Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim ............. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


18 
 
 
 
 

NAVRO'Z 
 
Qishdan sog' chiqqan ertagim
Guldan yuz ochgan kurtagim, 
Boychechak, yalpiz, sho'rtagim, 
Xush kelding Navro'z, xush kelding. 
Qirlarda Navro'z sayli bor, 
Saylga har dilning mayli bor, 
Ko'm-ko'k dalam ham sabzavor, 
Xush kelding Navro'z, xush kelding. 
Sen kelsang bahor o'zgacha, 
Olamda ifor o'zgacha, 
Kuy-qo'shiq
, alyor o'zgacha, 
Xush kelding Navro'z, xush kelding. 
Ayni davroni hamalak, 
Olam burjinda kamalak
Ilohiy ehson summalak, 
Xush kelding Navro'z, xush kelding. 
Qishdan sog' chiqqan ertagim, 
Guldan yuz ochgan kurtagim, 
Boychechak, yalpiz, sho'rtagim, 
Xush kelding Navro'z, xush kelding. 
Xush kelding Navro'z, xush kelding ........... 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
 
 
 
 

TILAK 
Umring bahorlari gullarga to'lsin, 
Xushvaqt onlaring bo'lsin ziyoda, 
Sevgin-u sevilgil dunyoda, ey o'g'il 
Sevgan yoring bo'lsin odil vafoda. 
Bevafolik qilsa yoring mobodo
Davosin topmassan ikki dunyoda. 
Asragin, avayla do'stu - yoringni, 
Xiyonat qilmagin pok vijdoniga, 
Vafo so'zin har dam yodingda tutgil, 
Nomard do'sting 
qolsin maymun holiga. 
Yuraging yarolasa do'sting mobodo, 
Jarohati bitmas ikki dunyoda. 
Ota nomin har dam yodda tutarman
Qadami poyiga gullar to'karman, 
Onaizoringning qadrini bilgil
Yetimlik dardini so'ylab netarman. 
Otasiz,Onasiz qolsang mobodo, 
Ilojin topmassan ikki dunyoda. 
Ba'zilar vijdonin sotsa ham har kun, 
O'zini hammadan qo'yarlar ustun, 
Ulug'bek to'g'rilik yo'linda yurgin, 
Iqbol quyoshi senga boqadi bir kun. 
Haromdan hayoting qursang mobodo
Baxtli bo'lolmassan ikki dunyoda. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling