Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Bo'lmasa ko'ngilda ishq, chekkan fig'oning behuda


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bo'lmasa ko'ngilda ishq, chekkan fig'oning behuda ........... 

 


26 

AROSAT
 
Jahonda hech bir inson, meningdek yig'lag'aymu? 
Hech qaydan topmay makon, meningdek yig'lag'aymu? 
Ona tuproqdan judo, sevar yordan mosuvo
Qaydasan deb
"Onajon" meningdek yig'lag'aymu? 
Meni bir dard qiynadi yomon, 
Shu darddan hech topmadim omon, 
"Muhabbatim"- Ex sen, otasiz yetim ... 
Bog'larda kuzgi xazon meningdek yig'lag'aymu? 
Bahor
mehring darig' tutmagil mendan
Dilim bog'la sehring darig' tutmagil mendan, 
O'rik gulidan "Sevgi" yasab ber menga, 
Hech qaysi lolu-hayron meningdek yig'lag'aymu? 
Qoshu -
kiprik arosig'a ketdi dunyo bog'lanib, 
Yuraklardan o't otdilar sevdirmakka shaylanib, 
Ishqning qasdi bordur menda
yaxshilikka-yomonlik, 
Bu yo'lda dono-nodon meningdek yig'lag'aymu? 
Qo'y yig'lama ey Yurak,
Sening darding kimga kerak. 
Yaxshisi g'urbatingdan Ulug'bekka ber darak

Kecha-kunduz, shom-azon meningdek yig'lag'aymu? 
Kecha-kunduz, shom-azon seningdek yig'lag'aymu? ........... 

 


27 

ILTIJO 
(Xorijda) 
Samoda olisdan uchgan turnalar 
Yurtim iforini olib keldingmu?
O'tli nolangizdan ko'ngil qiynalar 
Yurtim iforini olib keldingmu? 
Uchib o'tdingizmu ertadan - kechdan
Biron xabar bormu qarindosh-xeshdan. 
Yo Urganch, yo Xiva , Xazars, Keshdan 
Yurtim iforini olib keldingmu?
Parvozingiz endi qay yurtga yetar, 
Shamollar girdobi olarda ketar
Menga ham bir nazar solsangiz netar, 
Yurtim iforini olib keldingmu?
Qayta ko'rishgaymiz Navro'z to'yida, 
Buyuk Xorazmda, Jayxun bo'yida, 
Umrim ellik bo'ldi dunyo o'yida, 
Yurtim iforini olib keldingmu?
Sizday beozor yo'q, sizday xokisor 
Beg'araz, beminnat, farishta misol, 
Xazr bo'ling yo'lda kalxat-qirg'iy bor 
Yurtim iforini olib keldingmu?
Osmonda olisdan uchgan turnalar 
Yurtim shamolini olib keldingmu? 
O'tli nolangizdan ko'ngil qiynalar 
Yurtimdan bir mujda olib keldingmu? 


Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling