Менежмент психологаяси
Boshkaruvchilik faoliyatining diagnostik
Download 39.02 Kb.
|
Boshkaruvchilik faoliyatining diagnostik
xususiyatlari Zamonaviy rahbarga qo‘yiladigan talablardan biri shuki, u hozirgi zamon psixologiyasining o‘zi uchun ma’kul barcha uslublaridan foydalangan xolda eng avvalo o‘zi to‘g‘risida, qolaversa, qo‘l ostidagilarning shaxsi to‘g‘risida bilimlar va ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Ya’ni, ma’lum ma’noda rahbar psixodiagnosg bo‘lishi, o‘e faolyyatida psixodiagnostik metomarni qo‘llay olishi kerak. Chunki, o‘zgalar psixologiyasini yaxshi bilish - ular ustidan xokimlikning usuli bo‘lgani kabi, o‘z shaxsiy fazilatlari va kamchiliklarini bilish ham turli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishning yo‘llaridandir. Eng avvalo boshliq o‘zining boshqaruvchilik faoliyatiga qanchalik loyiq ekanliginginzni aniqlab olishi kerak. Lavozimni egallashdan avval u quyidagi sifatlarga ma’lum darajada ega bo‘lishi kerak, chunki keyinchalik ular o‘zgarib, boshqalari paydo bo‘ladi; — avvalo rahbar tub ma’noda realist bo‘lish kerak, ya’ni uning barcha harakatlari o‘zi boshqarayotgan korxona yoki tanjilot manfaatlariga mos kelib unga foyda keltirishni tasavvur kilishi lozim; — rahbarning umuman odamlar xaqida qanday tasavvurda :ekanligi, ular to‘trisida nima deb o‘ylashi, bu boradagi bilimlari juda muhim. Bu savolga agar u ob’yektv, to‘g‘ri javob topolgandagina, uning o‘zi xaqidagi fikrlarini taxminan bilish mumkin bo‘ladi;. Shu kabi savollarga aniq javoblarning bo‘lishi dastlabki paytda uning muvaffaqiyati va odamlar bilan ishlab ketishining real asosidir; xar qanday narsani yo‘l — yo‘lakay, kiyinchiliksiz idrok qila olishi ham muhim qobiliyat bo‘lib, rahbarning yangi shart - sharoitlardagi talablari shaxsiy tajriba bilan oqlaydigan gurux omil hisoblanadi. Demak, raxbar odam ishga kirishgan zaxotiyoq shu soxada bilimdon bo‘lib olishga intilishi, sirday tuyulgan masalalarga ozroq kirishib, aynan o‘z aqlining kuchi bilan ularning moxiyatiga yetishga tirishishi, yangicha ish uslubini yaratib, yangi vaziyatga moslashishga yordam beradi; o‘egalar -faoliyati va jamoa ishi yaxlit tarzda boshqara olipsh, kerak bo‘lsa hamma bajarayotgan ishni birgalikda hamma qatori bajara olishga tayyor bo‘lishi lozim. Buning uchun u qatiy harakatlarga tayyor bo‘lishi, mabodo biror xodim bo‘lmay qolsa, namoyishkorona ishning o‘rniga o‘sha ish o‘zi bajara olishini ko‘rsatishi zarur. Uni tashvishlantiradigan savollardan biri - «nima qilsam odamlar toshiiriqni operativ bajaradilar», degan savolga javob qidirish va ular o‘rtasida obro‘ — avtorite-tga ega bo‘lshiga harakat qilishi kerak, Shu orqali u o‘z mavqeini mustaxkamlaydi, o‘z xizmat burchi doirasida ish hajmini aniq belgilab oladi. Bu esa navbatida uning o‘z burchlari hajmini bilishiga olib keladi; jamoadagi va uning tashqarisidagi raqobatchilar xamda xamkasblarning mavqei va ishlab chiqarish saloxiyatini aniqlab, o‘zi uchun zarur xulosalarni chiqara olish. Buning uchun o‘z oigli taraqqiyoti va faoliyatini jamoa manfaatlari va faoliyat maqsadlariga bo‘ysundira olishi, xar qanday sharoitda ham o‘z — o‘zini nazorat kila olishi, murakkab, og‘ir ishlarga xam urinnb, shu orqali qobiliyatini o‘stira olishi mumkin bo‘ladi- Ya’ni, bu — og‘ir topshiriqni yeigilga aylantira olishi ham muxim faoliyat xisoblanadi va favkulotda yuqori tashkilotlardan beriladigan xar qanday topshirikni xam bajarishga tayyor bo‘lishni ta’minlaydi. Har qanday toshpirilgan vazifani oxiriga yetkazish va bundan maьlum bir qoniqish hissi hosil qilish uchun rahbar o‘zidagi Qobiliyat va kuch —quvvat eaxirasiga ega bo‘lishi shart. Buning uchun a} o‘z kuchi, saloxiyati va qobiliyatlarini eng asosiy maksadga qaratish va irodani aynan shunga sarf qilish; b)doimo tetik va soglom bo‘lib, har doim xam ishga yaroqli ekanligini ko‘rsata olish; v) boshqa xodimlar xam bajara olishi mumkin bo‘lgan mayda- chuyda ishlarga qo‘l urmay, ularning nazoratigagina e’tiborni qarata olish (delegirovaniye); g) yon — atrofdagi boshqa tashkilot va korxonalardagi boshqaruv uslublari xaqida xam maьlumotga ega bo‘lib, boshqaruvda ulardan ortda qolib ketmaslikka xarakat qilish, korporasiya usulidan unumli foydalanish. Yuqorida sanab o‘tilgan xolatlar, albatta, rahbarning o‘z ish faoliyatnni omilkorona tashkil etish va dastlabki onlardanoq muvofiklarga erishishga yordam beradi. Bundan tashqari, psixologiyadagi qator psixodiagnostik uslublar, konkret metodikalar ham borki, raxbarning ish stolida ulardan eng qulay va ishonchlilari turishi, inson faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga bevosita aloqador bo‘lgan allomalar va taniqli arboblarining asarlaridan ham bo‘lishi uning ishiga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, V. Sheynov, M, Pankratov, amerikalik psixolog va notiq Deyl Karnegi, doktor Dobson kabilarning mashxur asarlari va ularning insonlar bilan muloqotda bo‘lish san’ati har bir mutaxassisning o‘z ishini tashkil etishida ko‘makchi bo‘lishga muqarrardir. Download 39.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling