Mendan nima qolar, ikki misra she'r
Borsang .... Ko'rsang
Download 1,73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul bu - Ozodlik
Borsang
.... Ko'rsang.... Yig'lasang.... Yig'lasang.... Yig'lasang........ 7 Pul bu - Ozodlik ……….. Chingiz Aytmatov ACHCHIQ HAQIQAT Turfa xil haqiqat ko'pdur dunyoda, Har kim har-xil mantiq izlaydi faqat. Eng so'nggi choralar kerak asnoda Zarur bo'lib qolar - achchiq haqiqat. Boshliq xodimlarga soliq soladi, Xodimlar ingranib yig'adi qat-qat. "Bolalarim rizqini oldi-ku nomard" Jim aytilgan gap - achchiq haqiqat. Tashqaridan qarasang go'zaldir bari, Go'zaldir yumushlar, go'zaldir xilqat. Eng yaxshi ishchi ham ishdan ketadi, Uzatmay qo'ygani - achchiq haqiqat. Boy otaning qizini ko'proq sevarlar, Kambag'alda esa faqat muhabbat. To'ylar o'tdi. Hayot boshlandi. Kimning kim ekanligi - achchiq haqiqat. "Pulsiz hayot yo'q" deganlari rost, Xalqqa pulni emas joningni tarqat. O'lsang odamday ko'milmoq uchun, Pulning kerakligi - achchiq haqiqat. Xalqning nomidan gapirilsa ham, Odamlarni bog'lab turadi manfaat. Eng so'nggi pallada haqiqat uchun Chayqov qilinadi - Achchiq Haqiqat. Turfa xil haqiqat ko'pdur dunyoda ............. 8 DUNYO G'AMI Ko'p o'ylara oldi mani - dunyo g'ami, dunyo g'ami, Har ko'ylara soldi mani - dunyo g'ami, dunyo g'ami. Ertadan to kech choparsan, rizqingni yig'lab toparsan, Oxiri bir kun yiqarsan - dunyo g'ami, dunyo g'ami. Yigitlikda mast qilarsan, qariganda past qilarsan, Bir kun jona qasd qilarsan - dunyo g'ami, dunyo g'ami. Odam loydan bo'lganing rost, bir kuning soz, bir kun nosoz, Har kun yoqam tutding bexos - dunyo g'ami, dunyo g'ami. Dunyo ishi bir bemorliq, yarmi xorliq, yarmi zorliq, Odam Atodan yodgorliq - dunyo g'ami, dunyo g'ami. Odam sening fe'ling ma'lum, ham to'g'ri-yu egring ma'lum, Oxir borar yering ma'lum - dunyo g'ami, dunyo g'ami. Download 1,73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling