“Menejment” kafedrasi
Adab rahbarni aql va ahloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi
Download 354.61 Kb.
|
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org
Adab rahbarni aql va ahloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi.
Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi- ishonchdir. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin: e’tiqodli, ya’ni o’z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonnishdir. E’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo qiladi; maslakli, ya’ni o’ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo’l sohibi; taqvodor, ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan; sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojo’ya hatti-harakatlardan o’zini tiya oladigan; oriyatli, ya’ni o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan; andishali, ya’ni oqibatini o’ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli; vijdonili, ya’ni nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladigan, bularga qarshilik bildiradigan: o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo’ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladigan, ya’ni vijdon azobiga tushadigan. Sodda qilib aytganda: Iymon uch narsaning butunligidan hosil bo’ladi: e’tiqod, iqror va amal. E’tiqod- bu ishonch. Iqror-so’zda buni tan olish. Amal-yaxshi ishlar bilan uni isbotlash.
Insof - har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak- atrofidagi kishlir oldida o’z hatti -harakati bilan ma’naviy ma’suliyatini his etishining ifodasidir. Adolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun o’rnini bosaoladi. Ulug’ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini a’lohida uqtirgan edi: Download 354.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling