Menejment tushunchasi


Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari


Download 21.78 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi21.78 Kb.
#1010580
1   2   3
Bog'liq
Menejment tushunchasi

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari
Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o’z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini boshqarishda asos bo’lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg’u berilgan. Mazkur o’rinda ta’lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz. Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o’qituvchi va o’quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o’z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g’oyalarning ustuvor o’rin tutishini anglatadi.
Maktabning ichki boshqaruvining o'ziga xosligi
Maktab ichki boshqaruvining o’ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko’rinadi:
1. Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
2. Maqsad qo’yish va rejalashtirish.
3. Tashkil qilish.
4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
5. Tartibga solish.
Pedagogik boshqaruv
Pedagogik boshqaruvga doir adabiyotlarda ta’lim muassasasi ichki nazoratining quyidagi yo’nalishlarda tashkil etilishi bayon etilgan:
1. Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qo’yilishi.
2. Ta’lim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.
3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarining sifati.
4. O’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.
5. O’qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarining bajarilish holati.
6. Darsdan tashqari tarbiya ishlarning tashkil etilish holati va sifati.
7. Pedagogik kadrlar bilan ishlash.
8. Ta’lim muassasasi faoliyatining o’ziga xos samaradorligi.
9. Qabul qilingan qarorlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning bajarilishi.

Download 21.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling