Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Sevsang agar, sevilsang agar


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Sevsang agar, sevilsang agar ........... 



38 
 
 
XULOSA 
Sevib-sevilib, bir biriga yetmaganlar, 
Ishq atalmish saxrodan ketmaganlar, 
Yuragiga "baxt"ni o'yib bitmaganlar, 
Mudom yashar dilda bir tuyg'u bilan 
Yuragini 
Sevgi tark etmaganlar. 
Arosatda qoldi birinchi sevgi
Xiyonatdan yondi birinchi sevgi
Baxt emas, armon oldi birinchi sevgi, 
Mudom yashar dilda bir tuyg'u bilan, 
Yuragini Sevgi tark etmaganlar. 
Umr oxir bo'lsa hamki dilda dard, 
Baxti butun bo'lsa hamki dilda dard, 
Vaqti qazo yetsa hamki dilda dard, 
Mudom yashar dilda bir tuyg'u bilan, 
Yuragini Sevgi tark etmaganlar. 
SEN ham MENdek yonib ketdingmi jonim, 
Sevgimizdan tonib ketdingmi jonim
Hayotdan ham nolib o'tdingmi jonim, 
Mudom yashar dilda bir orzu bilan 
Yuragini Sevgi tark etmaganlar. 
Mudom yashar dilda bir orzu bilan ............. 
 


39 

SEN BILMADING 
Bahor chog'i qirq kokiling taratganlar, 
Men zorgamas o'zga yorga qaratganlar, 
Seni mendan, meni sendan ajratganlar, 
Sen bilmading mening jonim, sen bilmading. 
Gul atrini sochayotir muhabbat deb
Bulbul nola chekayotir muhabbat deb, 
Bir yigit zor qaqshayotir muhabbat deb, 
Sen bilmading mening jonim, sen bilmading. 
Endi yorim boshim olib qayon ketay, 
Muhabbatim xaqqi, aniq - ayon ketay, 
Sevgim uchun men ham senga armon ketay, 
Sen bilmading mening jonim, sen bilmading. 
Qaydanam yor tushdim bu ishq savdosig'a, 
Ulug'bek zor o'rtanar dil g'avg'osig'a, 
Borolmayman Hazorsning qal'osig'a, 
Sen bilmading mening jonim,
sen bilmading. 
Bahor chog'i qirq kokiling taratganlar, 
Men zorgamas o'zga yorga qaratganlar, 
Seni mendan, meni sendan ajratganlar, 
Sen bilmading mening jonim, sen bilmading. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling