Меќнат шартномаси


Download 77.5 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1260454
  1   2   3   4
Bog'liq
asosiy xodim shartnomasi



35- son MEHNAT SHARTNOMASI


Xiva shahri 2022 yil «13» dekabr
I. Mehnat shartnomasi tomonlari
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod
va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 19 iyuldagi PQ–5188-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi
240-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Prezident ta’lim muassasalari agentligi nomidan ish yurituvchi Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori v.v.b Raximov Rasulbek Bakdurdiyevich (keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro Matyaqubova Muxabbat Egamovna (keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan - amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli qoidalari va mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda mazkur mehnat shartnomasini (keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi) tuzib, quyidagilarga kelishib oldilar:
II. Shartnoma mavzusi va muddati
2.1. Xodim mazkur shartnomaga asosan Ogahiy nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi lavozimiga 2022-yil 13-dekabrdan ishga qabul qilinadi.
2.2. Shartnoma asosiy ish bo‘yicha hisoblanadi.
2.3. Shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
III. Shartnomaning umumiy shartlari
3.1. Xodim belgilangan tartibda amaldagi qonunchilik hujjatlari, Ogahiy nomidagi ijod maktabining ichki mehnat tartibi, odob-axloq qoidalari, nizomi, lavozim yo‘riqnomasi va boshqa lokal hujjatlarga asosan xizmat vazifalarini shaxsan bajaradi va ularga amal qiladi.
3.2. Xodimga Ogahiy nomidagi ijod maktabining shtat jadvaliga asosan belgilangan ish haqi to‘lanadi hamda boshqa qonun bilan taqiqlanmagan imtiyoz, rag‘batlantirishlar beriladi.
3.3. Ish vaqti soat 9:00 dan 17:00 gacha, tushlik 12:00 dan 13:00 gacha, haftada _6_ kun. Ichki mehnat tartib-qoidasi bilan belgilanadi.
3.4. Xodimning lavozimi bo‘yicha ish haqi tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi, uning miqdori Hukumat qarorlari hamda Ish beruvchining buyrug‘i asosida o‘zgartirilishi mumkin.
3.5. Xodimning ish haqi yuz foiz plastik kartochkaga o‘tkaziladi.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling