Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Endi hech ko'rmasman seni, Alvido Onam


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Endi hech ko'rmasman seni, Alvido Onam ............. 
 
 
 


24 
 

VATAN 
Samoda burgutdek parvozing ulug',
Vatanga mexring-u, hamrozing ulug', 
Iymoning ulug'-u, iqboling ulug', 
Vatan muqaddasdur, vatan muqaddas. 
Umringda yomonlig' sharobin ichma
Yomonga dushmonlig' choponin bichma, 
Har nedan kechsang ham vatandin kechma, 
Vatan muqaddasdur, vatan muqaddas. 
G'animga yoy otsang - paykoningdandur, 
Nochorga qo'l cho'zsang 
- imkoningdandur, 
Vatanni sevganing - iymoningdandur, 
Vatan muqaddasdur, vatan muqaddas. 
Boburga Hindiston bo'lmadi vatan, 
Qashqarda Furqatga yetmadi chaman, 
Qodiriy, Cho'lponing ketdi bekafan, 
Vatan muqaddasdur, vatan muqaddas. 
Qadimda xorijga ketgan insonlar, 
O'zila bir siqim tuprog' olganlar, 
Garchi qazo tuproqni ko'zga solganlar, 
Vatan muqaddasdur, vatan muqaddas. 
Istiqlol ne'mati bizga muqaddas
Millat muqaddasdur, tuproq muqaddas, 
Yoronlar olamda - Vatan muqaddas, 
Vatan muqaddasdur, vatan muqaddas
Vatan muqaddasdur, vatan muqaddas ............ 

 
 


25 
G'AZAL 
 
Bo'lmasa ko'ngilda ishq, chekkan fig'oning behuda, 
Yor bilan o'tgan kuning, har bir zamoning behuda, 
Qaysi bir yurakka deb otgan kamoning behuda, 
Noraso ko'ngil uchun yongan bu joning behuda, 
Rangingi sarg'aytirib topgan somoning behuda. 
Bu jahon avloligi ahli muhabbatlar bilan, 
Dunyoning donoligi ahli muhabbatlar bilan, 
Umringi zeboligi ahli muhabbatlar bilan, 
Olaming oshnoligi ahli muhabbatlar bilan, 
Bo'lmasa ahli muhabbat shul zamoning behuda. 
O't solarlar joninga ishq yo'lida devonalar, 
Aylanib uchgan kabi sham ustida parvonalar, 
Holingi aslo tushunmas ishq aro begonalar
Xaq yo'linda bo'lmag'an mardum aro afsonalar
Gul ochilmasdan burun kuygan zaboning behuda. 
Uchrasa aqli raso soz birla suhbatlar quring, 
Aylabon ko'ngilni jam tafti muhabbatlar qiling, 
Xol so'rab har bir mahal turli inoyatlar qiling, 
Umringiz dostonidan turfa hikoyatlar qiling, 
Ko'nglinga ishq urmasa shohijahoning behuda. 
Bosh olib ketgan bilan dunyo seni hech anglamas, 
Dardingi ming aytsangam olam sani bir tinglamas, 
Ey Ulug'bek yig'lama, sozingni chalma basma-bas, 
Bu jahon bozorida g'avg'ongni qo'ygil bir nafas, 
Endi bilsam dunyog'a qo'ygan 
nishoning behuda. 


Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling