Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Men esa sening uchun
 ........  

 


32 
DALDA 
O'zga bilan baxtli yashar 
Men yoshlikda sevgan qiz. 
Qo'y yig'lama, jon yurak 
Endi Sen-u, Men yolg'iz. 
Endi armon ikkimizga 
O'tli tuyg'u-muhabbat. 
Endi toptalib bo'ldi 
Birinchi Sevgi va Baxt. 
Kuzak to'kilgan yaproq 
Xazon bo'lar, xor bo'lar 
Yurak !! sendagi titroq 
Menga ham ozor bo'lar. 
Ichingdagi zardobni 
Qandoq qilib ketkizay
Yaxshisi Ulug'bekni 
Qiyomatga yetkizay. 
Boshqa bilan baxtli yashar 
Men yoshlikda sevgan qiz. 
Qo'y yig'lama, jon yurak 
Endi Sen-u, Men yolg'iz. 


Endi Sen-u
, Men yolg'iz ........ 

 


33 

 

YURAK 
Sevib bo'ldingmu? - Yurak. 
Kuyib bo'ldingmu? - Yurak. 
Xiyonatdan laxta - laxta 
Qonga to'ldingmu? - Yurak. 
Sevganing aldab ketdi
Eng yaqin do'sting bilan, 
Kuyub ketdi yoshliging 
Birinchi sevging bilan. 
Yig'laganing yolg'ondur, 
Kulgularing beo'xshov, 
Sevgi bobinda bilsang 
Sen so'qirsan, men soqov. 
Yurak nega xafasan? 
Kimni izlab chopasan? 
Izlaganingni endi 
Yot uylardan topasan. 
Yurak nega xomushsan? 
Mendan xafa bo'ldingmu? 
Nega bilmasdan sevding 
Sevilmasdan, o'ldingmu? 
Men-ku tugab boryapman, 
Hech bo'lmasa sen yasha. 
Chap ko'kragim sanchadi 
Ancha yillardan osha. 
Sevib bo'ldingmu? - Yurak. 
Kuyib bo'ldingmu? - Yurak. 
Xiyonatdan laxta - laxta 
Qonga to'ldingmu? - Yurak 
Suyub bo'ldingmu? – Yurak ........... 

 
 
 


Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling