32
DALDA
O'zga bilan baxtli yashar
Men yoshlikda sevgan qiz.
Qo'y yig'lama, jon
yurak
Endi Sen-u, Men yolg'iz.
Endi armon ikkimizga
O'tli tuyg'u-muhabbat.
Endi toptalib bo'ldi
Birinchi Sevgi va Baxt.
Kuzak to'kilgan yaproq
Xazon bo'lar, xor bo'lar
Yurak !! sendagi titroq
Menga ham ozor bo'lar.
Ichingdagi zardobni
Qandoq
qilib ketkizay,
Yaxshisi Ulug'bekni
Qiyomatga yetkizay.
Boshqa bilan baxtli yashar
Men yoshlikda sevgan qiz.
Qo'y yig'lama, jon yurak
Endi Sen-u, Men yolg'iz.
Endi Sen-u
, Men yolg'iz ........
33
YURAK
Sevib bo'ldingmu? - Yurak.
Kuyib bo'ldingmu? - Yurak.
Xiyonatdan laxta - laxta
Qonga to'ldingmu? - Yurak.
Sevganing
aldab ketdi,
Eng yaqin do'sting bilan,
Kuyub
ketdi yoshliging
Birinchi sevging bilan.
Yig'laganing yolg'ondur,
Kulgularing beo'xshov,
Sevgi
bobinda bilsang
Sen so'qirsan, men soqov.
Yurak nega xafasan?
Kimni izlab chopasan?
Izlaganingni endi
Yot uylardan topasan.
Yurak nega xomushsan?
Mendan xafa bo'ldingmu?
Nega
bilmasdan sevding
Sevilmasdan, o'ldingmu?
Men-ku tugab boryapman,
Hech bo'lmasa sen yasha.
Chap ko'kragim sanchadi
Ancha yillardan osha.
Sevib bo'ldingmu? - Yurak.
Kuyib bo'ldingmu? - Yurak.
Xiyonatdan laxta - laxta
Qonga to'ldingmu? - Yurak
Suyub bo'ldingmu? – Yurak ...........
Do'stlaringiz bilan baham: