3. Bosharuvning klassik yoki ma’muriy makatabi.
Uni rivojlantirsh uchun fransuz olimi A.Fayol va nemis sotsiologi M.Veber katta ulush qo‘shganlar. Bu maktab vakillari tashkilotlarning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bolgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan.
4. Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi..
Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik
obroli vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikning
ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar
va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |