Menejment va marketing” fanidan 2-Joriy nazorat ishi


Makromarketing va mikromarketing


Download 118.53 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi118.53 Kb.
#1466050
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 topshiriq mar (1)

3. Makromarketing va mikromarketing
Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning tarkibida mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur.
Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o’xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo’lladi.
Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo’ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo’lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo’lajak talab tarkibini o’rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga axborot berish yo’llari bilan qondirish maqsadini ko’zlaydi.
SHunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir.
Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli birlashmalar, kontseptsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi.
Yanada kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi mamlakatning jami xo’jaligi mikesida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste’molchisi tomon ko’chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi.
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo’yicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
4. Marketing dasturi tushunchasi.
Marketing nazariyasi iqtisodiy asoslarining shakllanish jarayonini XIX asrning 40-yillarida boshlangan, deb hisoblansada, u hozirgi paytgacha ham kam o‘rganilgan va munozarali bo‘lib qolmoqda. Marketing jarayonlarini yaxshi tariflovchi izchil nazariyalar umumiy metodologiya tamoyillari va qoidalarni yaratishga urinishlar marketing faoliyatini ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimda mavjud bo‘lgan fan asoslari bilan bog‘lashga yordam bergan bo‘lsada, biroq bozor sharoitida biznes-hamkorlarning samarali o‘zaro harakatlarini tahlil qilish va bashoratlash uchun nazariy asos yarata olmadi. Bunga marketing qarorlarining iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari va metodologiyasini iqtisodiy talqin qilish (sharhlash)ning murakkabligi ham sabab bo‘ladi.
Bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi marketing texnologiyalarini faol ravishda firmalar va bozor faoliyatiga tatbiq etishni taqozo qiladi. Tadbirkolik faoliyatini samarali olib borish, raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi siyosatnig kuchayishi sof raqobatni vujudga keltirib, firmalarni o‘z faoliyatiga jiddiyroq e’tibor berishga undaydi. Tadbirkor, biznesmen va ishlab chiqaruvchilarning marketing kompleksi va metodologiyasiga murojaat etishi quyidagilar bilan asoslanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishga demokratik yondashuv xo‘jalik yurituvchi subyektlarga erkinlik beradi, ularning faoliyatini qattiq nazorat qilish, faoliyatni cheklash kabilarga esa qonuniy tomondan barham beriladi.

Raqobat sharoitida ilgarigi boshqaruv tizimi asosida faoliyat yuritishning samarasiz ekanligi.

Bozor konyunkturasining keskin o‘zgarib turishi sharoitida tadbirkorlik korxonalarining marketingga murojaati boshqarishga boshqacha yondashuv zarurligini taqozo qiladi.

Iqtisodiyotdagi jiddiy islohotlar, barcha soha rivojiga innovatsion yondashuv, axborot texnologiyalarining, xizmat sohalarining tez rivoji, tadbirkorlik ko‘lamining kengayib borishini marketingsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing bevosita ta’sir etadi.




Download 118.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling