Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi
Download 149.5 Kb.
|
Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish ta’limotidagi yo‘nalishlar
Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi Reja:
Boshqarish ta’limotidagi yo‘nalishlar ”Ilmiy menejment” maktabi F. Teylor ta’limotining mazmuni va mohiyati Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg‘a surgan tamoyillar Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va U nazariyasi “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari Boshqarish ta’limotidagi yo‘nalishlar Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O‘sha davr menejerlari harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni qo‘llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o‘z qo‘l ostidagilarni «qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash» bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan. Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilm, fan vujudga keldi. O‘sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish (maktab) evolyusion tarzda rivojlangan va o‘zining tegishli hissasini qo‘shgan (3-jadval). Download 149.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling