Menejment va marketing


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.04.2020
Hajmi0.85 Mb.
#99094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklari likvidligini boshqarishda innovatsion strategiya


1-

jadval 

Bank likvid mablag’lariga bo’lgan talab va taklifining vujudga kelish 

manbasi

.

7

  

Likvid mablag’lar taklifining manbalari  

Likvid mablag’larga talabning manbalari 

- Mijozlar tomonidan depozit 

hisobraqamlariga kirim;  

- Nodepozit bank xizmatlarini sotishdan 

daromad;  

- Ilgari berilgan ssudalarning qaytarilishi;  

- Bank aktivlarining sotilishi; 

- Pul bozorida mablag’larni jalb qilish.  

- Mijozlar tomonidan depozit 

hisobraqamlaridan pul echilishi;  

- To’lovga qobiliyatli mijozlar tomonidan 

kredit olish bo’yicha arizalar kelib 

tushganda; 

-  Nodepozit mablag’larni jalb etishda 

to’lanadigan harajatlar

- Bank xizmatlarini sotilishi jarayonida 

operatsion harajatlar va soliqlar to’lovi;  

- Aktsionerlarga dividend to’lovlari.  

 

Tijorat bankining likvidliligini boshqarish nazariyalari. 



    Bank likvidligini boshqarishning hozirda to’rt xil nazariyasi mavjud: 

                                                 

7

 Piter S.Rouz Bankovskiy menejment.Moskva 1997 yil, 324-bet. 



 

 

24 



    1.Tijorat ssudalari nazariyasi. Bu nazariya 18-asrda Angliyada paydo bo’lgan. 

Unga  ko’ra,  bankning  aktivlari  qisqa  muddatli  ssudalarga  joylashgan  taqdirda, 

bank  o’z  likvidligini  saqlab  qoladi.  Kreditlar  faqatgina  oborot  mablag’larini 

shakllantirish va “pul - moddiy tovar zaxiralari – realizatsiya - debitorlik qarzlari 

- pul” qonunining bajarilishiga, ya’ni ishlab chiqarish jarayonidan iste’molgacha 

bo’lgan  jarayonning  bajarilishiga  qaratilgan.    Ammo,  bu  nazariyada 

rivojlanayotgan  iqtisodiyotning  kreditlarga  ehtiyoji  hisobga  olinmaydi,  chunki 

iqtisodiy  tanazzul  sharoitida  qisqa  muddatli  ssudalar  ham  so’ndirilmay  qolishi 

mumkin. Bundan tashqari faoliyatini kengaytirmoqchi bo’lgan korxonalar yangi 

er,  bino,  inshoot  va  vositalarni  sotib  olishga  va  uzoq  muddatli  kreditga  ehtiyoj 

sezadi,  bu  ehtiyojning  bajarilishini  banklar  yoqlamaganligi  uchun  tijorat 

maydoniga  kredit  uyushmalari,  jamg’arma  kassalari  va  boshqa  moliya 

muassasalari kabi raqobatchilar chiqa boshladilar va ular korxonalar uchun uzoq 

muddatli kreditlar ajrata boshladilar.     

    2.  Joydan  joyga  ko’chirish  nazariyasi.  Bu  nazariyaga  ko’ra,  banklarning 

aktivlari  osonlikcha  boshqa  kreditorlar  va  investorlarga  realizatsiya  qilinadigan 

bo’lishi kerak. Bunda kredit ta’minoti uchun olingan likvidli aktivlar, masalan, 

qimmatli qog’ozlar istalgan paytda sotilishi yoki shu qimmatli qog’ozlar evaziga 

Markaziy Bankdan resurs jalb qilish mumkin. Bu qimmatli qog’ozlar ikkilamchi 

rezerv vazifasini bajaradi va uch talabga javob berishi: yuqori sifat, tez sotilishi 

va qisqa muddatga mo’ljallanishi kerak. Inqiroz sharoitida likvidli aktivlar fond 

bozoridagi  kotirovkalar  keskin  tushib  ketishi  oqibatida  qadrini  yo’qotishi 

mumkin. Ammo, yuqori likvidli aktivlarning daromadliligi past bo’ladi.  

    3.Kutiladigan daromad nazariyasi. Bank kredit uchun olingan ta’minot ob’ekti 

yordamida  emas,  qarz  oluvchining  bo’lg’usi  daromadlari  asosidagi  pul 

oqimlarini tahlili orqaligina rejalar tuzishi lozim. Sanoat uchun berilgan kreditlar 

iste’mol  uchun  berilgan  kreditlardan  likvidliroq,  o’z  navbatida,  iste’mol 

kreditlari  ipoteka  kreditlaridan  likvid,  ya’ni  ularning  riski  kamroq  va  muddati 

qisqa.  Ammo,  har  doim  ham  qarz  oluvchining  barcha  pul  oqimlarini  hamisha 

ham  nazorat  qilish  imkoni  bo’lavermaydi,  kutilmagan  vaziyatlar  qarz 



 

 

25 



oluvchining  pul  oqimlarini  to’xtatib  qo’yishi  mumkin.  Bankning  investitsion 

portfeli  shunday  tashkil  topishi  kerakki,  bunda  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha 

to’lanadigan  mablag’larning  so’ndirilish  muddati  kredit  portfeli  bo’yicha 

to’lovlarga yaqin bo’lishi kerak.  

    4.Passivlarni  boshqarish  nazariyasi.  Bu  nazariyaning  asosi  likvidlikni 

ta’minlash uchun bozordan aktivlarni sotib olishga qaratilgan.  

    Birinchidan,  banklar  likvidlik  muammosini  hal  qilishda  valyuta  bozorlari 

orqali  qo’shimcha  mablag’lar  jalb  etadilar,  bu  usul  g’arb  mamlakatlarida  keng 

tarqalgan.  

    Ikkinchidan, likvidni saqlash uchun  resurslar Markaziy  bank,  tijorat banklari 

va  evrovalyutalar  bozoridan  jalb  etiladi.  Ammo,  ba’zi  paytlarda  mablag’larni 

jalb  eta  olish  imkoniyati  bankning  talabiga  emas,  balki  obro’  va  mavqeiga 

bog’liq bo’lishi mumkin. 

    Inflyatsiya  sharoitida  foiz  stavkalarining  o’zgarishi  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlarga  bevosita  ta’sir  ko’rsatadi  va  ular  faoliyatining  uzluksiz  bo’lishi 

uchun  kreditga  ehtiyoj  sezadilar  va  ushbu  davrda  korxonalarning  banklardagi 

muddatsiz  depozitlari  hajmi  oshmaydi.  Bunda  resursga  talabi  bo’lgan  banklar 

nodepozit mablag’larni jalb etishga harakat qiladilar. 

    Likvidlik holatini boshqarishda 2 ta yo’nalishni ajratishimiz mumkin: 

    Birinchisi,  rezervlarni  doimiy  nazorat  qilish  siyosati.  Bu  shuni  anglatadiki, 

bankda daromad keltirmaydigan aktivlarni oshishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 

    Ikkinchisi, rezervlarni bir darajada saqlab turishni qo’llab-quvvatlash siyosati, 

ya’ni majburiy rezerv normalari, jalb qilingan depozitlarga rezervlar va h.z. 

    Likvid mablag’larga bo’lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni boshqarish, 

ya’ni  mijozlarning  talabini  qondirish  maqsadida  majburiy  rezervlarni  bir 

maromda  saqlash  lozimdir.  Shularni  inobatga  olgan  holda  bank  kassasidagi 

pullar  kun  davomida,  ya’ni  pul  tushum  va  chiqim  bitimlarini  amalga  oshirish 

natijasida o’zgarib boradi.  

    Bank  amaliyoti  shuni  ko’rsatadiki,  likvidlilikning  etarli  darajasini 

ta’minlanmasligi  bank  faoliyatidagi  jiddiy  kamchiliklarni  keltirib  chiqaradi. 



 

 

26 



Bunday holatning yuzaga kelishi odatda bankdagi depozitlarning yo’qotilishiga, 

bu  esa  naqd  pul  mablag’larining  kamayishiga  va  bank  aktivlariga  o’ta  likvid 

qimmatli  qog’ozlarning  sotilishiga  sabab  bo’ladi.  Bank  likvidliligini  boshqa 

banklardan  olingan  kreditlar  hisobiga  ham  qondirish  mumkin.  Ammo,  boshqa 

banklar yuqori foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga 

qo’shimcha  ta’minot  qo’yishni  talab  etishadi.  Bu  esa,  bank  oladigan 

daromadning kamayishiga sabab bo’ladi. 

    Banklarning  likvidlilik  muammosini  hal  qilish  uchun  likvidlilikni 

boshqarishning bir qancha strategiyalari mavjuddir. Bular: 

    1. Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta’minlash strategiyasi (aktivlarni boshqarish 

orqali  likvidlilikni  boshqarish).  Bu  strategiyaga  muvofiq  bank  aktivlarni  tez 

sotiladigan  qimmatli  qog’ozlarga  joylashtirishni  nazarda  tutadi.  Agar,  likvid 

mablag’larga talab yuzaga keladigan bo’lsa bank naqd pullarga bo’lgan talabni 

qondirguncha  o’z  aktivlarini  sotadi.  Odatda  likvidlilikni  boshqarishning  ushbu 

strategiyasi  aktivlarning  transformatsiyasi  deb  ataladi,  chunki  pul  ko’rinishida 

bo’lmagan  aktivlar  naqd  pulga  aylanishi  hisobiga  likvid  mablag’lar  yuzaga 

keladi. 

    Likvid aktivlar uchta hususiyatga ega bo’lishi lozim: 

   - tez pulga aylanishi uchun o’z bozoriga ega bo’lishi lozim; 

   - bozorlarda barqaror bahoga ega bo’lishi ; 

   -  sotuvchi  minimal  risk  orqali  birlamchi  investitsiyani  qoplay  olish 

imkoniyatining bo’lishi lozim. 

    Aktivlarni  boshqarish  orqali  likvidlilikni  boshqarish  strategiyasi  odatda 

mayda  banklar  faoliyatida  qo’llaniladi,  chunki  ushbu  likvidlilikni  boshqarish 

metodi qarz likvid  mablag’lari orqali  aktivlarni  transformatsiyalash strategiyasi 

likvidlilikni  boshqarishning  arzon  yo’li  hisoblanmaydi.  Aktivlarni  sotilishi 

bankning  kelgusi  daromadlarini  yo’qolishiga  sabab  bo’ladi.  Shuningdek,  ko’p 

aktivlarning  sotilishi  qimmatli  qog’ozlar  bilan  bo’ladigan  operatsiyalarda 

brokerlarga to’lanadigan komission harajatlar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, 

naqd  pul  mablag’lariga  ega  bo’lish  maqsadida  aktivlarning  sotilishi  bank 



 

 

27 



balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun davlat 

qisqa  muddatli  obligatsiyalari)ni  mavjud  bo’lishi  bankning  moliyaviy  faoliyati 

barqarorligidan dalolat beradi. 

    2.  Pul  mablag’lariga  talabni  qondirish  uchun  likvid  qarz  mablag’laridan 

foydalanish  strategiyasi  (passivlarni  boshqarish).  Ko’pgina  yirik  banklar  likvid 

mablag’larning  manbasi  sifatida  ko’proq  pul  bozoridagi  qarz  mablag’laridan 

foydalanishadi. Odatda bu strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda 

tijorat  banklari  o’zlarining  likvid  mablag’larga  bo’lgan  talablarini    yirik 

miqdordagi  depozit  sertifikatlarini  va  boshqa  banklardan  olingan  kredit 

mablag’lari  orqali  ta’minlashadi.  Passivlarni  boshqarish  strategiyasi  orqali 

ma’lum bir muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlilik ta’minlanadi. Bu 

strategiyani  yirik  banklar  amalga  oshirishining  asosiy  sababi  shundaki, 

banklarning  o’z  mablag’lariga  nisbatan  majburiyatlarining  ortishi  va  bank 

balansida  tez  pulga  aylana  oladigan  aktivlarning  etarli  darajada  bo’lmasligi, 

bankning  to’lovga  layoqatsiz  bo’lish  riski  yuzaga  kelishi  mumkin  hamda  bank 

likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira olmay qolishi mumkin. 

    3.  Aktiv  va  passivlarni  boshqarish  qarz  likvid  mablag’larini  boshqarish 

strategiyasining  riskligini  va  aktivlarda  likvid  mablag’larning  yuqori  bahosini 

hisobga  olgan  holda,  banklar  likvidlilikni  boshqarishning  aktiv  va  passivlarini 

boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu strategiga muvofiq likvid mablag’larga 

kutilayotgan  talabning  bir  qismi  tez  sotiladigan  qimmatli  qog’ozlar  va  boshqa 

banklardagi  depozit  ko’rinishlarida  saqlanadi,  shu  paytda  likvid  mablag’larga 

bo’lgan boshqa talablar bank korrespondentlar bilan ochilgan kredit liniyalari va 

boshqa  mablag’lar  orqali  qondiriladi.  Kutilmaganda  yuzaga  keladigan  likvid 

mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi. 

    Tijorat banklari tomonidan qachonki bank depozitlarini eng barqaror daromad 

manbasi  ekanligi  amaliyotda  xalqqa  ko’rsatila  olinar  ekan,  shunda  banklarning 

depozit  bazasining  barqarorligini  ta’minlash  muammosi  barham  topishiga 

erishishimiz mumkin bo’ladi. 


 

 

28 



    Likvidlikni  boshqarish  siyosati  likvidlikni  boshqarish  bo’yicha  asosiy 

holatlarni  qamrab  olishi  hamda  bankning  turli  xil  moliyaviy  vositalarni 

qo’llashga  nisbatan  munosabatini,  masalan,  turli  moliyaviy  vositalardan 

foydalanishini aniq ifoda etishi lozim. 

    Tijorat  banklari  faoliyatini  Markaziy  bank  tomonidan  nazorat  qilishda  ham 

muddati  o’tgan  va  muddati  o’tmagan  brutto  kreditlar  bo’yicha  joriy  nazoratni 

amalga  oshirish  zarur.  Xalqaro  bank  amaliyotida  qabul  qilingan  me’yoriy 

ko’rsatkich  bo’lib,  muddati  o’tgan  kreditlarning  brutto  kreditlar  hajmidagi 

salmog’i  5  foizdan  oshib  ketmasligi  lozim.  Tijorat  banklari  faoliyati  bank 

nazorati  natijalari  bo’yicha  baholanganda  ana  shu  ko’rsatkichga  amal  qilish 

hisobga olinishi zarur. Bu esa tijorat banklarini muddati o’tgan kreditlar hajmini 

me’yoriy darajada saqlab turishga undaydi.   

    Likvid mablag’lar bo’yicha choralarni ta’minlash quyidagi bosqichlardan iborat:

8

 



    1.  Likvidlik  davrida  oldindan  belgilangan  reja  bo’yicha  kredit  va  depozit 

mablag’larining hajmi bashorat qilinishi kerak; 

     2.  Shu  davr  uchun  oldindan  belgilangan  reja  bo’yicha  kredit  va  depozit 

mablag’lari kutiladigan dinamikasi hisoblanishi kerak; 

     3.  Likvidlikni  boshqarish  bo’yicha  boshqaruvchi  rejadagi  davr  uchun  netto-

likvid pozitsiyasining qiymatini aniqlashi zarur. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida  tijorat  banklari  uchun  asosiy 

muammolardan  biri  bankning  likvidligi  va  daromadliligining  eng  maqbul 

darajasini aniqlashdir. Unga erishish uchun bank aktivlarini samarali boshqarish 

katta ahamiyat kasb etadi. 

  Shuningdek,  banklar uchun  aktivlarni  boshqarish  asosiy  vazifalardan biri 

bo’lib  qolmoqda.  Har  kanday  bank  moliyaviy  bozorning  yuqori  darajada 

rivojlanishi  bilan  iqtisodiy  barqarorlik  sharoitida  ham  ma’lum  jiddiy 

qiyinchiliklarni engib o’tishiga to’g’ri keladi.  

                                                 

8

 Piter S.Rouz Bankovskiy menejment.Moskva 1997 yil, 333-bet. 



 

 

29 



  Lekin inflyatsiya darajasi yuqori va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida 

bu tashqi omillar tijorat banklari moliyaviy ahvoliga ta’sir qilib, bank aktivlarini 

boshqarish masalasini birinchi darajaga kuymokda. 

    Tijorat  banklari  aktiv  operatsiyalarini  boshqarish  o’z  oldiga  balans 

likvidligiga  rioya  qilgan  holda,    bank  foydaliligini  ta’minlash  singari  ikki 

yagona maqsadni qo’yadi. 

    Moliyaviy  jihatdan  aktivlarni  boshqarishning  asosiy  maqsadi  quyidagilardan 

iborat: 


    - bank likvidliligini oshirish; 

    - bank daromadini oshirish; 

    - risklarni kamaytirish. 

    Bundan  kelib  chiqqan  holda,  bankning  aktivlari  ularning  daromadliligi,  risk 

darajasi va likvidliligini e’tiborga olgan holda shakllantirilishi lozim. 

    Bank  faoliyatining  rivojlanishidan  ma’lumki,  bank  aktivlari  daromadliligi  va 

likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi ko’rsatkichlardir.  

     Likvidli  aktivlar  va  passivlar  muvozanatlanganligi,  bankning  joylashtirilgan 

aktivlari  va  jalb  qilingan  resurslari  muddatlari  muvofiqligi  darajasiga  ko’ra 

belgilanadi.  

     Aktivlarni  qaytarish  va  majburiyat  o’rtasidagi  muddat  nomuvofiqligini 

likvidlilik riski asosiy manbasidir. Likvidlilik - bankning tashqi baholash mezoni 

bo’lsa,  uning  daromadliligi  uning  ichki  baholash  mezonidir.  Ular  o’rtasidagi 

aloqadorlik tahlil bankning likvidliligi ahamiyatining ustunligi to’g’risida xulosa 

chiqarishga imkon beradi. 

    Bank  likvidliligi  muomaladan  chiqarilgan  depozitlar  xajmini,    aktivlarni 

qaytarish  va  majburiyatlarni  bajarish  muddatidagi  farqlarni,  pul  bozoridagi 

tebranishlarni, rejalashtirilmagan harajatlarni qoplashi kerak. 

    Bank  likvidligini  boshqarish  kontseptsiyasi  asosida  aktiv  va  passivlarni 

ularning  muddati,  miqdori  va  risklari  bo’yicha  boshqarish  tamoyili  yotadi.  Bu 

bilan  bankning  o’rtacha  likvidliligi  va  foydaliligi  ta’minlangan  holda,  uning 

kreditorlari oldidagi o’z majburiyatlarini bajarish uchun to’liq imkon yaratiladi. 



 

 

30 



II BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINING JORIY HOLAT 

TAHLILI. 

2.1. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidligini boshqarish 

amaliyoti. 

  Likvid  mablag’lar  darajasini  baholashda  avvalo  bank  aktivlarining 

moliyaviy bozordagi holati o’rganilishi lozim bo’ladi. Hech qaysi bank resurslar 

bozoridagi raqobat tekshiruvlaridan o’tmasdan turib, yuqori likvid mablag’larga 

ega  bo’lavermaydi.  Shuning  uchun  bank  rahbariyati  likvidlik  strategiyasini 

belgilab  olishi va uni doimiy ravishda nazoart qilib borishi lozim. 

Tijorat  banklarining  likvidlilik  darajasini  baholash  uchun  uning  asosiy 

ko’rsatkichlari  bo’yicha  tahlil  amalga  oshiriladi.  Tijorat  banklari  likvidlilik 

tahlilining asosiy bosqichlari navbatdagi rasmda aks etgan.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

4-rasm.Tijorat banki likvidlilik tahlilining asosiy bosqichlari.



9

 

                                                 

9

 Sattarov O.B. Tijorat banklari likvidligini boshqarish. Monografiya. Toshkent-2010y. 



Likvidlilik nuqtai nazaridan bank holatiga moliyaviy baho berish 

Likviddikka ta’sir etuvchi omillar tahlili 

Aktivlarning strukturaviy tahlil 

Likvidlik koeffitsentlari hisobi va tahlili 

Aktivlar va passivlarni boshqarish strategiyasining 

samaradorligini baholash 

Kelgusida likvidlikni boshqarish uchun maslahatlar berish 


 

 

31 



    Tijorat banklari  likvidlikni oshirishda  avvalo balansining  aktiv qismida bank 

likvidligini  boshqarish  uchun  sotilishi  oson  bo’lgan  yuqori  likvidli  aktivlarni, 

masalan  DQMO  ni  harid  qilish  yoki  ularga  egalik  qilish  yoxud  zaxiralarni 

ko’proq tashkil qilish va sotilishi qiyinchilik tug’dirmaydigan pul mablag’lariga 

aylantirish  ko’p  vaqtni  olmaydigan  qisqa  muddatli  qo’yilmalarni  amalga 

oshirish yo’li bilan erishishlari mumkin. 

    Banklarning  likvidliligini  oshirishda  avvalo  joriy  likvidlik  holati  baholanadi, 

so’ngra resurslarga bo’lgan talabning davriy o’zgarib turishi, resurslarga bo’lgan 

talablarning  mo’ljallanayotgan  o’zgarishlari,  zarur  resurslar  manbalari  o’rganib 

chiqiladi.  Bundan  tashqari,  rahbariyat  banklararo  bozorda  aktivlarni  sotish  va 

harid  qilishni  yoki  boshqa  manbalarni  tanlashi  lozim,  bunda  albatta  jalb 

etilayotgan  resurslar  tannarxi  va  sifatiga  ahamiyat  berish  o’rinli.  Chunki,  bank 

aktivlarining  sifati ham  bank  likvidliligiga  ta’sir  ko’rsatadi. Bankda  muammoli 

kreditlar,  muddati  o’tgan,  foyda  keltirmaydigan  kreditlar  salmog’ining 

yuqoriligi,  pul  mablag’lari  harakatining  kamligi  bank  likvidligining  tushib 

ketishiga olib kelishi mumkin, shu tufayli bank faoliyatining barqaror va likvid 

bo’lishi  uning  resurslarining  manbalari  va  hajmiga,  resurslarni  tashkil  qilishda 

diversifikatsiya  usulidan  foydalanganligiga  ham  bog’liq.  Agar,  tijorat  banki 

mablag’larining  asosiy  qismini  sanoqli  ixtisoslashgan  yoki  yirik  ob’ektlar 

mablag’lari  yoki  davlatning  mablag’lari  hisobidan  tashkil  qiladigan  bo’lsa, 

bankning  shu  sub’ektlar  depozitlariga  qaramligini  ko’rsatadi  va  sub’ektlar 

tomonidan  turli  xil  byudjet  to’lovlarini  amalga  oshirish,  ish  haqi  to’lash 

bo’yicha depozitdan mablag’lar olishi bankning likvidlilik riski shuncha yuqori 

bo’lishiga olib keladi. 

    Undan tashqari, bank likvidliligi bankning kapitali va daromadliligini hisobga 

olgan  holda  bankning  umumiy  moliyaviy  holatiga  ham  ta’sir  ko’rsatadi. 

Bankning  moliyaviy  holati  yomon  bo’lsa,  talab  qilinayotgan  resurslarni  yuqori 

narxda olishi yoki banklararo kredit resurslari bozoriga kira olmasligi mumkin. 

Bu  esa  o’z  navbatida  bank  resurslarining  etishmasligiga  olib  keladi  va  bank 

balansi nolikvid holatga kelib qolishi mumkin. 



 

 

32 



 

66,13


66,65

69,61


73,14

71,42


75,95

73,95


71,22

72,44


60

62

64



66

68

70



72

74

76



78

01

.0



7.

20

11



y

01

.1



0.

20

11



y

01

.0



1.

20

12



y

01

.0



4.

20

12



y

01

.0



7.

20

12



y

01

.0



1.

20

13



y

01

.0



7.

20

13



y

01

.1



0.

20

13



y

01

.0



1.

20

14



y

 

 

5-rasm Mamlakatimiz bank tizimining joriy likvidlilik koeffitsienti 

dinamikasi.

10

, foizda. 

 

    Mamlakatimiz  tijorat  banklarining  joriy  likvidlik  dinamikasi  o’rtacha  65 



foizni tashkil etmoqda. Bu xalqaro normalardan 2 baravardan ko’proq demakdir. 

    2011 yildan boshlab joriy likvidlik oshib borgan va 2014 yil 1 yanvar holatiga 

72,4 foizni tashkil etmoqda. 2013 yilning boshida eng yuqori darajani namoyon 

etgan, ya’ni 75,95 foizgacha ko’tarilgan. 

    Odatda yil boshiga likvidlikni oshganligini ko’rishimiz mumkin. 

    Mamlakatimiz  bank  tizimi  juda  yuqori  hisoblanib,  bu  banklarga  bo’lgan 

ishonchni  namoyon  etadi.  Bank  tizimining  asosiy  indikatorlaridan  biri  bo’lgan 

likvidlik yuqori ko’rsatkichga ega. 

                                                 

10

Рейтинговое агентcво «Аҳбор-Рейтинг»/ Аналитический обзор банковского сектора: №34, феврал 



2014г. 26 с. 

 

 

33 



 

102,11

57,45

75,96

56,97

42,71

60,71

92,61

101,96

82,83 82,01

56,07 54,74 57,88

48,84

42,04

60,67

40,73

70,53

96,97

82,83

69,48

50,54

115,68

41,9

55,08

0

20



40

60

80



100

120


140

O

A



T

B

 S



an

o

at



q

u

ri



li

sh

b



an

k

D



A

T

 A



sa

k



b

an

k



 (

O

A



J)

A

T



IB

 I

p



o

te

k



b



an

k

D



T

 X

al



q

 b

an



k

i

O



A

T

B



 A

g

ro



b

an

k



O

A

T



B

 Q

is



h

lo

q



 q

u

ri



li

sh

b



an

k

K



D

B

 b



an

O



’z

be

ki



st

on

 Y



oA

J

O



A

T

B



 A

si



A

ll

ia



n

ce

 B



an

k

O



A

T

B



 H

am

k



o

rb

an



k

O

A



IT

B

 I



pa

Y



o’

li

O



A

T

B



 K

ap

it



al

b

an



k

X

O



A

B

B



 T

ra

st



 B

an

k



O

A

T



B

 M

ik



ro

k

re



d

it

b



an

k

O



A

T

 A



lo

q

ab



an

k

O



A

T

 T



u

ro

n



b

an

k



X

O

A



T

B

 I



n

 F

in



 B

an

k



O

A

T



B

 S

av



d

o

g



ar

b

an



k

X

Y



o

A

T



B

 O

ri



en

F



in

an



B

an

k



Y

o

A



T

 U

T



 B

an

k



X

Y

o



A

T

B



 D

av



b

an

k



X

O

A



IT

B

 T



u

rk

is



to

n

X



O

A

T



B

 U

n



iv

er

sa



lb

an

k



B

an

k



 S

o

d



er

at

X



O

A

T



B

 R

av



n

aq

 b



an

k

X



O

A

T



B

 H

i-



T

ec

h



 B

an

k



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling