Mendan nima qolar, ikki misra she'r
Download 1,73 Mb. Pdf ko'rish
|
Go'zal Jizzax oqshomlari .............
16 TASALLI O'g'lim Sh.ga ….. Bizni pisand qilmaganlar, Bo'lar bir kun ado-ado. Bizlar bo'lsak boy, kambag'al Ular bo'lgay gado-gado. Bizlarning bor bir onamiz, Bir vatan-u, bir otamiz. Ularni-ku bilmay qoldim Kimning o'g'li deb aytamiz. Ularda bor qo'sh imorat, Darvozasi ochilmaydi. Bizlarning ham kulbamiz bor Eshigi hech yopilmaydi. Ularniki barcha ulfat, Izi doim bo'lar kulfat. Bizlarniki xalqqa xizmat Shundan kelar izzat-hurmat. Ko'nglingni cho'ktirma o'g'lim, Bo'yningni buktirma o'g'lim, Ko'kragingni ko'tar o'g'lim, Bu kun o'tar - ketar o'g'lim. Bizni pisand qilmaganlar, Bo'lar bir kun ado-ado. Bizlar bo'lsak boy, kambag'al, Ular bo'lg'ay gado-gado. Ko'nglingni cho'ktirma o'g'lim ............ 17 OQQAN DARYO Oqqan daryo oqmayin qolmas, Boqqan dunyo boqmayin qolmas, Kuygan ko'ngil yoqmayin qolmas, Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim. Nomardlar ko'p tushgay aroga, Zahar solgay qalbda yaroga, Nola qildim faqat Olloga, Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim. Boshga tushsa turli balolar, Nomard solsa dardli jafolar, Olloh o'zi bergay jazolar, Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim. Davlat topsa bedavlat odam, Kimligini unutgay shu dam, Faqat Olloh eng oliy hakam, Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim. Asli pastning nasli o'zi past, Erkak emas labzi yo'q nokas, Ne qilsang ham nokas u nokas, Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim. Sabr tagi sariq oltindur, Sabrli qul dono-oqindur, Sabrliga Olloh yaqindur, Ko'nglim sabr, sabr qil ko'nglim. Download 1,73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling