Menejment nazaryasi
Download 0.7 Mb.
|
16 Korporativ menejment tizimlari
Asosiy qisim
Korporativ boshqaruvning zamonaviy rivojlanish nazariyasi. Korporativ boshqaruv atamasining o‘zi tarixan 1970-yillarning o‘rtalarida AQSHda yuzaga kelgan. Keyinchalik, ushbu atama evropada keng tarqalib, unda korporativ menejment, korporativ huquq va korporativ strukturalar (tashkilotlar)ni yaratish sohalarida tadqiqotlar o‘tkazilishi davom ettirilgan. Tadqiqotlar natijasida shu aniq bo‘ldiki, ―korporativ boshqaruv‖ atamasi birinchi marta R. Ills tomonidan ―korporativ tuzumning strukturasi va faoliyati mohiyatini ochib berish uchun qo‘llanilgan. ― Korporativ boshqaruv konsepsiyasining o‘zi azaldan ma’lum bo‘lgan va bu konsepsiya XX-asr boshlarida chop etilgan adabiѐtlarda qo‘llanilgan. Xususan, korporativ munosabatlar tizimi korporativ va xususiy mulkni boshqarishni qo‘llash jaraѐni sifatida birinchi marta 1932- yilda amerikalik huquqshunos olim A. Berli va iqtisodchi G. Minzning klassik ishlarida o‘rganilgan. Ularning ishlarida ―korporativ boshqaruv atamasi tilga olinmagan bo‘lsa-da, ular korporativ boshqaruvni ishonib topshiruvchilar – principals (autsayderlar, investorlar) va vakillar – agents (insayderlar, boshqaruvchilar) o‘rtasidagi agentlik munosabatlarini o‘rganishgan. Korporativ boshqaruv alohida fan sifatida 1980-yillarda yuzaga kelgan. ―Korporativ boshqaruv nomli birinchi kitob 1984 yilda chop etilgan, 1993 yildan boshlab ―Corporate Governance: An International Review‖ deb nomlangan nazariy jurnal chiqa boshlagan. Unga muvofiq, kompaniyalarni tashkil etish, boshqarish va samarali o‘zaro faoliyat yuritish asosida ѐtgan huquqiy konsepsiyalar va tartibotlarning umumiy nomlanishi ―korporativ boshqaruv‖ nomini olgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda G‘arb olimlari tomonidan shakllantirilgan korporativ boshqaruvning juda ko‘p miqdordagi ta’riflari mavjud. Xorijiy mualliflardan birinchi bo‘lib Ser Adrian Kedberi 1992- yilda ―Korporativ boshqaruvning moliyaviy jihatlari bo‘yicha qo‘mitaning hisobotida korporativ boshqaruvga quyidagi ta’rifni bergan: ―Korporativ boshqaruv – shunday tizimki, uning yordamida biznes boshqariladi va nazorat qilinadi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv qoidalari mazkur boshqaruv tartibining eng muhim tomonlarini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Korporativ boshqaruvning asosiy qoidalarida qayd etilganidek, ushbu boshqaruv tuzilmasi aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. YA’ni, aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘z mablag‘ini qo‘shgan investorda muayyan darajadagi mulkiy huquq mavjud bo‘ladi. Masalan, u oddiy aksiyani sotishi, sotib olishi yoki biror shaxs nomiga o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, oddiy aksiya investorga korporatsiya foydasining bir qismiga egalik qilish imkoniyatini beradi va bu borada yuklatiladigan mas’uliyat uning investitsiyasi hajmidan kelib chiqadi. SHuningdek, oddiy aksiya investor uchun aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va unda ovoz berish yo‘li bilan korporatsiya haqida ma’lumot olish, korporatsiya faoliyatiga ta’sir o‘tkazish huquqini beradi. Aksiyadorlarning korporatsiya faoliyatiga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siriga oid huquqlari aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunda va kompaniyaning ichki hujjatlarida belgilangan boshqaruv a’zolarini saylash, kompaniya ustaviga o‘zgartishlarni kiritish, favqulodda xususiyatga ega bitimlarni ma’qullash kabi qator asosiy masalalarni o‘zida jamlaydi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv asosiy qoidalarida aks ettirilgan aksiyadorlarning huquqlari bilan bog‘liq jihatlar tashkilotga a’zo mamlakatlar qonunchiligida qayd ettirilgan bo‘lib, ba’zi hollarda auditorlarni saylash va tasdiqlash, boshqaruv a’zoligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomzod ko‘rsatish, aksiyani garovga qo‘yish, foydani taqsimlashni tasdiqlash kabi qo‘shimcha huquqlar ham uchraydi. Asosiy qoidalarga ko‘ra, aksiyadorlarning huquqlari va manfaatlari qatoriga Umumiy yig‘ilishlarning kuni, vaqti, kun tartibi, shuningdek, ko‘riladigan masalalar haqida etarlicha va o‘z vaqtida ma’lumot olish kabilar ham kiradi. SHu bilan birga aksiyadorlarga Umumiy yig‘ilish kun tartibiga masalani taklif etish, yig‘ilish chog‘ida savol bilan murojaat qilish uchun imkoniyat yaratib berish kerak hisoblanib, bu jarayon ularning huquqlari doirasida amalga oshiriladi. Ba’zi kompaniyalar tomonidan aksiyadorga Umumiy yig‘ilishda ishtirok etishda qulaylik yaratish maqsadida taklif va savollarni taqdim etish jarayoni soddalashtiriladi yoki savollarni oldindan berish va tegishli javoblarni olish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishga e’tibor qaratiladi. Aksiyadorlar ishtirokining samaradorligini oshirishda elektron kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ham muhim vosita sifatida ayrim tajribalarda kuzatilmoqda. Xulosa Mamlakat qonunchiligida “korporatsiya” tushunchasi yuridik jihatdan mustahkamlab qo‘yilmaganligi sababli bu tushunchani talqin qilishda ikki xil ma’no kuzatiladi. Ayrim belgilar bo‘yicha Korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari hisoblangan va a’zolikka asoslangan barcha xo‘jalik subyektlari, boshqa belgilar bo‘yicha esa – faqat Aksiyadorlik jamiyatlari kiritiladi. Biroq mamlakat iqtisodiy - huquqiy tizimida mohiyatiga ko‘ra kichikroq shartliliklar bilan, aynan Aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo‘jalik va huquqiy amaliyotida umum qabul qilingan Korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Aytib o‘tish kerakki, Korporatsiya tushunchasii hozirgi sharoitlarda yana bir o‘ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo‘jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog‘liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling