«menejment» kafedrasi «IQTISODIYOT VA menejment» fanidan k u r s I s h I


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana14.12.2022
Hajmi1.06 Mb.
#1003211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yangi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
1.3. Material tanlash va asoslash. 
Erkaklar kiteli uchun ishlatiladigan gazlamalar sarja yoki polotno o‘rilishida 
to‘qiladi. Teskari tomonida suv o‘tishiga qarshilik ko‘rsatuvchi plyonkasi bo‘ladi. 
Bu guruhchaga yana bir qancha “kostumbop” gazlamalar ham kiradi. 
Kiyimbop gazlamalar guruhining maxsus guruhchasiga kiruvchi gazlamalar 
ham sidirg‘a rangda ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 220—320 g/m
2
, eni 65—105 
sm. Ular maxsus kiyimlarni tikishda qo‘llaniladi. Gazlamalar maxsus diagonal
kitellar uchun, sport kiyimlari uchun, kiyimbop va hokazo gazlamalar deb ataladi. 
Uchinchi maxsus guruhchaga, asosan, “triko” va “jins” gazlamalari kiradi. 
Polister viskoza gazlamasining afzalligi shundaki, u yo‘l-yo‘l yoki katak 
ko‘rinishda bo‘ladi. Bu turli rangli iplarni ishLatish yoki aralash o‘rilishlarda 
to‘qiLishi sababli hosil qilinadi. Ular uncha qimmat bo‘lmagan erkaklar kostum va 
shimlarini tikishda ishlatiladi. 
Har xil kiyimlar tikishda issiq saqlovchi qistirmalar sifatida momiq 
ishlatilishi mumkin.
Jins gazlamalari sarja o‘rilishida tandasida rangli iplardan, arqog‘ida esa 
xom iplardan to‘qiladi. Bu gazlamaning g‘ijimlanmasligini va kiyimning shaklini 
saqlash xususiyatini ta’minlash uchun unga yuvilib ketmaydigan appret bilan 
ishlov beriladi. Ayrim artikullarining tolali tarkibiga lavsan tolasi qo‘shiladi. Jins 
gazlamasi yoshlar sport kiyimlari, kurtkalar, shimlarni tikishda keng qo‘llaniladi. 
Qishki guruhcha movut, zamsha, velveton gazlamalaridan iborat. Bu 
gazlamalarni klassik gazlamalar jumlasiga kiritish mumkin. Ularning sirtida zich 
joylashgan taralgan tuki bo‘ladi. O‘rilishi — kuchaytirilgan satin. Movut to‘q 
ranglarga bo‘yalgan holda pardozlanadi. 
Velvetonning yuza zichligi 370—400 g/m
2
. Tandasida pishitilgan ip (29,4 
teks x 2 — 15,4 teks x 2), arqog‘ida esa yakka (50—58,8 teks) iplar ishlatiladi. 


11 
2-Rasm. Erkaklar kiteli uchun Polister Viskoza materiali.


12 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling