan 35 soat qat’iy belgilangan vaqt chegarasi hisoblanadi va to‘liq (40 soat ishlagan bilan birxil) ish haqi beriladi. Byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilotlarda ishlaydigan 3 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga, vasiysiga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda belgilanishi mumkin. B) BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN TANAFFUS Mehnat kodeksining 407-moddasiga ko‘ra, 2 yoshga to‘lmagan bolaning ota- onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. 2 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi. Ikki yoshga to‘lmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga ko‘ra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qo‘shib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga ko‘chirilishi, shu jumladan jamlangan holda ko‘chirilishi mumkin. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lmagan va bunday tanaffuslardan foydalanmayotgan taqdirda beriladi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslarning aniq davomiyligi va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Eng qiziq joyi qisqartirilgan ish vati ishchiga ovqatlantirish uchun tanaffus qo‘shilmaydi, aksincha tanaffusning o‘zi ish vaqti tarkibiga kiritiladigan vaqt hisoblanadi (asos MKning 181-moddasi). Masalan 5 ish kunida ishlayodigan xodimga 35 soat qisqartirilgan ish vaqti belgilangan bo‘lsa, uning ish vaqti kuniga 7 soat bo‘ladi, unga tanaffus vaqti kamida (tushlikdagi tanaffusdan tashqari) yana 1 soat beriladi. Endi qancha vaqt ishlashini xisoblab ko‘raverasiz. Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bosh maslahatchisi Shavkat XAMRAQULOV https://t.me/hradliya Download 318.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling