Меќнат шартномаси
IV. Tomonlarning majburiyatlari
Download 77.5 Kb.
|
asosiy xodim shartnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Xodimning majburiyatlari
- 4.3. Ish beruvchining huquqlari
IV. Tomonlarning majburiyatlari4.1. Ish beruvchining majburiyatlari: Хodimga amaldagi qonun hujjatlari va boshqa barcha hujjatlar (keyingi o‘rinlarda – boshqa hujjatlar)da nazarda tutilgan ish haqi, imtiyoz va rag‘batlantirishlarni o‘z vaqtida berish; xavfsiz va samarali mehnat shart-sharoitlarini yaratish; Хodimga har yili oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda 15 ish kunidan iborat asosiy ta’til (mehnat taʼtili), hamda jamoa shartnomasiga asosan 33 ish kunidan iborat qo‘shimcha taʼtil berish; uchinchi shaxs oldida Xodimning kasb va mehnat manfaatlarini himoya qilish; Xodimni shtat jadvalidagi o‘zgartirishlar xususida belgilangan tartibda yozma ravishda ogohlantirish; mehnat qonunchiligi va ushbu shartnoma shartlariga rioya qilish. 4.2. Xodimning majburiyatlari: amaldagi qonun hujjatlari, mazkur Shartnoma, pedagogik kengashi hujjatlari, maktabning Ichki mehnat tartibi, Odob-axloq qoidalari, lavozim yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlarga asosan ish yuritish va ularga to‘liq so‘zsiz rioya qilish; belgilangan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish; Ish beruvchining buyruqlari, farmoyishlari, boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarini bajarish, ularning bajarilishini taʼminlash; lavozim vazifasini amalga oshirish vaqtida o‘ziga maʼlum bo‘lgan maʼlumotlarni, shuningdek xizmatga doir hujjatlar va mohiyati maxfiylikni anglatuvchi barcha axborotlarni tarqatmaslik, oshkor etmaslik va undan qonun va boshqa hujjatlarda nazarda tutilmagan hollardan tashqari foydalanmaslik; o‘z faoliyatida korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik, tizimli asosda yashirin iqtisodiyotni bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini ko‘rish; shaxsiy-oilaviy masalalarining mehnat munosabatlariga oid ishchanlik obro‘siga putur yetkazmasligini taʼminlash. 4.3. Ish beruvchining huquqlari: Ish beruvchi ushbu Shartnoma bo‘yicha mehnat qonunchiligi bilan taqiqlanmagan barcha harakatlarni amalga oshirishga haqli. Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling