Menejment va statistika
Davlat bydjeti defitsitini qoplash manbalari
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
4. Davlat bydjeti defitsitini qoplash manbalari
Davlat bydjeti defitsiti (taqchilligi) deganda bydjet daromadlaridan harajatlarning ko‘p bo‘lganligi tushuniladi. Ko‘pgina davlatlarda, hatto iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ham bydjet defitsiti kuzatiladi. XVF ning ma’lumotiga ko‘ra 2000 yilda 126 davlatdan 98 tasi bydjeti defitsit bo‘lgan. 2004 yil O‘zbekiston Davlat bydjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 0,4 % tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bydjetining defitsit bo‘lishiga bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining kuchli ijtimoiy himoya qilinishi natijasida ijtimoiy sohaga yildan-yilga ko‘proq mablag‘ ajratilishi hamda xodimlarning minimal ish haqqining miqdorini har yili oshirib kelinishi asosiy sabablardan biridir. 2004 yil ijtimoiy sohani rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Natijada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 6,5 %, aholining ish bilan bandligi – 3,4%, real pul daromadlar 16 % ko‘paygan, davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan yordam va nafaqalar ko‘paygan. Faqat «Mehr va muruvvat yili» dasturi doirasida aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga yordam va boshqa tadbirlarga 377, 5 milliard so‘m sarflangan. Faqat keyingi yillarda Respublika Prezidenti farmoniga asosan 2002 yilda minimal ish haqqi 2 marta (2002 yil 1 apreldan, 2002 yil 1 avgustdan), 2003 yilda 1,2 barovar va 2004 yilda 1 avgustdan 1,3 baravar oshirildi. 2002 yil aprel oyida minimal ish haqqi miqdori 3945 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2004 yil avgust oyidan 6530 so‘mni tashkil etadi, ya’ni ushbu davr ichida 165,5 % o‘sgan. Davlat bydjeti defitsiti ichki va tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mumkin. Bydjet defitsitini qoplovchi ichki manbalarga davlat boshqaruviga qarashli va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga qarashli mablag‘larning jalb qilinishi: Respublika Markaziy bankidan olinadigan qarzlar, davlatning qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish, yangidan pul chop qilib, muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Tashqi manbalar ham mamlakat bydjet defitsitini qoplash uchun xorijiy davlatlardan, xalqaro tashkilotlar, banklardan olinadigan qarzlar yoki ularning mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir. Demak davlat bydjetining eifitsitini qoplash davlatning ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi. Lekin yuqoridagi davlat bydjeti defitsitini qoplash manbalari iqtisodiyotni rivojlantirishga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, yangi pul massasini muomalaga (pul emissiyasi) chiqarish, tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan muomaladagi pulning ko‘payishiga olib keladi, natijada narxlar oshib, inflyatsiya darajasi ko‘tariladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling