Menejment


Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari


Download 34.94 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi34.94 Kb.
#1780901
1   2   3   4
Bog'liq
MENEJMENT 11-VARIANT

Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari.

Ijtimoiy-ruxiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan kishilarning fel-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoatlarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rnatishga asoslangan usullardir.
Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan:
1.Kishilarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari, qobilyatlari, mijozlari, harakatlari va hakozolarni hisobga olgan holda mehnat jamoatlarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
2. Ijtimoiy yurish-turish me’yorlarini o‘rnatish va rivojlantirishga yaxshi va namunali an’analarni qo‘llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o‘stirishga yordam beradi.
3.Ijtimoiy rivojlanishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag‘batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy o‘sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijobiy munosabatni ta’minlaydi.
4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondirish, uy-joylar, bolalar bog‘chalari, klublar, profilaktoriyalar, sport inshootlari va hakozolarni ko‘rishga sharoit to‘g‘diradi.
5.Mehnat jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo‘llab-quvvatlashga sharoit tug‘diradi.
6. Odamlarning o‘z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi.
Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali bo‘lishini talab qiladi.
Amaliy boshqarishda sotsial-ruhiy usullardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektining holati to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish lozim.
Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi:

• jamoa a’zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;


• boshqarish usullarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati;
• jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari;
xodimlar shaxsiyati;
• xodimlar qo‘nimsizligi sabablari;
• xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;

Qayd qilingan ijtimoiy tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari bor. Shuni hisobga olgan holda u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va ko‘proq samara berishiga qarab tanlash lozim.


Ijtimoiy-psixologiya – bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining sohasidir.
Mehnat jamoalaridagi sotsial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi.
Nizo – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi.
Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.

Download 34.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling