Mendan nima qolar, ikki misra she'r


Har ko'ylara soldi mani - dunyo g'ami, dunyo g'ami


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Har ko'ylara soldi mani - dunyo g'ami, dunyo g'ami ............ 
 

 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
O'G'RINING HURMATI 
 
Bashar boshin qashlaydi, 
Ilon ham po'st tashlaydi, 
Uni o'g'irlab, buni to'g'irlab, 
O'g'ri yaxshi yashaydi, 
To'g'ri mudom qaqshaydi. 
O'g'irlikning turi ko'p, 
Uy o'g'risi, jon o'g'risi, 
Ilm o'g'risi, mansab o'g'risi, 
O'g'ri yaxshi yashaydi, 
To'g'ri mudom qaqshaydi. 
Axli ag'yorlar yashang ! 
Pashshadan fillar yasang. 
O'g'ri - hurmatli bashang, 
O'g'ri yaxshi yashaydi, 
To'g'ri mudom qaqshaydi. 
Qachon oq, oq bo'ladi ? 
Qachon qora - qoraga ? 
Duch kelmay hech baloga 
O'g'ri yaxshi yashaydi, 
To'g'ri mudom qaqshaydi. 
Qizim rostini aytding, 
Xaqiqat yo'q olamda. 
O'ylab ko'rsam chamamda 
O'g'ri yaxshi yashaydi, 
To'g'ri mudom qaqshaydi. 
O'g'ri oshig'i olchi, 
Nima vijdon, nima Olloh? 
"Qani tangadan ol - chi" 
O'g'ri yaxshi yashaydi, 
To'g'ri mudom qaqshaydi. 
Avvallari aytardilar 
Tentak yaxshi yashaydi. 
Endi zamon o'zgardi, 
O'g'ri yaxshi yashaydi, 
To'g'ri mudom qaqshaydi. 
O'g'ri yaxshi yashaydi ............. 
 

 


10 
 
 
BO'LMASA 
Bu dunyodan armon bilan o'tarsan 
El ichinda qolg'an yaxshi izing bo'lmasa. 
Orqangga qaramay yig'lab - yig'lab ketarsan 
O'rningda qolg'uvchi o'g'lu
- qizing, bo'lmasa. 
Bulbul 
ham kuylamas yayrab, ochilib 
Gulzorda gullarning ma'rakasi bo'lmasa. 
Hech kim ham to'y qilmas suvday sochilib 
Xudo bergan barakasi, bo'lmasa. 
Yigitning obro'si bo'lmagay sira 
Yaxshi ayoli-yu, molu-mulki bo'lmasa. 
Axmoqning ishidan mudom ko'nglimiz xira 
Xudo o'zi aql berib odam, bo'lmasa. 
Har kimning taqdirin Olloh biladi, 
Nomard yuragingni tig'siz tiladi. 
O'rnidan turmasdan mehmon kuladi 
Dasturxonda osh - u noning, bo'lmasa. 
Ulug'bekman aytarman takror va takror, 
Ayb qilmangiz qo'shig'inda g'alat so'zi bor, 
Dasturxonga oltin qo'yganing bekor, 
Har davraning bir hofizi, bo'lmasa. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling