Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Bog' ko'chadan bog' sayliga o'tgan nigorim


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog' ko'chadan bog' sayliga o'tgan nigorim ........ 
 


45 
SIYMTANIM KEL 
Ming qizlar ichinda saylaganim kel, 
Parilar ichinda tanlaganim kel
Ko'ngilni - ko'ngilga bog'laganim kel, 
Yuzi gul, qomati zeb tanim kel, 
Parivash, sumanbar, siymtanim kel. 
Ta'rifing sazovor hamd-u sanog'a, 
Ko'zingdan qolibman turli balog'a, 
Bir shirin tabassum jona sadog'a, 
Yuzi gul, qomati zeb tanim kel, 
Parivash,sumanbar, siymtanim kel. 
Naylayin qarora galmadi dildor
O'tsada, qaytsada ko'nglima ozor, 
Bu yo'lda Xudog'a nolalarim bor 
Yuzi gul ,qomati zeb tanim kel, 
Parivash,sumanbar,siymtanim kel. 
Ulug'bek so'zlarim yora yetirgil, 
Xonishim, kuylarim zora yetirgil, 
Va'dada vafosi bora yetirgil
Yuzi gul, qomati zeb tanim kel 
Parivash, sumanbar, siymtanim kel. 
Ming qizlar ichinda saylaganim kel ..........

 


46 
 
 
 
 
 
 
 
MUNCHA CHIROYLI 
Sevar yorim go'zlaring muncha chiroyli
Jon oluvchi so'zlaring muncha chiroyli. 
Qizil gulning shoxini egsa sinarmish, 
Maning yorim qachon o'lsam galarmish. 
Qizil gulning shoxining g'unchasi yaxshi, 
Bizning yorga man emas davlatim yaxshi. 
Qizil gulning shoxining bargi chiroyli, 
Bizning yorning o'zimas nozi chiroyli. 
Sevar yorim go'zlaring muncha chiroyli 
Jon oluvchi so'zlaring muncha chiroyli. 
Sevar yorim go'zlaring muncha chiroyli ..........
 


47 
NALAR QILDIM
Nalar qildim, nalar qildim, sanga na qildim 
Yana maning yuragimni o'yublar olding. 
Raxmi kelmas, ichi kuymas bevafo malak 
Yaxshi so'zlab, mayin kulib aqlimni olding. 
Alam- oo - Alam ...
Ishing boshqa, gaping boshqa yaxshi bilaman 
Endi meni sevolmassan, qandoq qilaman. 
Bir bor kulib, boqib qo'ysang bizlarga malak 
Bundan ortiq muruvvatni sendan tilamam. 
Alam - oo - Alam ... 
Nalar qildim, nalar qildim, senga na qildim 
Yana maning yuragimni o'yublar olding. 
Raxmi kelmas, ichi kuymas bevafo malak 
Yaxshi so'zlab, mayin kulib aqlimni olding. 
Alam - oo - Alam ... 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling