Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
 
 
 
 


42 


43 


QO'SHIQ 
 
 
Qarashlaring shahlo qiz, 
Boqishlaring ma'no qiz, 
To'yolmasman husningga-yey 
Chiroylik qiz, chiroylik. 
Bir galib biz tomona, 
Bizlar qoldik yomona, 
Zamonamda janona 
Chiroylik qiz, chiroylik. 
Aqlim olib san butkul, 
Yuragimda unib gul, 
San qizil gul, man bulbul 
Chiroylik qiz, chiroylik. 
Qizil olmam, norimsan 
Bog'imda bahorimsan, 
Ham suyukli yorimsan 
Chiroylik qiz, chiroylik. 
Yo'ling yursang
- yo'lingman, 
Qo'lim tutsang - qulingman, 
Ham o'ngingman, so'lingman 
Chiroylik qiz, chiroylik. 
Qarashlaring shahlo qiz, 
Boqishlaring ma'no qiz, 
To'yolmasman husningga-yey 
Chiroylik qiz, chiroylik. 
 
Chiroylik qiz, chiroylik ......... 
 


44 

O'TINCH 
Bog' ko'chadan bog' sayliga o'tgan nigorim, 
Sani ko'rib hech qolmadi dilda qarorim, 
Uzun tunlar hamroximdur ox ila zorim, 
Ne bo'ladi kunda-kunda o'tsang nigorim, 
Sani ko'rib hech qolmadi dilda qarorim. 
Bir o'tding-u aqlu hushim oliblar ketding, 
Yuragima dardu-hasrat soliblar ketding. 
Yurak nadur jismu-jonda qoliblar ketding, 
Na bo'ladi kunda-kunda o'tsang nigorim, 
Sani ko'rib hech qolmadi dilda qarorim. 
Bog'larni hech fayzi bo'lmas san bo'lmasang gar, 
Qumri, bulbul chax-chax urmas san bo'lmasang gar, 
Ko'nglim mening ravshan o'lmas san bo'lmasang gar, 
Na bo'ladi kunda-kunda o'tsang nigorim, 
Sani ko'rib hech qolmadi dilda qarorim. 
Ko'chamizdan o'tib turgil axyon-axyonda, 
Senday pari hech ko'rmadim jumla-jahonda, 
Har kun sani bir go'rmasam ko'nglim armonda, 
Na bo'ladi kunda-kunda o'tsang nigorim, 
Sani ko'rib hech qolmadi dilda qarorim. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling