Menejment kafedrasi
-Мавзу. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Download 0.61 Mb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samaradorlikni oshirishning asosiy yо‘nalishlari
- 2. Kichik korxonalarning xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar
18-Мавзу. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGIReja Iqtisodiy samaradorlikning mohiyatiKichik korxonalarning xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlariSamaradorlikni oshirishning asosiy yо‘nalishlari1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyatiBozor iqtisodiyotiga о‘tish xо‘jalik yuritishning oqilona yо‘llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga tо‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni kо‘zda tutadi. Kо‘rsatib о‘tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xо‘jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga tо‘g‘ri keladigan iqtisodiy natijalarning kо‘payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xо‘jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni tо‘g‘ri yо‘nalishda olib borilayotganligidan darak beradi. Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bо‘lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag‘larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi kо‘rsatkichida namoyon bо‘lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq tо‘lash xarajatlarining puldagi ifodasidir. Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va о‘zgaruvchan xarajatlarga bо‘lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi о‘zgarishi bilan ham о‘zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham tо‘lanishi kerak. Ularga amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug‘urta badallari, boshqaruv xodimlarining ish haqlari va boshqalar kiradi. О‘zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq tо‘lash va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bо‘linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil kо‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xо‘jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil kо‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu kо‘rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini о‘rganuvchi ularni о‘zicha, u yoki bu kо‘rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi. Barcha kо‘rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi kо‘rsatkichlar. 2. Kichik korxonalarning xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlarMahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi natijasi qisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (haridorlarga ortib jо‘natilgan va ular tomonidan haq tо‘langan) mahsulot hajmi pul tushumini ta’minlashga, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa zaruriy sarflarning о‘rnini qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham mavjud bо‘ladi. Undan korxona tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish, moddiy rag‘batlantirish fondlarini yaratish, davlat byud-jeti oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi. Iste’molchi mahsulot sotilishi natijasida ishlab chiqarish vositalari yoki iste’mol mollari kо‘rinishidagi zaruriy mahsulotni oladi. Korxonalar mahsulotlarini sotishda ayrim kamchiliklarga ham yо‘l qо‘yadi. Xususan, ayrim hollarda sotish rejasini oshirib bajarish bilan birga mahsulotlarning ayrim turlarini xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berish rejasi bajaril-maganlik hollari uchraydi. Bu korxonaning о‘ziga (u penyalar va jarimalar tо‘laydi) va haridorga zarar keltiradi. Shuning uchun sotish rejasining bajarilishi mahsulot yetkazib berish bо‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish bilan tahlil qilinadi. Bunda bitta haridorga yetkazib berish rejasining oshirib bajarilishi boshqa haridorlarga yetkazib berish rejasining bajarilmaganligiga sabab bо‘lganligi hisobga olinadi. Shuning uchun shartnoma majburiyatlari rejasini bajarilishi 100% dan oshib ketmasligi kerak. Sotish hajmi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni о‘z vaqtida sotishga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqdir. Tovar mahsuloti mahsulotni sotish kо‘rsatkichlarida sotilmagan mahsulotlarning о‘zgaruvchan qoldiqlarining о‘zgarishi bilan aks ettiriladi. Mahsulotlar sotilishining bir maromdaligini ta’minlash uchun korxonalar tayyor mahsulot-larning zarur hajmiga ega bо‘lishlari kerak. Ammo amaliyotda sotilmagan mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlari meyoriy qoldiqlardan ancha oshib ketish hollari ham uchraydi. Bu hisobot davrida mahsulotning sotilish hajmini ancha kamayishiga olib keladi. Mahsulot sifatining yetarlicha yuqori bо‘lmasligi, mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarilmasligi, korxona mahsulotlarni ortib jо‘natish uchun transport bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi va boshqalar bunday vaziyatning sabablari bо‘lib hisoblanadi. Mahsulotni sotish aniq iste’molchi tomonidan buyumlarning ayrim turlari kо‘rinishida amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchilar va haridorlar mahsulot yetkazib berish tо‘g‘risida shartnoma tuzadilar. Unda buyumlarning rо‘yxati, miqdori, yetkazib berish muddatlari va boshqa shartlar kо‘zda tutiladi. Ularning bajarilishi tahlili 7-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan kо‘rinishicha, sotilgan mahsulotlarning hajmi rejaga nisbatan 71 ming sо‘mga yoki 0,5% ga oshgan. Bunga tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasini 228 ming sо‘mga yoki 1,6% ga oshirib bajarilganligi sabab bо‘lgan. Ammo tovar mahsulotlarining rejadan ortiq ishlab chiqarilishi tо‘liq. darajada sotilmagan. Sotilgan mahsulotlarning о‘tuvchi qoldiqlari rejalashtirilganga kо‘ra 157 ming sо‘mga о‘sgan, bu sotish hajmini shu summaga pasaytirgan. 7-jadval Mahsulotlarni sotish rejasi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili (ming sо‘m)
Sotilmagan mahsulotlar qoldiqlarining о‘sishi mahsulotlarni sotish hajmini kо‘payishining foydalanilmagan rezervlaridan iborat bо‘ladi. Mahsulotlarni sotish rejasining 0,5% oshirib bajarilishiga qaramasdan, korxona mahsulotlarni yetkazib berish bо‘yicha shartnoma majburiyatlarini 240 ming sо‘mga yoki 1,7% ga kamroq bajargan, bu korxona ishining salbiy kо‘rsatkichlaridan biridir. Bozor sharoitlarida mahsulot sifatining yaxshilanishi tobora katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulotning sifati deganda uning foydalanish uchun yaroqlilik darajasini belgilovchi xususiyatlar majmui tushuniladi. Mahsulotning belgilangan turlari attestatsiyadan о‘tkaziladi va ularning sifati ikki nav – oliy va birinchi navga bо‘linadi. Sifatning oliy naviga, sifat parametrlariga asoslangan, oliy ilmiy-texnik yutuqlar darajasiga mos keluvchi mahsulotlar kiradi. Bunday mahsulotlarning sifat parametrlari amaldagi standartlarga mos kelishi kerak. Mahsulot sifatini harakterlovchi kо‘rsatkichlardan biri oliy navli mahsulotlar hajmining umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga nisbatan salmog‘idir (8-jadval). Jadvaldan kо‘rinishicha, korxonada hisobot yilida о‘tgan yilga va rejaga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini yaxshilanishi kuzatilgan, ya’ni sifatning oliy navini tovar mahsulotining umumiy hajmiga nisbatan salmog‘i о‘tgan yilga nisbatan 5% ga, rejaga nisbatan 0,8% ga oshgan. Mahsulotning sifatiga uni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarning sifati, belgilangan texnologik jarayonga aniq rioya qilinishi, ishchilarning malakasi, mahsulot sifatini yaxshilaganlik uchun moddiy rag‘batlantirish, tayyor mahsulotlarni saqlash, tashish va boshqalar ta’sir qiladi. Mahsulotning tannarxi kichik korxonalar ishining tejamliligini ta’riflovchi eng muhim kо‘rsatkichlardan biridir. Mahsulot tannarxining pasayishi korxona rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi. 8- jadval Oliy navli mahsulotlar ishlab chiqarish bо‘yicha reja bajarilishi tahlili
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning tannarxi deganda bevosita mahsulotlarni tayyorlash va ishlarni bajarish, ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash va uni takomillashtirish jarayonida foydalaniladigan resurslarning barcha turlari: asosiy fondlar, tabiiy xom ashyo va sanoat xom ashyosi, materiallar, yonilg‘i va energiya, mehnatning pul shaklida aks ettirilgan xarajatlari tushuniladi. Mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlarning tarkibi, ularni moddalar bо‘yicha tasniflash davlat standarti tomonidan, kalkulyatsiyalash usullari esa korxonaning о‘zi tomonidan belgilanadi. Mahsulotning tannarxi korxonaning ishlab chiqarish va muomala xarajatlaridan iborat bо‘ladi, xarajatlar va daromad-larni tenglashtirish, ya’ni о‘z xarajatlarini о‘zi qoplashi bozor mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va kо‘rsatilgan xizmatlarning sotilishi korxona faoliyati moliyaviy natijalarini aniqlashga imkon beradi. Hisobot davrida haridorlarga ortib jо‘natilmagan mahsulotning qiymati va firma ichidagi oborot sotish hajmiga kiritilmaydi. Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum – korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag‘larining hajmidir. Bu korxona xarajatlarini qoplash va daromadlarni shakllantirish mablag‘larining asosiy manbaidir. Asosiy mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan tashqari, korxona boshqa sotishlardan hamda sotishdan tashqari operatsiyalardan tushumlar olishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati jarayonida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiruvchi foyda korxona faoliyatining eng muhim umumlashtirilgan kо‘rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkor hamma vaqt foyda olishni maksad qilib qо‘yadi, ammo hamma vaqt ham foyda ololmaydi. Agar tushum tannarxga teng bо‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining о‘rnini qoplashga erishiladi. Tushumdan oshib ketuvchi xarajatlarda korxona salbiy moliyaviy natija kо‘radi, bu uni murakkab moliyaviy ahvolga solib qо‘yadi, bankrotlik ham istisno emas. Mahsulotlarni sotishdan olingan foyda (zarar) qо‘shimcha qiymat solig‘i va aksizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish va sotish xarajatlari о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Keltirilgan ta’rifdan foyda korxonaning о‘z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif asosida vujudga kelgan narxlar bо‘yicha sotishdan hosil bо‘lgan yalpi daromad hajmiga bog‘liqligi ma’lum bо‘ladi. Korxonaning yalpi daromadi – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va foydani о‘z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir. Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga erisha olmasa, tovarlarni sotish va xizmatlar kо‘rsatish bozorida о‘z mavqeini mustahkam ushlab turish, raqobat sharoitida о‘zining ishlab chiqarishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak. Umumxо‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda (zarar) quyidagi algebraik summa tarzida hisoblanadi: asosiy faoliyatdan foyda + dividendlar va foizlar bо‘yicha daromadlar +;- investitsiyalar va qimmatbaho qog‘ozlarni qayta baholashdan keladigan daromadlar (zararlar) - minus foizlar bо‘yicha xarajatlar +;- boshqa moliyaviy faoliyatdan daromadlar (zararlar). Soliq tо‘langunga qadar foyda umumxо‘jalik faoliyatidan foyda va favqulodda foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida aniqlanadi. Soliq tо‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda daromad soliqlarini chiqarib tashlash bilan soliqlar tо‘langunga qadar foyda va minus hali hech qayerda hisobga olinmagan boshqa soliqlar va tо‘lovlardan iborat bо‘ladi. Quyidagi 9-jadvalda korxona foyda olishining tahlili berilgan. 9-jadval Asosiy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar) va uni о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili (ming sо‘m)
Jadval ma’lumotlarining kо‘rsatishicha, korxonada asosiy faoliyat bо‘yicha о‘tgan yili 2400 ming sо‘m, hisobot yilida esa 4534 ming sо‘m zararga yо‘l qо‘yilgan, ya’ni zararlarning о‘sishi yiliga 2134 ming sо‘mni tashkil qilgan. Bu zararlarga boshqa xarajatlarning 1464 ming sо‘mga va davriy xarajatlarning 1212 ming sо‘mga kо‘payishi natijasida yо‘l qо‘yilgan. Shuning bilan birga sotishdan yalpi foydani 305 ming sо‘mga, boshqa daromadlarni 637 ming sо‘mga о‘sishi hisobiga korxona asosiy faoliyatidan 942 (305+637) ming sо‘m foyda olgan. Ammo foydaning bu mikdori zararni qoplash uchun yetarli emas. Korxona ish faoliyatining samaradorlik darajasini baholash uchun olingan natija (yalpi daromad, foyda) xarajatlar yoki foydalanilgan resurslar bilan taqqoslaniladi. Foyda va xarajatlarni tenglashtirish rentabellikni yoki aniqrog‘i rentabellik meyorini bildiradi. Amaliyotda rentabellik meyorini о‘lchashning ikki variantidan foydalaniladi. Bu foydaning korxonaning joriy sarf-xarajatlari (tannarx)ga yoki avanslashgan qо‘yilmalar (asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag‘lar)ga nisbatidir. Ikkala о‘lchov varianti ham bir-biri bilan avanslashgan qо‘yilmalar oboroti tezligi kо‘rsatkichi bilan bog‘langan: R1 = R / Fa , R2 = R / Fz ; bu yerda, R – foyda; R1 , R2 – foyda meyori (1- va 2-variantlar); Fa, Fz – avanslashgan fondlar va tannarx fondlari. Aylanishlar soni p = Fz /Fa bо‘lganligi uchun R2 = R1 x p. Korxona rentabelligi meyorini quyidagicha hisoblash mumkin: R = P (U – S)*100 / (Fo + Fob); Bu yerda, R – foyda; P – mahsulot hajmi; U – mahsulot birligining narxi; S – mahsulotning tannarxi; Fo – acosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati; Fob – aylanma mablag‘larning hajmi. Korxonalar ish amaliyotida rentabellikning bir qator kо‘rsatkichlari qо‘llaniladi. Mahsulotning rentabelligini sotilgan barcha mahsulotlar bо‘yicha va uning alohida turlari bо‘yicha aniqlash mumkin. Birinchi holda u mahsulotni sotishdan olingan foydaning uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi. Sotilgan mahsulotlarning rentabelligi tovar mahsulotini sotishdan olingan foydaning mahsulotni sotishdan tushgan tushumga nisbati sifatida; balans foydasining mahsulotni sotishdan olingan foydaga nisbati bо‘yicha; sof foydaning sotilgan mahsulotdan tushgan tushumga nisbati bо‘yicha hisoblanadi. Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi balans foydasi-ning asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy aylanma mablag‘-larning о‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu kо‘rsatkichni sof foyda bо‘yicha ham hisoblash mumkin. Korxona qо‘yilmalarining rentabelliligi uning ixtiyorida bо‘lgan mulkning qiymati bо‘yicha aniqlanadi. Hisoblashda balans va sof foyda kо‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Mulkning qiymati buxgalteriya balansi bо‘yicha aniqlanadi. Bu kо‘rsatkich korxona mulkining bir sо‘m qо‘yilmalariga sotish darajasini ifodalaydi. Korxona shaxsiy mablag‘larining rentabelligi sof foydaning balans bо‘yicha belgilangan, uning shaxsiy mablag‘lariga nisbati bilan aniqlanadi. Uzoq muddatli moliyaviy qо‘yilmalarning rentabelligi qimmat-baho qog‘ozlar va boshqa korxonalarda ulushli ishtirok etishdan daromadlar miqdorining uzoq muddatli moliyaviy kiritmalarning umumiy xajmiga nisbati sifatida hisoblanadi. Quyidagi 10-jad-valda rentabellikning tahlili haqidagi ma’lumotlar kо‘rsatilgan. 10-jadval Sotilgan mahsulotlar rentabelligining tahlili
Jadval ma’lumotlari kо‘rsatishicha, hisobot yilida sotilgan mahsulotlarning rentabelliligi о‘tgan yilga nisbatan 0,4% ga pasaygan. Bu sotishdan sof foyda miqdorini 3645 ming sо‘mga kо‘paygani natijasida sodir bо‘lgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling