Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Yana maning yuragimni o'yublar olding


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Yana maning yuragimni o'yublar olding .......... 
 


48 

NOZ 
Ishqingda yona - yona 
Sig'min qoldim jahona. 
Aylab bizni devona 
Nozlar qilasan jonim. 
O'zingmasmu bahorim 
Ochilgan lolazorim. 
Aytay desam bu xolim, 
Nozlar qilasan jonim. 
Sevdim sani - man desam, 
Nechun mehring kam desam, 
Uchrashuva gal desam 
Nozlar qilasan jonim. 
Sevdim sani Laylo qiz 
Go'zallikda tanho qiz. 
San yolg'iz-u, man yolg'iz 
Na noz qilasan jonim. 
Ishqingda yona- yona 
Sig'min qoldim jahona. 
Aylab bizni devona 
Nozlar qilasan jonim. 
Nozlar qilasan jonim ......... 

 


49 
IZHOR 
Bu yurtlardan olib boshim 
ketar bo'ldim, ketar bo'ldim 
"Qayda" deb sevgi sirdoshim 
yelar bo'ldim, yelar bo'ldim. 
Vale janonalar ko'pdur, 
o'xshashi voajab yo'qdur 
"Yagonasan" deb olamdin 
o'tar bo'ldim, o'tar bo'ldim. 
Visoling men uchun orzu, 
shuni deb kunda ming qayg'u. 
Raqiblar sezmagay yo-xu 
netar bo'ldim, netar bo'ldim. 
Dilimning rozini aytsam, 
deding "O'zga nigor axtar" 
Bu yo'lda Layli, Shirindin 
kechar bo'ldim, kechar bo'ldim. 
Ulug'bek qismating nedir, 
sevganing bemehr, bedil. 
Yetolmay sabru-bardoshim
o'lar bo'ldim, o'lar bo'ldim. 

Bu yurtlardan olib boshim
ketar bo'ldim, ketar bo'ldim ............. 

 
 


50 

SALOM AYTING 
(Xorazmcha) 
Ishqni o'zi boshlag'an, 
Yurak-bag'rin doshlag'an, 
Qaro go'zzim yoshlag'an 
Ul yora salom ayting. 
Qushlar uchib o'tadi 
Bahor galib 
- getadi. 
Yillab xabar olmag'an 
Dildora salom ayting. 
Sevgim getdi bir yona, 
Yorim getdi bir yona. 
Vafo rasmin tutmag'an 
Makkora salom ayting. 
Dog'dan suvlar oqadi, 
Yor qalbimi yoqadi. 
Chin oshiqni topmag'an 
Bexora salom ayting. 
Ishqni o'zi boshlag'an, 
Yurak-bag'rin doshlag'an. 
Qaro go'zzim yoshlag'an 
Ul yora salom ayting. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling