Mendeleyev davriy sistemasining


Download 0.89 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1470589
  1   2   3
Bog'liq
RUX moddasi haqida


30

Rux

Zn
65,38

3d104s2

Rux (lotinchaZincum), Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir.
Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi.
Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiymis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.

Tarixi
Qadimda mis parchasini rux karbonat va koʻmir bilan birga qizdirib jez tayyorlashgan. Rux dastlab Hindistonda olingan.[3] Yevropada 17-asrda sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlagan. Hozirda OltoyShimoliy KavkazAQSHAvstraliyaPolsha va boshqa mamlakatlarda yirik rux konlari bor.


Tabiatda uchrashi


Yer poʻstidagi miqdori (0,0075 foiz) boʻyicha ruboshqa elementlar orasida 24-oʻrinda turadi. Odatda rux rudalari — polimetallardir. Ular tarkibida ruxdan tashqari misqoʻrgʻoshinkadmiy va boshqa metallarning minerallari ham boʻladi. Ruxning muhim minerali sfalerit — aldama rux ZnS boʻlib, u sulfidli rudalar tarkibiga kiradi




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling