Menejment nazaryasi
Korporativ boshqaruvni menejmentdan farqi
Download 0.7 Mb.
|
16 Korporativ menejment tizimlari
Korporativ boshqaruvni menejmentdan farqi
Korporatsiya (lotincha corporatio – birlashish) – bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil subyektini – huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir. Korporatsiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi. Korporativ boshqaruv tushnchasi (corporate governance) menejment (management) tushunchasi bilan bir-biridan farqli jihatlari mavjud. Korporativ boshqaruv uchun muhim narsa – halol, mas’uliyatli, ravshan korporativ hulq va hisobotni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlardir. Menejment esa korxona biznesining professional mutaxassislar tomonidan yuritilishiga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutadi. Korporativ boshqaruv menejmentga nisbatan rahbarlik qilishning yuqoriroq pog‘onasida joylashgan bo‘lib, kompaniya faoliyatini uning aksiyadorlari manfaatlari yo‘lida boshqarilishini ta’minlaydi. Korporativ boshqaruv va menejment vazifalarining o‘zaro kesishuvi faqat kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Mamlakat qonunchiligida “korporatsiya” tushunchasi yuridik jihatdan mustahkamlab qo‘yilmaganligi sababli bu tushunchani talqin qilishda ikki xil ma’no kuzatiladi. Ayrim belgilar bo‘yicha Korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari hisoblangan va a’zolikka asoslangan barcha xo‘jalik subyektlari, boshqa belgilar bo‘yicha esa – faqat Aksiyadorlik jamiyatlari kiritiladi. Biroq mamlakat iqtisodiy - huquqiy tizimida mohiyatiga ko‘ra kichikroq shartliliklar bilan, aynan Aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo‘jalik va huquqiy amaliyotida umum qabul qilingan Korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Aytib o‘tish kerakki, Korporatsiya tushunchasii hozirgi sharoitlarda yana bir o‘ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo‘jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog‘liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko‘rib chiqish mumkin. SHunday qilib, O‘zbekistonda Korporatsiya mustaqil Aksiyadorlik jamiyati bo‘lishi mumkin. Korporatsiyalar 3 asosiy farqli jihatlarga ega bo‘ladi:
Korporativ boshqaruv asosiy tip bo‘lib ajralib turadi, boshqarish obyekti sifatida u o‘z hususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv Aksiyadorlarning foydasini ko‘zlagan holda amalga oshiriladi va Korporatsiyalarning rivojlanishini ta’minlash, Aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, Korporatsiya strategiyasiga asoslangan holda Aksiyadorlarning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi shakllanadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling