Mendan nima qolar, ikki misra she'r
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalbim yonar dogingda
- Qora gozli, qora qoshli
Makkora salom ayting ..........
51 YONDIRDI Qalbim yonar dog'ingda O'n sakkiz yosh chog'ingda, Bulbul bo'lay bog'ingda Sitamlaring yondirdi. Yurishlaring larzonnin Oq tishlaring marjonnin, Qoshu-ko'zing jayronnin Qalamlaring yondirdi. Boshim qo'ydim balog'a Giriftorman jafog'a, Qayga boray da'vog'a Alamlaring yondirdi. Sani sevgan gadoman Ishqing bilan adoman, Ulug'bekdek shaydoman Alamlaring yondirdi. Qalbim yonar dog'ingda O'n sakkiz yosh chog'ingda, Bulbul bo'lay bog'ingda Sitamlaring yondirdi. Qalbim yonar dog'ingda ............. 52 QARO GO'ZLI (Lapar) Maning sevar yorim do'stlar Qora go'zli, qora qoshli. Eshitmaydi zorim do'stlar Qora go'zli, qora qoshli. Bizi go'rsa nozlar etadi Marhamatin ozlar etadi. Qachon sanga dodim yetadi Qora go'zli, qora qoshli. Xorazming bog'i havoli Hofizlari avjli, navoli. Qizlarining bari iboli Qora go'zli, qora qoshli. Qoshlarining fidosi o'zim Go'zlarining adosi o'zim. Husningizi gadosi o'zim Qora go'zli, qora qoshli. Maning sevar yorim do'stlar Qora go'zli, qora qoshli. Eshitmaydi zorim do'stlar Qora go'zli, qora qoshli. Qora go'zli, qora qoshli .............. 53 QALIN (Turkmancha xazil) Do'g'anlaring yag'dayinnan so'rg'ali, Bordim Chorjou, Ashxabad bilan Mori. Yo'lda go'zim tushdi go'zal janona Mani o'da soldi turkman morali. Olma oqan yoplaringnan oqayin sani, Sochlaringga go'zminjiqlar daqayin sani. Majnun vo'ldim Oyjamoling izinda, Gunash durar yonib ikki go'zinda. Naylay go'za ilmas bizi janonim Jonim olar aytgan har bir so'zinda. Geja borib panjarangni ochayin sani, Bo'ylaringga gul-chechaklar sochayin sani. Uch gunmidir, to'rt gunmidir bilmadim Sovchi qo'yib o'z gunina qo'ymadim, Qaqasining hech insofi yo'g' akan Bo'ynimiza tushdi qirq tuya qalin. Qaqang solgan qalingingnan aylanin sani, Qirq tuyaning zinjirina baylayin sani. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling