“Menejment” kafedrasi


Maqsadli boshqaruvni salbiy tomonlari


Download 354.61 Kb.
bet54/79
Sana09.11.2021
Hajmi354.61 Kb.
#172319
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Maqsadli boshqaruvni salbiy tomonlari


  1. Korxonaga kiritilgan tizimga nisbatan oliy rahbariyat tomonidan qiziqishni va qo’llashni butunlay yo’qligi. Busiz o’rta va quyi saviadagi menejerlar o’z maqsadlarini rejalashtirishga, ayniqsa, unga erishishga rasmiyatchilik bilan qaraydilar. MVO boshqaruv tizimi sifatida samarasiz bo’ladi.


  2. Maqsadlarni rejalashtirish ishlariga xizmatchilarni uncha keng bo’lmagan o’lchamda jalb qilinishi. Xizmatchi va rahbar tomonidan ishlab chiqilgan yakka shaxs rejalarini yuqoridan berilgan ko’rsatmalar bilan almashtirish.


  3. MVO tizimini ishlatilishida maxsus banklarni yozma ravishda to’ldirilishi va hisobotlar ko’p bo’lib, bu katta miqdordagi qog’ozni talab qiladi, agar ma’lum standartlar ishlab chiqarilmasa. Shu sababli ko’plab MVO xizmatchilari unga salbiy munosabat bildiradilar, chunki bunda kantselyariya ishi ko’p vaqtni oladi.


  4. Ayniqsa, son bilan baholashni murakkab bo’lgan faoliyat turlari uchun maqsad belgilashdagi murakkabliklar.


  5. Rahbarlar va xizmatchilarning yakka shaxs maqsadlarini kompaniyani umumiy maqsadlariga muvofiq kelmasligi tez-tez uchrab turadi.


  6. U yoki bu saviyadagi menejerni maqsad belgilashga rasmiyatchilik bilan munosabatda bo’lishlari. Bu esa ularni maqsadlari tashkilotni real talabini aks ettirmaslikka olib keladi.


  7. Puxta bilimga yoki malakaga ega emaslik.


Bu omilni biz yuqorida eslatib o’tgan edik, bunga sabab rahbar va xizmatchilarni erishib bo’lmaydigan maqsadlarni tenglaganligidir.


  1. Tashkilot jamoasi tomonidan MVOni rahbarlar tomonidan ular ustidan nazoratni oshirish deb qabul qilishi. Agar MVO sof ma’muriy usul bilan uni tashkilot, rahbar va xizmatchi uchun ahamiyatini tushuntirmasdan kiritilishi bunday munosabatga olib kelishi mumkin.


  2. Yakka qiziqish dalilining yo’qligi. Bu shunday holat MVOda uning bosh vazifalaridan biri - qo’lga kiritgan natijalar uchun rag’batlantirish yo’qligi va uning yomon amalga oshirilishi.


  3. Maqsadlar boshqaruvi tizimini tashkilot faoliyatini boshqa soha va tizimlardan ajralib qolishi.



Har ikkala jadvalda keltirilgan maqsadli menejmentini ustivorliklar va kamchiliklari (bir necha umumiylashuv qilishga) ularni imkoniyatlari va samaradorligi haqida bir necha umumiy fikrlar izhor qilinishga imkon yaratadi.

1. MVO tashkilotni oliy menejmentini falsafasi bo’lib qolishi kerak.

2. Ushbu boshqaruv tizimini maqsad va vazifasini barcha xizmatchilariga tushuntirish uchun zaruriy resurslar va vaqt ajratilmog’i kerak.

3. Maqsadlar (yakka shaxs va umumiy) realistik bo’lmog’i kerak, ularga erishish tashkilotni taraqqiyoti foydasiga xizmat qiladi.

4. Maqsad belgilash rahbarni va bo’ysunuvchini birgalikdagi faoliyati bo’lmog’i kerak.

5. Rahbariyatga va xizmatchilarga rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun zaruriy huquq va vositalar berilishi kerak.

6. Eng muhimi maqsad va rejalar yozma ko’rinishda ishlab chiqilishi kerak.

7. Shuni tushunish kerakki, MVO bu qattiq, talabchan boshqaruv tizimi emas. Maqsadlarni amalga oshirish uchun rejalashtirishga ba’zi bir zaruriy o’zgarishlar kiritilishi zarur.

Adabiyotda MVO usulini imkoniyatlarini baholashda yangi bir nuo’tai nazar bor, u bizningcha diqqat-e’tibopra loyiqdir. Uning mualliflari, Likart va uning xichmatchilari maqsadli boshqaruvni muvofiqligi yoki aksincha nomuvofiqligi sezilarli darajada tashkilotda qabul qilingan boshqaruv uslubining turiga bog’liqdir. Ular boshqaruvni 4 ta uslubini ko’rib chiqadilar: ekspluativ-avtoritarli, avtoritarli ishonch elementlari bilan, maslahatli va demokratik. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, maqsadlar boshqaruvi shunday tashkilotlarda samarali bo’ladiki, agarda ular maslahat va demokratik boshqaruv uslubiga ega bo’lsalar.


Download 354.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling