Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar. Reja: Menejment rivojlanishidagi zamonaviy yondoshuvlar tarixi


Download 21.68 Kb.
bet6/7
Sana30.10.2023
Hajmi21.68 Kb.
#1734020
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MENEJMENT AMALIYOTIDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLA

Bunda salmoqli o‘rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab chiqarishni boshqarish, marketingli boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, menejmentning asosiy vazifalari quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanishi mumkin:

- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish (texnologik faoliyat);

- tijorat faoliyati (harid qilish, sotish va almashtirish);

- moliyaviy faoliyat (sarmoyani izlash va oqilona foydalanish);

- xavfsizlik faoliyati (aholi mulkini muhofazaqilish);

- ekkaunting (tahlil qilish, hisobga olish, statistika);

- boshqarish faoliyati (rejalashtirish, marketing, tashkil etish vazifasi, taqsimlash, muvofiqlashtirish va nazorat).

Bu vazifalarni amalga oshirishda menejmentning tamoyillari, nazariyasi, andozalar, ma’lumotlarga ishlov berish, boshqarish qonunlaridan foydalana bilish kerak.

Menejment tamoyillari

Tamoyil - bu faoliyat yuritish, halqning asosiy qoidasi, yetakchi g‘oyadir. Ilmiy adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida, yo‘l-yo‘rik, xulq meyorlari tushuniladi. Boshqaruv tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bog‘liq hodisalar mohiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:

Qonunlar tamoyillar usullar uslublar.

Boshqaruv tamoyillari o‘zaro bog‘liq va birgalikda qo‘llanilishi lozim.

Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi:

1.Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili.

Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo‘ysunushini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo‘gin rahbari vaqolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo‘yishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs irodasiga so‘zsiz bo‘ysunish bilan birga amalga oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o‘z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi.


Download 21.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling