Menejment kafedrasi


Samaradorlikni oshirishning asosiy yо‘nalishlari


Download 0.61 Mb.
bet23/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339

4. Samaradorlikni oshirishning asosiy yо‘nalishlari



Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyati ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yо‘llarini doimo qidirishni talab qiladi. Agar shunday qilinmas ekan, korxonaning qat’iy raqobat muxitida omon qolishi qiyindir. Bu ayniqsa, kichik va о‘rta korxonalarga tegishlidir. Avval aytib о‘tilganidek, ularning vujudga kelishi va rivojlanishining barcha bosqichlarida qiyinchiliklar va hal qilinmagan muammolar juda kо‘p uchraydi.

Tadbirkor muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun oddiy bozor omillari (mahsulotni doimo yangilash, sifatini oshi­rish, marketing tadqiqotlari, muvaffaqiyatli raqobat va boshqalar)dan tashqari о‘z faoliyatining samaradorligiga erishishning turli-tuman yо‘llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir:

- ilg‘or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foyda­lanish;

- xom ashyo va materiallarning yangi turlarini qо‘llash;

- asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanish;

- aylanma mablag‘larni aylanishini jadallashtirish;

- mehnatni tashkil qilishning samarali shakllari va usullarini qо‘llash;

- menejment fani va amaliyotining ilg‘or yutuqlaridan foydalanish;

- mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish va boshqalar.


Qisqa xulosalar


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini belgilovchi barcha kо‘rsatkichlarni quyidagi uchta guruhga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi kо‘rsatkichlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida samaradorlikni oshirishning asosiy yо‘nalishlari bо‘lib quyidagilar hisoblanadi: ilg‘or texnologiya va uskunalardar foydalanish; xom ashyo va materiallarning yangi turlarini qо‘llash; asosiy fondlardan unumli foydalanish; mehnatni tashkil etishning samarali usullarini qо‘llash; xorij firmalarining ilg‘or tajribalaridan foydalanish va h.k.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Kichik korxonalar faoliyati iqtisodiy samaradorligining mohiyati nimadan iborat?



2. Samaradorlikni aniqlshaning qanday kо‘rsatkichlarini bilasiz?

3. Mahsulotni sotish kо‘rsatkichining ahamiyati qanday?

4. Mahsulotning sifati qanday kо‘rsatkichlar bilan aniqlanadi?

5. Nima uchun foyda eng muhim umumlashtiruvchi kо‘rsatkich hisoblanadi?

6. Foydaning qanday turlari bor va ular qanday aniqlanadi?

7. Korxona ishining rentabelligi qanday hisoblanadi?

8. Rentabellikning qanday turlari mavjud?

9. Mehnat unumdorligi kо‘rsatkichining ahamiyati nimada?

10. Asosiy fondlardan foydalanish kо‘rsatkichlari qanday hisoblanadi?

11. Solishtirma iqtisodiy samaradorlik kо‘rsatkichining mohiya-ti nimada?

12. Qanday kо‘rsatkichlar samaradorlikni baholovchi kо‘rsatkich-lar hisoblanadi?

19 - Mavzu. O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Reja

1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari.

2. O’zbekistondakichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari.
1. O’zbekistonda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirish yo’nalishlari

Yaqin o’tmishda biz jamiyatimiz kapitalizmdan sotsializmgacha bo’lagan yo’lni muvaffaqiyatli ravishda bosib o’tib, rivojlangan sotsializm davriga kirdi va endilikda shubhasiz kommunizm sari qadam tashlab borishi kerak deb hisoblar edi. Lekin hayot bu fikrni noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi.

Bugungi kunda Respublikaning ko’pgina shaharlari va xususan poytaxtidagi bozor va savdo rastalarini aylanib chiqadigan bo’lsa, bunga butunlay aksincha manzarani ko’rish mumkin, lekin, afsuski, bu - yangi bozor mexanizmi to’la g’alaba qozondi degan gap emas, xali. Lekin hech yerda, hech narsa tez va oson qad ko’tara qolmaydida. Jamiyatning eskicha rusumdan yangichasiga o’tishi, odatda, bemashaqqat va biz istagancha tez bitmasligi jahon tajribasidan ma’lum. Prezidentimiz ko’rsatib bergan besh tamoyil va bozor mexanizmiga sakrab-sakrab emas, balki bosqichma-bosqich o’tib borish-o’z iqtisodiyotimizning modelini shakllantirish va madaniyatga erishgan jamiyat ko’rishning asosiga quyilagi xususityalar ana shulardir. Bular tamomila tushunarlidir, ular Respublikaning o’zidagina emas, balki jahonning boshqa mamlakatlarida ham tegishlicha qo’llab-quvvatlanmoqda.

Bir so’z bilan aytganda, bozor munosabatlari asoslarini yaratish uchun, amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotiyligini ta’minlash uchun respublikada hozir juda ko’p ishlar qilinmoqda.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyati bilan biznesni rivojlantirishning zarur sharti xususiy mulkchilikdir, lekin tadbirkor bilan biznesmen hamisha ham xususiy mulk egasi bo’lavermaydi. Tadbirkorlar bilan biznesmenlar orasida mulk egalari bilan bir katorda menejerlar, ishlab chiqarish tashkilotchilari va ishga astoydil berilgan boshqa har qanday kishilar ham bor.

Hozirgi sharoitlarda xususiylashtirish tadbirkorlikning asosi bo’lmish xususiy mulkchilikning qayta tiklashga dahvat etilgan. Xususiylashtirish ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilish, bozor muhitini shakllantirish vositasidir. U raqobatni yuzaga keltirib, tadbirkorlarga va turlicha mulkiy shakldagi korxonalarning rahbarlariga erkinlik berishi, innovatsion tipdagi yangi taraqqiyotning ijtimoiy bazasini shakllantirishi kerak.

Xususiylashtirish mustakil va shu bilan bir vaqtda murakkab muammodir. Uni zo’rama-zo’raki jadallashtirish ham, susaytirib kuymaslik ham kerak. Bemavrud ko’rilgan har qanday choralarning natijalari hamisha ham yaxshi chikavermasligi ma’lum. Mehnat jamoalari va ularning rahbarlari xususiylashtirishning zarurligini anglab yetadigan, bu chorani qanday amalga oshirishi kerakligi va qanday natija berishini o’rganadigan bo’lsalar, ana shunda u samara beradi.

Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish uchun boshqa shart-sharoitlar ham bo’lishi kerak. CHunonchi, iqtisodiy va ijtimoiy davlat siesatining barqarorligi, tadbirkorlik va biznes xususida ijobiy ijitimoiy fikr yuzaga kelgan bo’lishi, imtiyozli soliq tartibi, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlaydigan rivojlangan infrastruktura, aqliy mulkni ximoya qiluvchi samarali tizim bo’lishi kerak va u hozirgi kunda xukumatimiz tomonidan qabul qilingan Davlat Dasturlarida o’z ijrosii topmoqda Tadbirkorlik uchun qulay kredit tizimini yaratish, ularga zarur ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va butlovchi buyumlarni sotib olish imkonini yaratilmoqda.



  • O’zbekitonda kichik biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o’sishining qo’shimcha manbalarini yaratishdan iborat bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etishda katta rol o’ynaydi, ya’ni aholini ish bilan ta’minlash, milliy boyliklarini ko’paytirish va millat farovonligi uchun xizmat qiladi.

  • Kichik biznesni rivojlantirish bozorni iste’mol tovarlari va xududiy monopolizmga barham berishga, raqobot muhiti vujudga kelishi va kengayishiga, ilmiy texnika natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga, eksport salohiyati yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Kichik biznes jamiyatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik ta’minlovchi o’rta sinifni shakllantiradi. Har qanday jamiyatda o’rta mulkdor sinfi iqtisodiyot rivojlanishida o’ziga xos o’rin tutadi.

  • Kichik biznesning yana bir muhim vazifasi iste’mol talabining tabaqalanishi va individuallashuvi sharoitda keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni amalga oshirishdir.

  • Kichik biznesni yana bir xususiyati nisbatan kam harajatlar evaziga yangi ish o’rinlari yaratish va shu orqali bandlik muammosini hal etishga xissa qo’shishi hisoblanadi. SHu bilan birga, kichik biznes turli ijtimoiy guruhlar daromadlari o’rtasidagi tafovutlarni qisqartirishga, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni sarmoyadorlik darajasi yuqori bo’lgan sohalarga yunaltirishga, iqtisodiyot turli sektorlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishga o’z xissasini qo’shadi.

  • Kichik biznesning ijtimoiy vazifalari ham muhim ahamiyatga ega. Kichik biznes kishilarning tadbirkorliq ishbilarmonlik ijodkorlik saloxiyatlarini namoyish etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Unda yirik korxonalardan farqli o’laroq ishlab chiqarish natijalari va ishlovchilar manfaatlari o’rtasida bog’liqlik yaqqol ko’rinib turadi.

  • Kichik biznesning yana bir muhim ijtimoiy vazifasi shundan iboratki, u ijtimoiy jihatdan zaif aholi qatlamlari-ayollar nogironlar, pensionerlar va boshqalarni ish bilan ta’minlaydi hamda ularning mehnatidan keng foydalanadi. Yosh mutaxxassislar ishlab chiqarish tajribasi ortishiga sharoit yaratadi.

  • Bu o’rinda yigirma yil mobaynida respublika yalpi ichki mahsuloti xarid qilish qobiliyati bo’yicha 3,4 barobar, ya’ni 27,1 milliard dollardan 92,3 milliard dollarga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa 3 barobar oshganini aytib o’tish kifoya.

  • SHu davr mobaynida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 17 foizdan 24 foizga, xizmatlar ulushi 34 foizdan 49 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati kabi yangi iqtisodiyot tarmoqlari tashkil qilindi.


2. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari

1991 yilning 15 fevralida Prezident I.Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik trisida qonun qabul qilindi. Birinchi xususiy korxonalar ochildi. Bu qonun korxonalarga ijobiy tashabbuslarini amalga oshirishga, turli muommalarni yechishga imkon berdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlat mulkidan xususiy korxonalarga aylantirish jarayoni amalga oshirildi. So’ngra xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi xissadorlik jamiyatlari tuzildi.

Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga nazar solsak, bugungi kundagi misli ko’rilmagan natijalarni guvohi bo’lamiz.

Jumladan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tarkibida chuqur islohotlarning amalga oshirilishi, yerdan foydalanishning ijara shakliga asoslangan bozor munosabatlariga o’tish, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining zamonaviy infratuzilmasini tashkil etish g’alla mustaqilligiga erishish hamda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmini 1,8 barobar oshirish imkonini berdi. Natijada istiqlol yillarida barqaror paxta yetishtirishni ta’minlash bilan bir vaqtda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tarkibida paxtaning ulushi 47,7 foizdan 11,1 foizga kamaydi, g’alla yetishtirish hajmi 3,7, go’sht yetishtirish 1,9 barobar o’sdi.

Mustaqillik yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, SHo’rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo’ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi, Asaka va Samarqand shaharlaridagi avtomobil zavodlari kabi yirik sanoat obektlari, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yigirmadan ortiq korxona, o’nlab zamonaviy to’qimachilik komplekslari va ko’plab boshqa korxonalar foydalanishga topshirildi.

2011-2015 yillarda jami investitsiya hajmi 77,4 milliard dollar bo’lgan sanoat, infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan to’rtta bir-biri bilan o’zaro bog’liq strategik dasturning amalga oshirilishi, bank-moliya tizimini isloh qilish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi va yalpi ichki mahsulotni 1,5 barobar ko’paytirishni ta’minlaydi.

Iqtisodiyotda tarkibiy tub o’zgarishlarni faol davom ettirish yaqin yillarda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushini, birinchi navbatda, energetika, neft-gaz-kimyo, kimyo, to’qimachilik va yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika, zamonaviy qurilish hamda pardozlash materiallari ishlab chiqarish kabi ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga 24 foizdan 28 foizga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, kelgusi yillarda ijtimoiy soha va xizmat ko’rsatish sektori yanada ravnaq topadi, infratuzilma loyihalari amalga oshirilib, turar-joy ob’ektlari, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishga topshiriladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 27,1, shu jumladan, eksport hajmi 29,6 barobar oshdi, shu davr ichida tashqi savdo aylanmasi hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizdan 56,1 foizgacha o’sdi. O’zbekiston asosan xom ashyo yetkazib berib, tayyor mahsulot olib kelinadigan mamlakatdan ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish uchun mo’ljallangan yuqori texnologik asbob-uskunalarni chetdan olib kelib, eksportga yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar chiqaradigan davlatga aylandi.

Mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, sog’liqni saqlash tizimini kompleks isloh qilish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining o’rtacha umr ko’rishi 67,2 yoshdan 73,1 yoshga uzaydi, onalar va chaqaloqlar o’limining barqaror ravishda uch baravardan ortiq kamayishiga erishildi. SHu davrda aholi jon boshiga real pul daromadlarini, avvalo, xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar evaziga 3,7 barobar oshirish ta’minlandi. Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar aholi umumiy daromadining 47 foizini tashkil etmoqda.

Istiqlol yillarida O’zbekistonda mutlaqo yangi bank-moliya tizimi yaratildi. Soliq yukini izchil kamaytirish, erkin tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga qaratilgan soliq siyosatining amalga oshirilishi 2005 yildan boshlab defitsitsiz davlat budjetini shakllantirishni ta’minlash bilan birga iqtisodiyotni barqaror va jadal rivojlantirish, xo’jalik subektlari daromadini oshirish hamda ularning investitsiya jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qildi. SHu yillar mobaynida ko’plab soliq stavkalari 1,5-2 barobarga kamaytirildi, davlat budjeti tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun sarflanadigan xarajatlar ulushi mustaqillik yillarida 31,5 foizdan 59 foizgacha ko’paydi.


  • Qisqa muddatda Yevropa iqtisodiyoti asosiy ustunlaridan biriga aylangan Germaniyada o’tkazilgan qathiy davlat siyosati natijasida mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes rivojlantirildi va urushdan keyingi yillar mobaynida biznes taraqqiyoti 10 %dan 65%gacha yetdi.

  • Yapon mo’jizasi, deb atalgan iqtisodiy shiddat ham davlatning rejalashtirilgan kathiy siyosati tufayli oyoqqa turib, hozirgi paytda mamlakat yalpi ichki mahsuloti yetishtirishda umumiy foydaning yarmini tashkil eta boshladi.

  • Jahon sanoatida bosh o’rinlarda turadigan (lider) kompaniyalardan biri “Yamaxa” transmilliy kompaniyasi butun dunyo bo’yicha bir necha o’n milliard AQSH dollariga teng mahsulot ishlab chiqaradi, holbuki mana shu “naxang” kompaniya ham o’z faoliyatini 40- yillar oxirida 7 nafar odam ishlaydigan velosiped tahmirlashni amalga oshiruvchi kichik kooperativ (ustaxona) edi.

2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag’ishlangan kengaytirilgan majlisi bo’lib o’tdi.

Majlis ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, hukumat a’zolari, xo’jalik birlashmalari, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyat, shahar va tuman hokimlari qatnashdilar. Birinchi bor viloyat, shahar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan studiyalar bilan videokonferentsiya aloqasi orqali hukumat majlisida mahalliy hokimiyat, vazirlik, idoralar hududiy bo’linmalari, korxonalarning rahbar xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ma’ruza qildi.

Ma’ruzada O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o’zbek modeli”ni va mamlakatni o’rta muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016 yilda iqtisodiy o’sishning barqaror va yuqori sur’atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va sifati oshishini ta’minlaganligi qayd etib o’tildi.

Vazirlar Mahkamasi majlisi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalarni muhokama qilish davomida Prezident SH.Mirziyoev 2016 yil yakunlari bo’yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga o’sganligini qayd etib o’tdi. Sanoat mahsuloti hajmlari – 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga o’sganligi, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi ta’minlanganligi, inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmaganligi va 5,7 foizni tashkil etganligi to’g’risidagi ma’lumotlarga to’xtalib o’tdi.

SHuningdek, iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko’p investitsiyalar yo’naltirildi. O’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga o’sdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bo’lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi. SHu jumladan, “JM O’zbekiston” aktsiyadorlik jamiyatida “T-250” modeldagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarish o’zlashtirildi, Jizzax viloyatida tsement zavodi kengaytirildi, Tolimarjon issiqlik energiya stantsiyasida quvvati 900 MVt bo’lgan bug’-gaz qurilmalari hamda Angren issiqlik energiya stantsiyasida quvvati 150 MVt bo’lgan yuqori kulli ko’mirni yoquvchi energiya bloki ishga tushirildi.

Farg’ona vodiysi viloyatlarini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog’laydigan, Qamchiq tog’li dovoni orqali o’tuvchi 19 kilometrlik noyob tunnelga ega bo’lgan elektrlashtirilgan yangi Angren – Pop temir yo’l liniyasi qurildi. Toshkent – Buxoro marshruti va qarama-qarshi yo’nalish bo’yicha yuqori tezlanishli “Afrosiyob” yo’lovchi tashuvchi elektropoezdlar harakati tashkil etildi.

Qishloq xo’jaligini modernizatsiya va diversifikatsiyalash bo’yicha amalga oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish hajmlarini 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot – 11,2 foizga, kartoshka – 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga o’sishini ta’minladi.

Xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab- quvvatlash va himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2016 yilda 32 mingtaga yaqin yoki 2015 yilga nisbatan 18 foizga ko’p kichik biznes sub’ektlari tashkil qilinishiga turtki bo’ldi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi.

Ijobiy tarkibiy o’zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari tufayli aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar – 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar – 11 foizga o’sdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming kollej bitiruvchisining bandligi ta’minlandi.


Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Tadbirkorlikni kelib chiqish tarixini gapirib bering.

  2. Kichik biznes ava xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir respublikamizda qabul qilingan chora-tadbirlar haqida gapiring.

  3. Kichik biznes ava xususiy tadbirkorliksohasida erishgan yutuqlarimiz haqida so’zlab bering.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. “Tadbirkorilik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbkkiston Respublikasi Qonuni, 2000 yil 25 may.

  2. «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident Farmoni, 2017 yil 5 oktyabr

  3. 2017 yil 5 oktyabr kuni qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident Farmoni

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda e’lon qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-son Farmoni

  5. “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi Pf-4725-sonli  Farmoni.

  6. “Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabr, PQ-2412-son Qarori.

  7. Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan    “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston respublikasi Qonuni, 30 dekabr 2016 yil.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2017 yil 1 fevral, PQ-2750-son qarori

  9. Boltaboev M.A., Qosimova M.S., Ergashxo’jaev Sh.J., Samadov A.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.: ADIB NASHRIYOTI, 2011.

  10. David Cadden, Sandra Lueder - The Saylor Foundation. Small Business Management in the 21st Century. 2014.

  11. Djon Berdjes, Don SHtaynxoff. Osnovы upravleniya malыm biznesom. Perevod s angl. - M.: Binom, 1997

  12. Greg Brue - Entrepreneur Press. Six Sigma for Small Business. 2006.

  13. Krevens, Devid, V.. Strategicheskiy marketing, 6-e izd. Per. s angl. M.: Izdatelьskiy dom “Vilьyams”, 2003.- 752s.

  14. Xodiyev B.YU., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. T.:TDIU, 2010.

  15. Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjayeva Sh.J. Marketing. – T.: TDIU – 2010.

  16. Salayev S. “Tadbirkorlik asoslari” T.:2012.

  17. Xamroyev X. Tadbirkorlik asoslari. T.: “Fan” 2010.

  18. Qosimova M.S., Hodiev B.Yu. “Kichik biznesni boshqarish” T.,2003

  19. Jackie Jarvis - How to Books.  Inspiring Ways to Market Your Small Business.2007.

  20. Shokirova Yu.S. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan muammoli Ma’ruzalar matni. F., 2016.

  21. Shokirova Yu.S.“Kichik biznes va tadbirkorlik” fanidan ishbilarmonlik o’yinlarini bajarishga doir uslubiy qo’llanma. F, 2016.

Internet ma’lumotlari

1.http://lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

2.http://www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning rasmiy sayti

3.http://www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasining Xukumat portali.

4.http://www.ziyonet.uz – Axborot ta’lim tarmog’i.

MUNDARIJA






Кириш........................................................................................................................

2

1

O’zbekiston respublikasi iqtisodiy ravnaqida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o’rni. “kichik biznes va tadbirkorlik” fanining dolzarbligi...................................................................................................................

4


2

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy,

huquqiy asoslari va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi...........................................


12


3

Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari...............................................................

30

4

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati yo’nalishlarini tanlash va

texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash................................................................................


58


5

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish..................................................

72


6

Kichik biznes korxonalari faoliyatini rejalashtirish.....................................................

83

7

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida biznes-reja.....................................

87

8

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish.......................................

96

9

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketing va tovarlarni sotish.....................

105

10

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari........................................................................................................

121


11

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning o’rni...........................................................................................................................

145


12

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish..............................

150

13

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili.............................................................................................

175


14

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy

faoliyatini taxlil qilish..................................................................................................


181


15

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikfaoliyatida bankrotlik...........................................

187

16

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborotlar bilan ta’minlash...........................

194

17

Tadbirkorning ahloqiy qoidalari..................................................................................

204

18

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi............................


213

19

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirish istiqbollari.............................................................................................


224





Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..............................................................................

230

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling