Mendan nima qolar, ikki misra she'r
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashash uchun vijdon shart emas ...
- Mexmonligingni unutma ...
- Insoniyat - aniq Qonuniyatga boysunadi ....
- Bu Adolatsizlik ....
- Kelding nima, Ketding nima ... * * * "
- Haq olinadi. Berilmaydi
- Minnatning chegarasi bormikan
Muxtojlik yomon .....
* * * ... Begonalar-ku mayli ... O'zingga juda yaqin ba'zi odamlaring, bir "Ish" qilishni birgalashib maslahat qilishadi va shu "Ish" bo'yicha va'da-labzlar qilinadi. Ammo ayni shu "Ish" ming mashaqqatlar bilan bitay-bitay deb turganida , shu "Ish" bitishi unga bog'liq bo'lib qolgan vaqtda, senga yer tagidan qarab miyig'ida kulib, sinovchan qarab tu-u-u-radi... Sening jig'ibiyroning chiqqani, qiynalganing unga huzur baxsh etadi. Agar bergan va'dasini aytib, labzni talab qilsang indamasdan orqasiga qaramay ketib qoladi ..... E.e.e - Voxxx...Odamga shunday alam qilarkan, begonagamas, o'z yaqiningga ishonganing !!!... - Labzni qurol qilib, ustingdan kulgani ... … Yashash uchun vijdon shart emas ... * * * ... Ba'zi odamlar bo'ladi ... ..Ular sening shaxsiy uyingga mehmonga keladilaru, o'zlarini xuddi shu uyning egasiday tutadilar. Xohlagan uy jihozini ishlatadi, xohlagan yeriga yotib oladi, xohlagan narsasini iste'mol qiladi, uyda yo'q narsani talab qiladi, ko'ngliga kelgan har qanday ishdan qaytmaydi, andisha qilmaydi ... ..... - Sen esa mehmon "Xafa bo'lmasin" deb, bir chetda jim o'tiraverasan... ..Voy... Odamga Alam qilmaydimi ?!. O'z uyingda o'zing mehmonga o'xshab o'tirsang !!?..... .... Mexmonligingni unutma ... 63 ...Insonning hayoti ko'proq ipak qurtining hayotiga o'xshab ketadi… ... Ipak qurti kapalak urug'idan paydo bo'ladi, urug' kichkina idishlarda saqlanadi keyin yoyilib boqib boshlanadi, ma'lum davrga yetib katta bo'lgan sari o'z atrofini, o'zi ishlab chiqargan tolasi bilan o'rab boshlaydi. Pilla hosil bo'lganidan keyin, yana kapalakka aylanib, pillaning ichidan tashqariga chiqib ketadi... Xuddi shunday inson ham bir umr o'z qobig'ini o'rash bilan shug'ullanadi. - Ota beli, ona qornida, yo'rgakda, beshikda, maktabda, sevgida, o'zi qurgan oilada, mashinada, elda, bozorda, uy-imoratlarda, kasallig-u sog'likda, iymon-e'tiqodda va hatto qabrda ham o'zini o'rab, o'zini-o'zi himoya qilishga harakat qiladi. Va nixoyat ipak qurti pilladan chiqib ketganidek, inson ruxi ham inson tanasi va qabridan chiqib ketadi… .... Insoniyat - aniq Qonuniyatga bo'ysunadi .... * * * ...Oilada Ota, qolaversa katta farzandlar kichiklariga boshchilik qilishlari va ularni to'g'ri yo'lga solib, to hayotda o'z o'rnini topib ketgunlaricha boshqarishlari shart. Shundagina kattalar, kichiklar oldida tillari qisiq bo'lmay o'z so'zlarini o'tkaza oladilar.... Lekin odamga alam qiladi !?... .......Sening taqdiring, sening kelajaging, umuman sening hayotingga zarracha hissa qo'shmasa-yu, sendan katta-katta ishlarni talab qilsa !!?... .... Bu Adolatsizlik .... * * * ...Hayotga odamlar har-xil kelib, har-xil yashab o'tadilar. Bir xil odamlar juda oz umr ko'rishadi, lekin o'zlari bilmagan xolda dunyoga dovrug' solib ketadilar. Usmon Nosir, Qodiriy, Muhammad Yusuf, Bryus-Li, Pushkin va h.k. ... Ayrim odamlar bo'ladi . Uzoq umr ko'radi, juda yaxshi yashaydi. Lekin ularning na borligini, na yo'qligini birov bilmaydi .... ....E-e-e - Alam qilmaydimi ?... Dunyoning bir chetida botqoqda quyosh ko'rmagan qurbaqaday yashasang va nom-u nishoning qolmasa...... ... Kelding nima, Ketding nima? ... * * * "Dunyoda talant egalari bor bo'lsin" deymiz-u, lekin ularga kerak bo'ladigan shart- sharoitni yaratib berish hech kimning hayoliga ham kelmaydi. O'zining esa moddiy tomoni yaxshi bo'lmay, o'z vaqtida iste'dodini namoyon eta olmaydi. Bundan foydalangan amali borlar, hur fikrlarni ilib oladilar va o'z maqsadlari yo'lida foydalanib, katta-katta daromadlar qiladilar .... ...Odamga alam qiladigan tomoni shuki, hur fikrni yaratgan "Iste'dod" hech narsasiz, nom-nishonsiz qolaveradi. G'oya-fikr o'g'risi bo'lgan pastkash esa xalq ichida "Milliy Qahramon" ga aylanadi ... ..... Haq olinadi. Berilmaydi ..... 64 ...... Aytishlaricha foyda ko'rish maqsadida birovga yaxshilik qilish, yaxshilik qildim deb minnat qilish, Xudoga ham yoqmas emish. Shunday odamlar borki, senga beminnat yaxshilik qilayotganga o'xshaydi-yu, orqasidan katta foydani ko'zlab turadi. ....Axir Alam qilmaydimi?...... Senga ignaday yaxshilik qilib, filday foydani undirib oladi, bu ham yetmaganday "Seni men odam qildim" deb bir umrga tilingni qisqa qilib qo'yadi !!.. ... Minnatning chegarasi bormikan?.... Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling