Menejment tushunchasi
Download 52.72 Kb.
|
menejment 1-10 2023Y
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment keng ma’noli tushuncha
- Menejmentning paydo bo‘lishi Menejmentning paydo bo‘lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‘liq
- Menejment tushunchasi
1-savol Menejment tushunchasi Menejment tushunchasi tor m a’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yo'nalishini qanchalik to‘g ‘ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog'liq bo‘ladi. Menejment keng ma’noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilm agan b etartib om m ani bir m aqsadga yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o'zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi». Menejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo'li, maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta ’sir etuvchi kuch hisoblanadi. 2- savol Menejmentning paydo bo‘lishi Menejmentning paydo bo‘lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‘liq: mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga ta- lablarning o‘sishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning o‘sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi; 1)bozor sub’ektlarining katta miqdori vujudga kelishi, hajmi o‘sishi va bozor aloqalari kuchayishi; 2) boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o‘sishi va bozor iqtisodiyoti barqarorligi; 3) yirik korporatsiyalarning paydo bo‘lishi va shunga ko‘ra faqat xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligi ko‘payishi. Xuddi korporatsiyada menej- ment mulk egasi-tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishidan butunlay ajraladi;4) Mulkning aksiyadorlar o‘rtasida jamlanishi natijasida aksi- yadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo‘la- di; 5) tadbirkorlarning sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikan- ing afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari; 3- savol Menejment tushunchasi Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo’nalishi «klassik» (an’anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini - AQShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo’lgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni qo’lladi. Uning «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. U tomonidan ishlangan sxemada o’lda-jo’lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir narsa oldindan o’ylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldindan aniq belgilangan bo’lishi aks ettirilgan. 4- savol . Menejmentning tarixiy rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi? Boshqaruv nazariyasini va amaliyotining rivojini ko‘rib chiqqanimizda, bir necha taraqqiy davrlarni ajratishimiz mumkin. I davr Qadimgi davr Boshqaruvning uzun rivojlanish davri 9—7 ming avval eramizdan taxminan XVII asrgacha bo‘lgan davr menejmentni mustaqil ilm sohasiga ajralishidan oldin, odamzod mingyillar davomida boshqarish tajribasini orttirib kelgan. Ilk tartib va boshqaruvning eng oddiy shakllari ibtidoiy jamoa bosqichida paydo bo‘lgan. O‘sha davrda boshqaruv birgalikda, qabilaning hamma a’zolari boshqarishda ishtirok etardi. Qabilaning qariyalarini boshqaruvning dastlabki ko‘rinishlari deb hisoblasak ham bo‘ladi. Taxminan eramizdan 9—7 ming yillar oldin yaqin Sharqdagi joylarda ekish xo‘jaligidan (ov, hosil yig‘ish va boshqalar) yangi hosil olish shakliga o‘tdi (ya’ni ishlab chiqarishga). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish menejmentni vujudga kelganidan dalolat bergan edi. Qadimgi Misrda davlat xo‘jaligini boshqarish tajribasi orttirildi. O‘sha davrda yetarli darajada davlat boshqaruv apparati va xizmatkorlar safi shakllandi. Boshqaruvga ilk faoliyat turi deb ta’rif bergan Sokratdir. (470—399-yy. eramizdan avval). U boshqaruvning turli shakllarini tahlil qildi. Ular asosida boshqaruvning universal tamoyilini e’lon qildi. Platon (428—348 eramizdan avvalgi yil) davlat boshqaruvining tasniflanishini aniqlab, boshqaruv organlarining funksiyalarini aniq belgilab berdi. Iskandar Zulqarnayn (356—323 eramizdan avvalgi yy.) qo‘shinlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi. Download 52.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling