5. Axloqiy fanlar yoki bixvioristik maktab
Eng ko‘zga ko‘ringan vakillari — F.Gersberg, R.Laykert, D.Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra, xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan axloqiy fanlar konsepsiyalarini qollash asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko'proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yoli bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: axloq haqidagi fanni to‘g‘ri qollash hamma vaqt ham alohida xodimning, ham umuman tashkilot samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |