Menejment va statistika
Mavzu: TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi va turlari
Mavzu: TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI
REJA: 1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi va turlari. 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari. 3. Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy o’zgarishi. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi va turlari Mamlakatlar tabiyati, iqlimi bo’yicha turliy mintaqalarda joylashgan. Mamlakatlar tabiyati, iqlimi va tabiy boyliklarining mavjudligi ularning iqtisodiy rivojlanishiga tasir qiladi. Suning uchun ham ayrim mamlakatlar malum tavar turlarini ishlab chiqarishga moslashadi bu narsa ayniqsa qishloq xo’jalik maxsulotlarni yetishtirishda yaqol seziladi Misol: paxtani quyosh isig’i yetarli mamlakatlar ko’p yetishtiradi. Neftni esa tabiatan neftga boy mamlakatlar (Rassiya, Saudiya Arabistini, Iroq, Quvayt, Eron kabi) ko’p qazib oladi. Shuning natijasida mamlakatlar aro xalqaro mehnat taqsimoti vujudag keladi. Tashqi aloqalar qadimgi Missir , Yunoniston, Rim kabi quldorlik mamlakatlarida bo’lganligi ham tarixdan ma’lum. Sharq mamlakatlarimi G’arb mamlakatlari bilan bog’lagan Buyuk ipak yo’li mamlakatlararo savdo sotiqning keng rivojlanishiga sabab bo’lgan. Hozirgi paytda tashqi iqtisodiy aloqalar tovarlar va xizmatlar muomalasi, tushum va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari bo‘lishi mumkin. Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni egallaydi. Tashqi savdo eksport va importdan iborat. Tashqi savdoga mamlakatda tayyorlangan tovarlarni sotish, olib kelingan xom ashyo yoki tovarlarni qayta ishlab, eksportga chiqarish kiradi. Importga esa, shu mamlakat ichida iste’mol qilinadigan tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida sotib olish kiradi. Umuman, tovarlarni tashqari savdoda 2 xil hisobda olib boriladi: 1) umumiy 2) maxsus hisob. Maxsus hisobda tovarlar qayta ishlanib, sotilishi lozim bo‘lganlar hisobga olib boriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatga savdodan tashqari, turli xil xizmat ko‘rsatishlar ham kiradi. Bu xizmatlarning asosiylari transport xizmati, sug‘urta xizmati va ma’lumotlar xizmatidir. Transport xizmatlariga transportning barcha turlari bo‘yicha, temir yo‘l, dengiz-havo yo‘llari bo‘yicha bo‘ladigan xizmatlar kiradi. Sug‘urta xizmatiga mamlakatlarning sug‘urta kompaniyalarining chet el hamkorlariga savdo bo‘yicha yuklarni, odamlarning hayotini, turli xil tabiiy ofatlardan yo‘qotishlardan sug‘urtalash kiradi. Ma’lumotlar xizmatiga yuklar bo‘yicha, passajirlar bo‘yicha va turli xil axborotlar bo‘yicha hamda gazeta, jurnal, televideniye kabi axborotlarni yetkazib turish kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda bundan tashqari moliyaviy xizmatlar va davlat boshqaruv xizmatlari ham bo‘ladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling