5-Jadval. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment
№
|
Boshqarishga yondoshuv turlari
|
Izoh
|
|
Tizimli yondoshuv
|
-Tizim-bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan qismlar majmuidir. Har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog‘liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-t yexnik, ijtimoiy -siyosiy), e’tibor beriladi.
|
|
Vaziyatli yondoshuv
|
-Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o‘rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko‘ndalang turmaydi.
-Yaxlitning qaysi bir qismi o‘ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.
|
|
Funksional yondoshuv
|
-Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-rejalashtirish;
-tashkillishtirish;
-rahbarlik qilish;
-muvofiqlashtirish;
-nazorat qilish va hk.
|
|
Miqdorli yondoshuv
|
-Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion prinsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi prinsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
|
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo‘llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta’minlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |