Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
 
 


34 
Faqat eslab yongayman ……….. 

Abdulla Oripov
 

 
GAVHARIM 
Sevgimni sozini chertgan Gavharim, 
Birinchi bo'sani ochgan Gavharim, 
Ko'p o'tmay xiyonat yo'liga o'tib, 
O'zga bir yor bilan ketgan Gavharim. 
Qora ko'z Gavharim, shirin so'z Gavharim, 
Men kabi oshiqdan kechgan Gavharim. 
"Sevdim" deganlaring yolg'on ekanda, 
Sur'ating, maktubing yolg'on ekanda, 
Yo'lda tug'ilib yo'lda, o'ldi sevgimiz 
Vafo niqobini yechgan Gavharim. 
Yolg'onchi Gavharim, aldamchi Gavharim, 
Meni devonadin kechgan Gavharim. 
O'zga bir yor bilan qildingmu safo, 
Meningdek Majnundan ko'rdingmu jafo, 
Axir u ham senga qilmadi vafo, 
Suymagan oshini ichgan Gavharim. 
Bevafo Gavharim, serjafo Gavharim, 
Men kabi oshiqdan kechgan Gavharim. 
Senga deb yozilgan qo'shig'im ado, 
Yo sendan yo mendan o'tdimu xato, 
Ulug'bek bir umr yuraging ado, 
Qiyomat qalbimda qolgan Gavharim. 
Yaxshi qol Gavharim, yaxshi bor Gavharim, 
Meni devonani kutgan Gavharim .... 
Men kabi oshiqdan kechgan Gavharim ......... 



35 
MUHABBAT 
Xato qilmay bo'lurmu muhabbatning yo'linda, 
Rozi edim o'lsam men, suyganimning qo'linda. 
Dunyo o'zi aslida 
Pishmagan, g'o'r yaralgan. 
Muhabbatning do'stlarim 
Ko'zlari ko'r yaralgan. 
Sevgan yurak qadrini 
Sevgan yurak bilarkan. 
Sevganingdan ayrilsang 
Osmon yerga qularkan. 
Afsus yorim sevgimni 
Yuragingdan topmadim. 
Men yurakdan sevsam ham
Yuragingga "Yoqmadim"
Xato qilmay bo'lurmu muhabbatning yo'linda, 
Rozi edim o'lsam men, suyganimning qo'linda. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling