Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Yuragingga "Yoqmadim"........ 

 


36 
 
 
 

ANGLOV 
Sevgimni 
o'yinchoq bilding sevgilim
Qalbimni bepichoq tilding sevgilim
O'zingni u qo'ldan, bu qo'lga berib 
O'zing bir ovunchoq bo'lding sevgilim. 
Senga yarashadi bez bo'lib yashash, 
Sen uchun xiyonat, hech narsa emas.
O'rgangan bu ko'ngil o'rtansa qo'ymas, 
Sen uchun hech nima muqaddas emas. 
Inson yuragida bir sevgi yashar
Qolganlari bari xavoi - havas. 
Sendagi yurakka ko'p sevgi sig'ar, 
Qay biri muhimroq o'zing ham bilmas. 
Baxtlisan sen bugun davlating bisyor, 
Manmanlik qilursan qiynalmay vijdon. 
Ko'p yil o'tib 
bildim asl holingni, 
Topgan hayoting
ham, baxting ham yolg'on. 
Sevgimni 
o'yinchoq qilding sevgilim 
Qalbimni bepichoq tilding sevgilim. 
O'zingni u qo'ldan, bu qo'lga berib 
O'zing bir qo'g'irchoq
bo'lding sevgilim. 
Topgan hayoting ham, baxting ham yolg'on ......... 



37 
SEVSANG....
 
Ko'zlaringdan uyqu qocharmish, 
Lablaringdan kulgu ocharmish
Nigohlaring yog'du socharmish, 
Sevsang agar, sevilsang agar. 
Chaqmoq bo'lib ko'zlar uchrashar, 
So'qmoq bo'lib yo'llar uchrashar, 
Qaynoq bo'lib lablar uchrashar, 
Sevsang agar, sevilsang agar. 
Yo'lakda qor - chaman, gulchechak, 
Tegrangdagi muzlar-zarpechak, 
Qahraton qish,
Bahor kelinchak, 
Sevsang agar, sevilsang agar. 
Sensiz aslo ko'nglim to'lmaydi 
Sevdim 
seni, sevgim o'lmaydi, 
Ikki dunyo kaming bo'lmaydi, 
Sevsang agar, sevilsang agar. 
Ko'zlaringdan uyqu qocharmish, 
Lablaringdan kulgu ocharmish, 
Nigohlaring yog'du socharmish, 
Sevsang agar, sevilsang agar. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling