Mendan nima qolar, ikki misra she'r


O'rningda qolg'uvchi o'g'lu


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana09.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1344684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O'rningda qolg'uvchi o'g'lu 
- qizing bo'lmasa ........... 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
OCHIQ XAT 
(Turg'unlik) 
Salom Avlod - kenjatoy, senga yozdim hikoyat
Bobolaring hayotin eslab tursang deb, shoyad. 
Xudo bergan yoshimizni yoshab o'tdik dunyoda, 
Biz ham sendek oshimizni oshab o'tdik dunyoda. 
Xo'p zamonlar yaratdik, dunyoni o'zimizga qaratdik, 
Yetmish yildan so'ng bilsak yolg'on davlat yasatdik. 
O'rtoq Lenin zamonin maqtab o'tdik dunyoda, 
O'zimizni - o'zimiz aldab o'tdik dunyoda. 
Kolxozlarga birlashsak "Boy bo'ladi" deb pushtim
Kimning bo'lsa qo'sh ho'kizi qildik Quloq yo Mushtum. 
"Bosmachi" deb otimizni atab o'tdik dunyoda, 
Xatto senga ham laqab taqab ketdik dunyoda. 
"Endi zamon bizniki" deb, Eshmat, Toshmat, Matmusa, 
Tomoq yirtib baqirdilar "Komsomolmiz" - deb rosa. 
Kecha-kunduz majlislar qilib o'tdik dunyoda, 
Komsomolning ustidan kulib ketdik dunyoda. 
"Yashasin Stalin" deb, osdik har yon shiorlar, 
Hatto bugun ul zot ham bo'ldi kulgi-yumorlar. 
O'zimizcha olamni idrok etdik dunyoda
Yaxshi-yu yomonni ham halok etdik dunyoda. 
Urib bizga xushomad aylantirib boshimizni, 
Yetmish yildan ko'p oldilar og'izdagi oshimizni. 
Oltin, kumush, paxtamizni berib o'tdik dunyoda, 
O'zimiz-chi sadaqalar terib o'tdik dunyoda. 
Atomni yaratganmiz, olamni qaratganmiz ! 
Endi bilsak bir daxshat "Ajdarho" yaratganmiz. 
Chora topmay boshimizni qashlab o'tdik dunyoda, 
Senga ham bir tilsimot tashlab ketdik dunyoda. 
Biz ham jahon singari ancha "Madaniylashdik" 
Yiqdik machit - madrasani, "E-e-e" deb asabiylashdik. 
Iymon - e'tiqodimizni toptab o'tdik dunyoda, 
Kommunistik partiyani maqtab ketdik dunyoda. 
"Oq oltin" deb paxtani loflar urib yubordik
Hatto dengiz Orolni ham bir "Ho'plashda" yutvordik. 
Oddiygina haqiqatni xashlab o'tdik dunyoda, 
Senga esa sho'r tuproqni tashlab ketdik dunyoda. 
Men qilgan bu hangoma - yarmi hazil, yarmi chin, 
Bilsang achchiq xaqiqat yo'qotmagay hech kuchin. 
Kurashlarda ko'kragimiz kerib o'tdik dunyoda 
Senga esa Mustaqillik berib ketdik dunyoda. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling