Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
 
 
Umring bahorlari gullarga to'lsin ............ 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


20 
 
 
 
 

DASTURXON 
Ta'riflayin seni aziz dasturxon
Senga olqish, senga tahsin dasturxon, 
Hur zamonda to'kin-sochin dasturxon, 
Ta'zim senga hey 
aziz dasturxon
Mehmon keldi och bag'ring dasturxon. 
Balolarni yopib turgan dasturxon, 
Odamlarni qovushtirgan dasturxon
Davralarda nurga to'lgan dasturxon, 
Ta'zim senga hey aziz dasturxon
Mehmon keldi och bag'ring dasturxon. 
Hayotimning naqshi o'zing dasturxon, 
Keksalarning yaxshi so'zi dasturxon, 
Xonadonning yuzi - ko'zi dasturxon, 
Ta'zim senga hey aziz dasturxon, 
Mehmon keldi och bag'ring dasturxon. 
Senga doston yozsam arzir dasturxon, 
To'qligimsan, sho'xligimsan dasturxon, 
Butun bo'lsin elim ne topgan noning
Ta'zim senga hey aziz dasturxon, 
Mehmon keldi och bag'ring dasturxon.
Mehmon keldi och bag'ring dasturxon ............ 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


21 
 
 
 
 

YOLG'IZLIK 
(Vokzalda) 
Meni hech kim kuzatmas 
Va hech kim kutib olmas. 
Aytilmas bir og'iz so'z, 
Yoki qo'l siltab qolmas. 
Ketganimdan hech kimsa 
Tushmas og'ir qayg'uga,
Va hech kim asir bo'lmas 
"Sog'inch" degan tuyg'uga. 
O'zim chiqaman yo'lga 
Orqamdan eshik qolar. 
Uy atalmish kulbamning 
To'rida beshik qolar. 
Qani qaynar qozonlar 
Ulfati shom
- azonlar. 
Osh-u, non, tuzim ichgan 
Qarindosh-u a'vomlar. 
Hammasi yolg'on ekan, 
Bemehr shayton ekan, 
Bu dunyoda yashash ham 
Yaxshiga
armon ekan. 
Meni hech kim kuzatmas 
Va hech kim kutib olmas, 
Aytilmas bir og'iz so'z 
Oq yo'l ham tilab qolmas. 


Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling