B) Nisbiy miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar:
Sug‘urtalash mumkin bo‘lgan (Nmax) ob’ektlarning sug‘urta bilan qamrab olingani – bunda sug‘urta qilingan shartnomalar sonini (N) maksimal sug‘urtalash mumkin bo‘lgan ob’ektlar soniga bo‘lib topiladi. Foizda ifodalansa 100 ga ko‘paytiriladi (d):
Sug‘urta to‘lovlari to‘lash bo‘lgan holatlar soni (dc) – bu ko‘rsatkich har bir 100 sug‘urta qilingan ob’ektga qancha sug‘urta to‘lovlari to‘lash zarur bo‘lgan holatlar bo‘lishini bildiradi va sug‘urta to‘lovlari bo‘lgan holatlar sonini (n) sug‘urtalangan ob’ektlar soniga (N) bo‘lib, 100 ga ko‘paytiramiz:
Sug‘urta to‘lovlarining darajasi (KCT) – bu ko‘rsatkich sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘langan summani (W), sug‘urtalanuvchilardan olingan sug‘urta badali summasiga (V) bo‘lib topiladi:
Bu ko‘rsatkich birdan kichik bo‘lsa, (.KCT <1), sug‘urta tashkiloti uchun ijobiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |