Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi. Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni "flegma" deyishgan. Flegmatiklar: - Ta'sirchanligi sust bo’ladi;
- Bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan
ko’chadilar; - Faolliklari kam;
- Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
- Harakatlari va nutqlari sust;
- Ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
- Sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar
bilan hayajonlanmay gaplashadilar. Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Gippokratning fikricha, agar kishida za'faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qat'iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan. - Xoleriklar - ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda "melanxolik" so’zi "qora safro" degan ma'noni birdirgan. Melanxoliklar: - O’ta ta'sirlanuvchi xususiyatga ega;
- Tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan;
- Tashvishsiz, lekin juda sezuvchan;
- Nihoyatda arazchan;
- Juda oz kuladigan;
- Faolligi sust, tortinchoq, kamg’ayrat;
- Arzimagan sabablarga ko’zidan yosh oqib ketaveradigan;
- Yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |