Menejment va marketing


“foydada ishtirok etish rejasi”


Download 181.95 Kb.
bet19/20
Sana13.09.2023
Hajmi181.95 Kb.
#1677096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

foydada ishtirok etish rejasi deb nomlanadi. Uchinchi turini esa Bilim uchun ustamadeyishadi. Ana shu tizimlarning tub maqsadi xodimlar kasbiy malakasini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan. Mazkur tizimlarga ko’ra ish haqiga qo’shimcha to’lovlar amalda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga emas, balki xodim o’z tashabbusi bilan so’nggi vaqtda qanday yangi bilimlar va yangi ko’nikmalarni qo’llallaganiga (malaka
oshirish kurslarida yoki mustaqil ravishda) bog’liq bo’ladi.
Korxonada xodimlarni motivatsiyalashtirish tizimini takomilashtirish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi kerak:

  1. Moddiy rag’batlantirish.

  2. Xodimlarni ma’naviy rag’batlantirish va ijtimoiy himoyalash.

  3. Mehnat jarayonining mavsumiyligidan kelib chikib, mehnatni samarali tashkil qilish va xodimlarning malakasini doimo oshirib borishga imkoniyatlar yaratish.

  4. Korxonalarda boshqaruv karorlarini kabo’l qilishda xodimlarning jalb qilish.

Yuqoridagilardan xulosa shuki, xodimlar mehnatini motivatsiyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish uchun korxonadagi xodimlar mehnatini rag’batlantirishda motivatsiyaning quyidagi iqtisodiy va noiqtisodiy omillarini takomillashtirish zarur deb o’ylaymiz.
Iqtisodiy omillar:
Ish haqi xodimlar mehnati natijalarini rag’batlantirishda asosiy iqtisodiy omil bo’lib hisoblanadi. Ish haqi tarkibiga uning quyidagi elementlari kiradi:

  1. Normal ish vaqti uchun to’langan haq.

  2. Ishdan tashqari vaqti va bayram kunlari ishlaganligi uchun qo’shimcha

haq.

  1. Smenali, tungi ish va shu kabilar (ularni ishdan tashqari ish deb

hisoblashmaydi) uchun to’langan qo’shimcha haq.

  1. Ishlab chiqarish mukofotlari va shu kabilar.

  2. Boshqa muntazam to’lab boriladigan mukofotlar.

  3. Ish beruvchi tomonidan bevosita to’lab boriladigan mukofatlar.

  4. Turmush kiymati yoki kimmatlashishi bilan bog’liq ustamalar.

  5. Bevosita ish beruvchi tomonidan to’lanadigan uy joy ijarasi uchun qo’shimcha haq.

Jarima yoki mukofotdan to’liq va qisman mahrum qilish. Xodimlarni motivatsiyalash bu faqat mukofotlar berish emas, balki o’z xizmat vazifalarini
bajara olmagan yoki mehnat intizomini buzgan xodimlarni adolatli ravishda jazolash ham ularni o’z faoliyatlarini yaxshilashga undaydi.
Noiqtisodiy omillar:

  1. xodimlar oldiga ular faoliyatining yuksaltiruvchi va anik, ravshan maqsadlar kuyish.

  2. munosib mehnat shart-sharoitlarini yaratib berish.

  3. xodimlarning ish faoliyati doirasini kengaytirish.

  4. xodimlarga mehnatga ijodiy yondashish uchun imkon berish.

  5. xodimlar mehnatini boyitish.

  6. ijtimoiy masalalarni yechishda xodimlarga xal kiluvchi ovozni berish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda xodimlarni jalb qilish kabi motivatsiyalashning maqsadli, mehnatni boyitishga, xodimlarni daxldorligini oshirishga yunaltirilgan omillarni takomillashtirish orqali xodimlarni motivatsiyalashtirishning samaradorligini oshirish mumkin.

Motivatsiyalashda har bir xodimga induvidal yondashishi lozim, chunki u alohida shaxs bo’lib, o’zining dunyo qarashi, fikrlari, imkoniyatlari, ehtiyojlari va bu ehtiyojlarining darajasi bor. Korxonada xodimlarning rag’batlantirish tizimida ijodiy faollik mezoni asosiy mezon bo’lmogi kerak. Qozonilgan muvaffaqiyatlari uchun xodimlar doimo moddiy va ma’naviy rag’batlantirib borishlari lozim. Bu xodimlardan samarali foydalanish uchun, ishni shunday tashkil etish kerakki, ijodiy faollik ko’rsatgan kishilar tez-tez yangi vazifa olib turmaydigan va shu bilan birga bitta muammo ustida ko’p vaqt sarflashga yo’l qo’ymaslik lozim.



Download 181.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling