Menejment kafedrasi
Download 0.61 Mb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339
Tayanch iboralar: Soliq, to'lov, soliqli to'lovlar, byudjet, maxalliy byudjet, soliqlarning tavsifi, qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar, soliq solish obyekti, soliqqa tortish subyekti, soliq solinadigan oborotni belgilash, soliq stavkalari, nol darajali stavka,soliqni to'lash, maxalliy soliqlar va yig'imlar,yuridik shaxslar, yuridik shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’i, soliq to’lovchilar, soliq solish obyekti, imtiyoz, soliq stavkasi, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to’lov muddati. Nazorat vamuhokamauchun savollar: Soliqlarning obyektiv zarurligi nimada? O'zbekiston soliq tizimining mazmuni? Bevosita soliqlarga qaysi soliqlar kiradi? Bilvosita soliqlarga qaysi soliqlar kiradi? Qaysi soliq funksiyalarini bilasiz? Soliqning fiskal funksiyasini tushuntirib bering? Soliqlarning nazorat funksiyasini tushuntirib bering? Qo'shilgan qiymat soliqqaning iqtisodiy moxiyati Qo'shilgan qiymat soliqqa tortish obyekti nima? Qo'shilgan qiymat solig'idan berilgan imtiyozlar? Aksiz solig'ini to'lovchilar bo'lib kimlar xisoblanadi? Aksiz solig'i to'lovchilar qanday guruxlarga bo'linadi? Aksiz solig'ini soliqqa tortish obyekti deganda nimani tushunasiz? Aksiz solig'ini bazasi deganda nimani tushunasiz? Maxalliy soliqlar va yig’imlarga qaysi soliq va yig’imlar kiradi? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar kimlar? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliqqa tortish obyekti nima? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliqqa tortish bazasi nima? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni stavkalari qanday belgilangan? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash tartibi qanday belgilangan? 13-Mavzu. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI TAHLILI Reja Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari. Mahsulot tannarxini pasaytirishning yo’llari. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har bir korxonaning ish faoliyati tijorat sirini tashkil etadi. Tijorat siri qonun bilan muhofaza qilinadi. SHu bilan korxonada korxona faoliyatini yetarli darajada to’liq qilib beradigan hisob va hisobot tizimi tashkil etiladi. Bu tizim yetkazib digan axborot, bir tomondan, korxonaning iqtisodiy natijalarini shashtirish, nazorat va taxlil etish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan, qonunchilik belgilab bergan tartibda va chegaralarda tashqi foydalanuvchilar (soliq inspektsiyasi, statistika organlari, banklar, kreditorlar va boshqalar)ga taqdim etiladi. Korxoia iqtisodiy faoliyatini taxlil etish kichik biznes uchun muhim ahamiyatga ega. Taxlil natijalariga suyanib, korxona faoliyatiga tezkor tuzatishlar kiritiladi, avval belgilab olingan vazifalarning rilishi darajasiga baho beriladi, korxona faoliyati istiqbollarini ravishda aniqlab olinadi. Korxona faoliyatini iqtisodiy taxlil etish uchun tadbirkor ishlab chiqarish texnologayasi haqidaga bilimlar bilan qatorda chuqur iqtisodiy bilimlarni egallagan bo’lishi lozim. Masalan, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalana olish uchun tadbirkor zarur darajada bilim olishi lozim, korxona moliyaviy ko’rsatkichlari esa tadbirkordan moliya fanlari bo’yicha bilimlarni talab qiladi. Korxona faoliyati taxlili birinchi navbatda aniq ichki maqsadlarni ko’zlaydi: xarajatlarni tejash; resurslardan oqilona foydalanish; mahsulotni yaxshilash; ishlab chiqarish hajmini hamda; foydani oshirish va boshqalar. SHu bilan birga, korxona faoliyatining tashqi maqsadlarga qaratilganligi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda korxonaning tarmoq yoki regiondagi, bozordagi o’rni, raqobatbardoshligi, korxonaning iqtisodiy hamkor va o’z sheriklari uchun qanchalik darajada ishonchli ekanligi birinchi qo’yiladi. Korxona faoliyatining ichki taxlili korxonada boshqaruvni tashkil etish jarayonida keng qo’llanadi. Tashqi taxlilesa aktsiyadorlar va korxonaga ulush qo’shgan boshqa mulkdorlar, ijroiya organlari va mahalliy hokimiyat organlari, korxonaning kreditorlari uchun zarur xulosalarni yetkazib beradi. Korxona faoliyatini taxlil etish mazmunan o’z tarkibiga quyidagilarni oladi: Korxona faoliyatining taxlil etilayotgan sohasida taxlil etish o’zida qanday vazifa yoki maqsadni qo’yayotganligini aniq belgilab olish. Taxlil etilayotgan oboektning sabab-oqibat aloqalari xarakterini oydinlashtirib olish va bu aloqalarni tadqiq etish uchun zarur usullarni va ko’rsatkichlarni tanlash. Ob’ekt uchun xos bo’lgan natijaviy ko’rsatkichga taosir etayotgan omillar yoki sharoitlar taosirining yo’nalishi va miqdorini aniqlash. Mazkur omillar taosirini kuchaytirayotgan yoki zaiflashtirayotgan sabablarni aniqlash va tadqiq etish. Ijobiy omillar ta’sirini kuchaytirish bo’yicha tavsiyalar va xulosalar ishlab chiqish. Ichki maqsadlardagi korxona faoliyati taxlili quyidagi vazifalarni bajarishga qaratiladi: ishlab chiqarish samaradorligani oshirishning ijobiy va salbiy omillarini aniqlash va baholash; samaradorlikni oshirish; rezervlarini ishga solishga ko’maklashish; korxonaning yaxlit faoliyatiga hamda uning bo’linmalari faoliyatiga ob’ektiv baho berish; har bir xodimning, har bir bo’linmaning erishilgan natijalardagi hissasini aniqlash va shu yo’l bilan korxonada tashabbuskorlikni raьbatlantirish uchun sharoit yaratish; korxonada oqilona boshqarish qarorlarining qabul qilinishi va ularning izchil ravishda ijro etilishiga yordam berish; korxonada ishlab chiqarish va moliyaviy rejalarning asoslangan bo’lishini ta’minlash. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, korxona faoliyatini taxlil qilishda bu faoliyat natijalari va yakunlarini o’rganib chiqish markaziy o’rinni egallaydi. Korxona xo’jalik faoliyati muayyan ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi. Korxona faoliyatining yakunlarini ifoda etish uchun, odatda, yagona ko’rsatkich kamlik qiladi. SHuning uchun bir biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu tizim korxonadagi ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etayotgan barcha muhim omillarni o’rganib chiqish imkonini berishi lozim. Ko’rsatkichlar taxlilida ularni tarmoqda yoki regionda mavjud bo’lgan normativlar bilan taqqoslash muhim ahamiyatga ega. Mazkur normativlar korxonada ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini belgilaydi va iqtisodiy samaradorlikki oshirish uchun mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Korxona faoliyati yakunlarining tanlab olingan ko’rsatkichlar tizimi tarkibi mazkur faoliyatning strategik va taktik maqsadlari bilan ham bog’langan bo’lishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida strategik maqsadlar korxonaning raqobatbardoshligini oshirish bilan bog’liq bo’lsa, taktik maqsadlar, ayniqsa kichik biznesda korxonaning bozordagi o’z o’rniiy saqlab qolishga va mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi. 2. Ishlab chiqarish xarajatlari taxlili Tadbirkor asosli va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qila olishi uchun korxonaning daromadlari va xarajatlari haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishi, shuningdek, bu ma’lumotlar taxlil uchun qulay ko’rinishga keltirilishi lozim. Jumladan, korxona xarajatlarini tasniflashdamahsulotning ishlab chiqarish tannarxini va davr xarajatlarini, doimiy vz o’zgaruvchi xarajatlarni bir-biridan ajratib olinishi muhim o’rin tugadi. Xarajatlarning ishlab chiqarish tannarxiga yoki davr xarajatlariga kiritilishi moliyaviy natijalarning aniqlanishiga, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmiga, moddiy zahiralar qoldiqlari qiymatiga taosir etadi. Davr xarajatlari ular amalga oshirilgan davr natijalariga yozib qo’yiladi kelgusi davrga o’tkazilmaydi. Bu masala qanday hal etilishi korxonaning baho siyosatiga ham ta’sir etmay qolmaydi. SHuning uchun amaliyotdagi jiddiy masalalardan biri muayyan xarajatlarni qaysi moddaga kiritish malasidir: ishlab chiqish xarajatlarigami, davr xarajatlarigami yoki yillarga taqsimlanib ketuvchi kapital xarajatlargami? Korxona faoyaiyatining sof natijasini aniqlash uchun korxona hisobot davrida amalga oshirgan barcha xarajatlar e’tiborga olinishi lozim. SHunga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Xarajatlar tarkibi to’g’risida Nizom”ga binoan barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: 1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar (ishlab chiqarishning ustama xarajatlarini qator qo’shgan holda). 2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar): mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlar; ma’muriy xarajatlar; boshqa operatsion xarajatlar. 3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar: to’lash bo’yicha xarajatlar; chet el valyutasidagi operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs farqlari; qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan mablaьlarni qayta baholashdan talofot; moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar. 4. Favqulodda zararlar. Xarajatlarni, mahsulot tannarxini pasaytirish har bir korxonada mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarga tayanib, ko’proq mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ko’proq foyda olish uchun imkoniyat yaratadi. Korxona ko’lami kengayishi bilan tadbiror uchun tannarxni pasaytirishning bir foizi ahamiyatli bo’lib boradi. Xarajatlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish tadbirkordan korxona mablag’laridan, mehnat va moddiy resurslardan oqilona va tejab-targab, bu boradagi barcha rezervlarni ishga solib foydalanishni talab qiladi. Buning uchun esa xarajatlarning har bir turi bo’yicha puxta iqtisodiy taxlil yo’lga qo’yilishi lozim. Xarajatlarni taxlil etishda quyidagilarga birinchi navbatda e’tibor qiladi: xarajatlar rejasi yoki smetasining qanchalik darajada ekaganligi va korxonaning texnologik imkoniyatlariga muvofiq kelishi; sarflanayotgan moddiy resurslar baholarining bozor baholariga monandligi; haqiqiy xarajatlar bilan normativ xarajatlar yoki boshqa korxonalardagi shu xildagi xarajatlar o’rtasidagi nisbat; xarajatlardagi o’zgarishlarga ta’sir etgan eng muhim omillar; hisobot davrida xarajatlarni pasaytirish borasida olib borilgan ishlar va hokazo. Tovar maxsulot ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlarni chuqur taxlil etish uchun ularni shartli ravishda uch guruhga bo’lib olish mumkin:bevosita moddiy xarajatlar; bevosita mehnat xarajatlari; ko’p yoqlama xarakterdagi xarajatlar. Bevosita moddiy xarajatlar o’zgarishi sabablarini taxlil etishda uning omillarini birinchi bosqich (ishlab chiqarish umumiy hajmi o’zgarishi), ikkinchibosqich (tovar mahsuloti tarkibi o’zgarishi) va uchinchi bosqich (alohida mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari o’zgarishi) omillariga ajratish tavsiya etiladi. SHuni tahkidlash lozimki, nshlab chiqarish hajmi o’zgarishi va tovar-mahsulot tarkibi o’zgarishi bozor iqtisodiyogi sharoitlarida bozor konoyukturasiga bog’liq bo’ladi, ya’ni ular korxona uchun tashqi omil bo’lib maydonga chiqadi. Uchinchi bosqich omillari esa korxonaning o’ziga, tadbirkorning tashabbuskorligiga bog’liq. Bunday omillarga xususan quyidagalarni kiritish mumkin: Ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish. Mahsulotning konstruktsiya va texnik tavshflarini o’zgartirish. Yangi ilьor texnologiyalarni joriy etish. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash. Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatilishini takomillagatirish. Materiallardan foydalanishni yaxshilash, tejamliroq materiallardan foydalanish. Ortiqcha xarajatlar va nobudgarchiliklarga barham berish. Transport-tayyorlov xarajatlarini tejash. Tejamkorlikning boshqa omillari. Sanab o’tilgan omillar - bevosita moddiy xarajatlar tejalishini ta’minlaydi. Ravshanki, huddi shu kabi omillar bevosita mehnat xarajatlariga va ko’pyoqlama xarakterdagi xarajatlarga ham ta’sir etadi. Mahsulot tannarxini taxlil etishda qo’llanishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichlardan biri tovar-mahsulotning bir so’miga to’g’ri keladigan xarajatlardir. Bu ko’rsatkichning afzalliklaridan biri uning foyda bilan ham bog’lanib ketganligidir. Korxona xarajatlarini taxlil etishda ularning doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linishini ham e’tiborga olish lozim. Doimiy xarajatlar qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish hajmlariga bog’liq bo’lmaydi. Ularga, odatda, binolar, inshootlar, korxonaning o’zini saqlab turish, ijara, mulk solig’i, majburiy sug’o’rta, xodimlarga to’lanishi lozim bo’lgan minimal ish haqi, doimiy xarakgerdagi kommunal to’lovlar kiradi. Albatta, bunda» xarajatlarni ham tejash choralari ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega. O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarishdagi xodimlar ish haqini o’z ichiga oladi. Anoanaviy iqtisodiy taxlil korxonadagi yalpi va o’rtacha xarajatlar taxlilini, mahsulot tannarxi taxlilini o’z ichiga oladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida chegaraviy xarajatlar taxlili o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki o’zgaruvchi xarajatlarning dinamikasi birinchi navbatda chegaraviy xarajatlarda o’z ifodasini topadi. CHegaraviy xarajatlarning miqdori va o’zgarishining yo’nalishlari tadbirkorning ishlab chiqarishni yanada kengaytirish yoki kengaytirmaslik haqida qaror qabul qilishi uchun mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Rentabellik faoliyatini taxlili Firmaning yuqori rentabellikka erishish bo’yicha faoliyatini qisqa muddatli davr uchun va uzoq muddatli davr uchun taxlil etish mumkin. Qisqa muddatli davrda firma o’zgartirib bo’lmaydigan miqdordagi uskunalarga (ishlab chiqarish quvvatlariga) ega. SHuning uchun foydani oshirish yoki zararni kamaytirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqarish hajmlarida o’zgaruvchi resurslar (materiallar, mehnat va boshqalar)dan ko’proq yoki ozroq ishlatish yo’li bilan o’zgarishlar qilish ko’rinishida amalga oshiriladi. Firmaning foydasi yalpi pul daromadidan yalpi xarajatlarni ayirib tashlash orqali hosil bo’ladi. Firma foydani maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmiga intiladi. Erkin raqobat sharoitida (kichik va o’rta biznes asosan shunday sharoitda ish olib boradi) foydani maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish tushumini aniqlashga ikki usulda yondoshiladi. Birinchi usulda yalpi pul tushumini yalpi xarajatlar bilan, ikkinchi usulda chegaraviy tushumni chegaraviy xarajatlar bilan taqqoslaydilar. Bozordagi baho o’zgarmas deb olinganda, raqobat sharoitida ishlayotgan tadbirkor oldida uch savol ko’ndalang turadi: ishlab chiqarish kerakmi, qancha ishlab chiqarish kerak, qancha foyda olish mumkin? Dastlabki qarashda javob oddiy: foyda olinadigan bo’lsa, ishlab chiqarish lozim. Lekin amalda masala murakkabroq bo’ladi. Gap shundaki, qisqa muddatli davrda yalpi xarajatlarning bir qismi doimiy xarajatlardan, qolgan qismi esa o’zgaruvchi xarajatlardan iborat bo’ladi. Doimiy xarajatlar firma ishlamay turgan bo’lsa ham qoplab berilishi kerak. Ya’ni mahsulot ishlab chiqarilmasa, firma doimiy xarajatlar miqdorida zarar ko’radi. SHuning uchun sotish bahosi o’rtacha xarajatlardan pastroq, lekin o’zgaruvchi xarajatlardan yuqoriroq bo’lgan hollarda ishlab chiqarishdan voz kechish mumkin emas. Albatta, bu qisqa muddatli davrda. Uzoq muddatli davrda tadbirkor doimiy xarajatlarni ham to’xtatish choralarini ko’radi. Korxona maksimum yalpi foydaga erishadigan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun ishlab chiqarish hajmi o’sib boruvchi darajalari hamda ularga muvofiq keluvchi chegaraviy daromad va chegaraviy xarajatlar miqdorlarini ifodalovchi jadval tuziladi. SHu jadval ma’lumotlari asosida grafik tuzish ham masalani oydinlashtirishga yordam beradi. CHegaraviy daromad chegaraviy xarajatdan ortiq bo’lsa, korxona foydasi summasi ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, aksincha chegaraviy daromad chegaraviy xarajatdan kamroq bo’lsa, foyda umumiy summasi kamayadi.SHuning uchun chegaraviy daromad chegaraviy xarajatga tenglashgan nuqtada foydaning maksimumiga erishiladi deb hisoblanadi. CHunki shu nuqtadan so’ng chegaraviy xarajat chegaraviy daromaddan ortiqroq bo’lib qoladi. Buni chegaraviy daromad bilan chegaraviy xarajatning tengligi qoidasi deb ataladi. Qisqa muddatli davrda, erkin raqobat sharoitida, odatda, bozordagi talab va taklifning o’zaro nisbati deyarli o’zgarmaydi. SHuning uchun baholar nisbatan barqaror bo’ladi. Alohida firma bozordagi baholarga ta’sir eta olmaydi. Uzoq muddatli davrda bu sharoitlar o’zgaradi. Firma shu muddatda tarmoqdagi o’z ulushini kengaytirishi yoki, aksincha. qisqartirishi va hatto tarmoqni tark etishi mumkin. Uzoq muddatli davrda tarmoqdagi raqobat sharoitlari va baholarda qator jiddiy o’zgarishlar yuz beradi. Demak, uzoq muddatli davrda muhim ravishda ishlab chiqarishni texnologik yangilashga, doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarni tejashga, mahsulotning xaridorgirligini oshirishga jiddiy e’tibor berish lozim. Tadbirkorlikda iqtisodiy tahlil muhim rol o’ynaydi. Uning asosiy maqsadi qo’yilgan vazifalarning bajarilishini, belgilangan ko’rsatkichlarga erishish darajasini aniqlash va baholash, ulardan chetlanishlar miqdori va sabablarini, ishlarni yaxshilash yo’llarini aniqlash hisoblanadi. U moliyaviy va boshqaruv tahlili, operativ va davriy, statistik ko’rinishlarda moliyaviy-xo’jalik hisobotlarni o’rganish, gorizontal tahlil, vertikal tahlil, trend tahlili, omiliy tahlil, moliyaviy koef-fitsientlar tahlili usullari yordamida amalga oshiriladi. Tadbirkorlikda mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi, faoliyat daromadi, foydasi, rentabelligi, samaradorligi muntazam ravishda tahlil qilib borilishi lozim. Tayanch iboralar Taxlil, ichki taxlil,tashqi taxlili, ishlab chiqish xarajatlari, davr xarajatlari, kapital xarajatlar, bevosita moddiy xarajatlar; bevosita mehnat xarajatlari; ko’p yoqlama xarakterdagi xarajatlar, doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar, chegaraviy xarajatlar, rentabellik. Nazorat va muhokama uchun savollar. Korxona faoliyatini taxlil qilishning maqsadini aytib bering. Korxona faoliyatini taxlil qilish vazifasiga namalar kiradi? Korxona faoliyatini taxlil etish mazmuni o’z ichiga nimalarni oladi? Ichki maqsadlardagi korxona faoliyatini taxlili qaysi vazifalarni bajarishga qaratilgan? Korxona faoliyatini sof faoliyatini aniqlashda qaysi xarajatlar e’tiborga olinishi lozim? Mahsulotni ishlab chiqarish tannarxiga nimalar kiradi? Davr xarajatlarini ayting? Favqulodda zararlar deganda nimani tushunasiz? Ishlab chiqarish xarajatlarini taxlil etishda nimalarga e’tibor qaratiladi? Eng yuqori rentabellikka erishish mazmuni nimadan iborat? Rentabelli faoliyat taxlilini tushuntirib bering. 14- Mavzu . KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI MOLIYAVIY FAOLIYATINI TAXLIL QILISH Reja 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy faoliyati ko’rsatkichlari. 2. Kichik biznes sub’ektlari moliyaviy faoliyatini taxlil qilish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy faoliyati ko’rsatkichlari Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi shu faoliyatdan ko’rilgan foyda yoki zarar hisoblanadi. Uni tahlil qilishdan maqsad ko’rilgan joyda (zarar) ning miqdori va darajasi, o’zgarishi va uning sabablarini aniqlab, foydani oshirish chora-tadbirlarini belgilashdan iborat. Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash va baholash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999- yil 5- fevralda tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom" asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizomga muvofiq tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi (7- rasmga qarang). 7-rasm. Moliyaviy natija ko’rsatkichlari Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling