Mendeleyev davriy sistemasining
Ruxning davriy jadvaldagi
Download 0.89 Mb.
|
RUX moddasi haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy moddaning tashqi koʻrinishi
- Nomlanishi, belgisi, raqami Rux, Zn, 30 Guruhi turi
- Guruhi , davri , bloki
- Elektron konfiguratsiyasi
- Toʻyingan bugʻ bosimi (ITS-90 boʻyicha)
Olinishi Rudalardan metall ruxni ajratib olish uchun pirometallurgiya va gidrometallurgiya jarayonlaridan foydalaniladi. Rudani kuydirib pirometallurgik usulda ajratilgan rux oksidi uglerod yordamida qaytariladi. {\displaystyle {\mathsf {Zn^{+2}O^{-2}+C^{0}{\xrightarrow {t^{o}>1000^{\circ }C}}Zn^{0}+C^{+2}O^{-2}\uparrow }}}Jarayonning harorati 1000 °C dan yuqori boʻladi va bugʻ holida olinadi. Oksidlanish germetik issiqqa chidamli retortada olib boriladi. Hosil boʻlgan rux bugʻlari kondensatorlarda choʻktiriladi, ulardan vaqti-vaqti bilan suyuq rux olinadi. Gidrometallurgik usuldan foydalanilganda kuydirishdan keyin qolgan qoldiqqa sulfat kislota taʼsir ettiriladi: {\displaystyle {\mathsf {ZnO+H_{2}SO_{4}\rightarrow ZnSO_{4}+H_{2}O}}}Eritma qoʻshimchalardan (temir, mis, kadmiy) tozalanadi va rux elektroliz yordamida ajratib olinadi. Bunda sulfat kislota qayta tiklanadi: {\displaystyle {\mathsf {2ZnSO_{4}+2H_{2}O{\xrightarrow {elektroliz}}2Zn+2H_{2}SO_{4}+O_{2}\uparrow }}}Rux — kuchli metall yaltiroqligiga ega boʻlgan koʻkimtir rangli metall. Nam havoda rux oksid parda bilan qoplanib asta-sekin yaltiroqligini yoʻqotadi. Rux — oʻrtacha qattiqlikdagi metall. Uning zichligi 7,13 g/sm3. Toza metall nisbatan plastik, oson yassilanib yupqa folʼga hosil qiladi. Texnik rux oddiy haroratda moʻrt boʻladi, lekin 100—150 °C da plastik boʻlib qoladi. Bunday sharoitda uni bolgʻalash mumkin. 200 °C dan yuqori haroratda u yana moʻrtlashadi va qirilganda kukun holatiga oʻtadi. Bunday oʻzgarishlar juda past haroratda ham kuzatiladi. Rux oson suyuqlanadi (suyuqlanish harorati — 419,4 °C) va uchuvchan metallar qatoriga kiradi. Ruxning qaynash harorati — 905,7 °C. Uning issiqlik oʻtkazuvchanligi kumushning issiqlik oʻtkazuvchanligiga nisbatan 60 % ni tashkil etadi, elektr oʻtkazuvchanligi boʻlsa toʻrt baravarga kam.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling