“Menejment” kafedrasi
Download 354.61 Kb.
|
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org
Kengash raisi:
Rektor vazifasini bajaruvchi A.Vahobov Taqrizchilar: M.Muhrumbaeva - i.f.n., dots. A.Samadov - i.f.n., dots. “Iqtisod-moliya”, 2005
Mazmun-mundarijasi jihatidan ushbu qo’llanma “Mutahassislikka kirish” fanini talabalar tomonidan yanada chuqur o’zlashtirilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, o’quv qo’llanmani tayyorlashda O’zbekistondagi menejment sohasining o’ziga xos tomonlari inobatga olingan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar ham, rahbarlik uslublari ham tubdan o’zgargan. Hozirgi rahbarlarga juda katta talab va mas’uliyatlar qo’yilmoqda: jumladan, yuqori toifadagi mutaxassis bo’lish, haqiqiy tadbirkor, tashkilotchi, mohir etakchi, ayni paytda o’z haq-huquqini chuqur bilish talab etilmoqda. Shu o’rinda ushbu o’quv qo’llanma talabalarning mazkur fandan nazariy bilimlarini yanada oshirishga hizmat qiladi. Qo’llanmada, rahbar yoki menejer kim, qanday qilib menejer bo’lish mumkin? Oqilona tanlov va ishonchli qaror qabul qilishning sir-asrorlari nimada? Qanday rahbarlarni adolatli va madaniyatli deyishimiz mumkin? Rahbarlik uslubiga qarab rahbar turlari? Menejerlar toifasi, kabi savollar talabalarimizga keng ochib berilgan. “Menejment va huquq” kafedrasining dots. D.Sobirjonova va k.o’q.U.Boymatovalar tomonidan «Mutahassislikka kirish» fanidan tayyorlangan o’quv qo’llanmasi Oliy Ta’limning Davlat Ta’lim standartlari talablari asosida yozilgan. Ushbu o’quv qo’llanma mamlakatimiz va chet el adabiyotlarini o’rganib, «Mutahassislikka kirish» fanining nazariy savollariga aniq javoblar topish mumkin. Undan foydalangan talabalar yuqorida ko’rsatilgan fanlarning maqsadi va vazifalari, mazkur faoliyatini tashkil etish, segmentlarni o’rganish, narhni belgilash, korxonani boshqarish usullari va ko’rsatkichlari, yangi bozorni boshqarish kabi masalalarni chuqur o’rganish manbai bo’lib hizmat qiladi. O’quv qo’llanmadan, oliy o’quv yurti talabalaridan tashqari, malaka oshirish markazlarining o’quv jarayonlarida ham asosiy material sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Download 354.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling