Menejment prinsiplari va shaxsni shakllantirishda ularning ahamiyati
Menejment boshqarishning qonun va qonuniyatlari, tamoyillari va munosabatlari
Download 124 Kb.
|
MENEJMENT PRINSIPLARI VA SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA ULARNING AHAMIYATI
2.3.Menejment boshqarishning qonun va qonuniyatlari, tamoyillari va munosabatlari
Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Menejment mohiyati xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi boshqarishning qonun va qonuniyatlari, tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iborat. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, ruhiy va boshqa ko‘rinishlarda boMadi. Maqsadlar joriy, istiqbol, uzluksiz, fursatli boMishi mumkin. Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tugMlishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni yechish uchun o ‘rtaga qo‘yiladi. Boshqarishga maqsadli yondashuv namoyandalari barcha maqsadlami quyidagi to‘rtta guruhga boMishadi: • oddiy, an’anaviy maqsadlar; • muammoli maqsadlar; • innovatsion maqsadlar; • xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar. Menejmentning asosiy maqsadlari: bashoratlash, rejalashtirish va biznesning ko‘zlangan natijalariga erishish. Menejerlarning vazifasi mavjud bo'Lgan moddiy resurslar asosida iste’molchilar ehtiyojini hisobga olib tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish, firmaning foydaliligini, ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish orqali bozorda uning barqaror mavqeini ta’minlash, ilmiy-texnika bazasini rivojlantirish, kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish hisoblanadi. Buning uchun quyidagilar zarur: • Texnologik qayta qurishva ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni amalga oshirish, yuqori malakali ishlovchilardan foydalanishga o‘tish; • Xodimlar ishini rag‘batlantirish; • Firmaning samarali faoliyati ustidan doimiy nazorat qilish, barcha boMinmalar ishini muvofiqlashtirish; • Yangi bozorlami doimiy izlash va o‘zlashtirish. Menejerlarga firmaning rivojlanish maqsadlarini aniqlash, ustuvor vazifalarni, ulami amalga oshirish tartibini belgilash, firmani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, qo‘yilgan vazifalarni muddatida bajarish tadbirlari tizimini tayyorlash, zarur boMgan resurslami va bo‘shliqni toMdirish manbalarini baholash, belgilangan topshiriqlarni bajarish ustidan nazoratni kuchaytirish va odamlarni samarali boshqarish kabi masalalami yechishga to ‘g ‘ri keladi. Bozorda samarali harakat qiladigan menejer jarayonining hamma shakllari va bosqichlari birligini ta’minlaydi. Menejment uchun umum iy va maxsus m aqsadlar xarakterlidir. Umumiy (strategik) m aqsadlar butun firmaning rivojlanish konsepsiyasini aks ettiradi. Maxsus m aqsadlar esa, umumiy maqsadlar chegarasida firmaning asosiy faoliyat turlari bo‘yicha tuziladi. Tashkilotlar muvaffaqiyati avvaliga osonlikcha talqin etilishi mumkin, lekin keyinchalik isbotsiz yoki xato boMib qolishi ham mumkin. Boshqaruv — bu tartibsiz ommani (olomonni) samarali maqsadga yo‘naltiri!gan va unumdor guruhga aylantiruvchi maxsus faoliyat ko‘rinishi. Ijtimoiy hodisalaming mohiyatini toMiq tushunib etish, dialektik uslubga asoslangan bilish uslublari menejmentni o‘rganish uslubidir. Menejmentga xos boshqa uslublar ham mavjud: hodisalarni bilishga konkret tarixiy yondashish, aniq holatni ko‘zda tutuvchi tizimli yondashuv, maqsadli yondashuv, tizimlar tahlili. Menejment tadqiqotini eng samarali usuli sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishdir. Bundan tashqari, ekspertlar uslubi, me’yoriy uslub va shunga o ‘xshash uslublar ham amalda qoMlaniladi. Boshqarish jarayonlari, funksiyalari, boshqaruv tarkibiy tizimlarini tashkil etish, axborot va kommunikatsiya, ish yuritish va hujjatlashtirish, boshqaruvning texnik vositalari ham menejment tarkibiga kiradi. Menejment tarkibining muhim boMimlaridan biri asoslangan boshqaruv qarorlarini bajarishni tashkil etish, boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari, binobarin, EHMlarni joriy etishdir. Menejment boshqaruv apparati xodimlari, ularning ishini tashkil etish, rahbar va mutaxassis faoliyatini baholaydi, kerakli holatlarda boshqaruvga o‘zgartirish kiritadi. Inson o‘z faoliyatida turli vazifalarni boshqaruvchi, o‘ziga xos predmet va mohiyatiga ega ko‘plab fanlar bilan ish ko‘radi. Masalan, ishlab chiqarishni ijtimoiy fanlardan tashqari tabiiy va texnik fanlar ham o‘rganadi. Menejment boshqa fanlardan farqli ravishda ishlab chiqarishni bir butun yaxlit holda ijtimoiy va aniq fanlar oraiigMda tekshiradi va ishlab chiqarishga har tomonlama ta’sir etish yoMlarini izlaydi. Menejmentning nazariy asoslari falsafa va bozor iqtisodi qonunlaridir. Menejment iqtisodiy nazariya bi lan uzviy bog‘ langan. Ma’ lumki, iqtisodiy nazariyaning predmeti sotsial-iqtisodiy munosabatlardir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlangan sari inson faolligi ortaveradi. Shuning uchun boMsa kerak, menejment sotsiologiya va ruhshunoslik (psixologiya) fanlari bilan ham bogMangan. Menejment rejalashtirish, statistika, buxgalteriya hisobi, moliya va kredit, mehnat iqtisodi, makro va mikro iqtisodiyot hamda boshqa fanlar bilan ham uzviy bogMangan. Barcha iqtisodiy 16 fanlar erishgan yutuqlami bozor iqtisodiyotini boshqarishga joriy etish menejmentning eng asosiy vazifalaridan biridir. Menejment ma’muriy, fuqarolik va mehnat huquqlari bilan ham o‘zaro aloqada. Huquqiy fanlar menejmentning huquqiy asoslarini aniqlab, mansabdor shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro huquq va tartibotni belgilaydi. Shunday qilib, menejment fan sifatida tarmoqlararo fan boMib, u ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan chambarchas bogMiq. XULOSA Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. - Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish; - ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo‘linma, sex, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish; - iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish; - ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir. SHunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maqsadli harakat qilishidir. Boshqaruv jarayoni bosqich va davrlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi sxemada aks ettirish mumkin: U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo‘llarini izlash yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatining uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan mavjud qarama-qarshiliklarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o‘tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o‘tkazila boshlanadi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy orgtexnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig‘ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash; tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag‘batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.zo.lar kiradi. Boshqarish uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig‘indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi. Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog‘lashni ta’minlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur. Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv tashkilotlari o‘rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo‘lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o‘rtasida va h.zo.). Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling